• Adabiyotlar tahlili.
  • Issn – 2181-4201 ta’lim




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet38/109
    Sana28.06.2024
    Hajmi1,51 Mb.
    #266161
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   109
    Bog'liq
    talim transformatsiyasi

     
    Kirish 
    Jadal rivojlanib borayotgan yurtimizda xorijiy tillarni o‘qitishni rivojlantirish, o‘quvchi 
    yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha chuqur ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishi davlat 
    siyosatidagi ustuvor vazifalardan biri bo‘lib kelmoqda. Xususan, chet tili o‘rgatishning sifat va 
    samaradorligini oshirish maqsadida yosh doirasining qisqarish jarayoni ommalashib bormoqda. Bu 
    jarayonga “the younger the better” tushunchasini keng doirada amaliyotda qo‘llash natijasida kichik 
    yoshdagi bolalar kattalarga qaraganda oson va tez samaraga erishishi mumkinligi o‘z isbotini topmoqda. 
    Ilmiy yo‘nalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari o‘zaro farqalanadi. “Yangilik”- bu vosita, yangi 
    metod, metodika, texnologiya ma’nosini anglatadi. “Innovatsiya”- bu ta’lim, ma’lum bosqichlari bo‘yicha 
    rivojlanadigan jarayon hisoblanadi. Jahon ilm-fan taraqqiyoti kundan kunga gurkirab, rivojlananib 
    bormoqda. Aynan bu ijobiy rivojlanish bizning diyorimizga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Ilm dunyomizga 
    ilg‘or innovatsion texnologiyalar tatbiq etilmoqda.
    Adabiyotlar tahlili. 


    Mustaqillik sharofati tufayli boshlang‘ich sinflarda ingliz tili fanining o‘ziga xos va mos mazmuni 
    va tizimini yaratishga erishildi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga endi chet tilini o‘z ona tilisi bilan 
    qiyoslab, taqqoslab, integrallashtirib o‘rgatish o‘qituvchidan katta mehnat va ma’suliyat talab qiladi. 
    Chunki bola bu yoshda o‘z ona tilisini endi o‘rganishni boshlagan bo‘ladi. O‘quvchilar chet tilida 
    o‘rganayotgan fonetik, leksik va grammatik belgilar va tushunchalar o‘z ona tilisida ham bo‘lsa hech 
    qanday qiyinchiliklarsiz o‘rganadi. Ammo ushbu tushunchalar doirasida nomutanosiblik bo‘lsa ya’ni 
    o‘xshash jihatlar bo‘lmasa bolalarda chet tilini o‘rganishda qiyinchilik yuzaga keladi. Ona tilidan 
    foydalanish ko‘plab o‘quvchilar uchun motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi. Martin (2001) ta’kidlashicha “Ona 
    tili yangi tilning turli xil jarayonlarini o‘rganish uchun asosiy rolni o‘ynaydi”. Ushbu jarayonning ijobiy va 
    salbiy jihatlari bo‘lib, bir tomondan ona tilidan foydalanish o‘quvchilarga chet tilini o‘rganishga osonlik 
    tug‘dirsa, boshqa tarafdan olib qaraganda o‘quvchilarda dangasalik hissi paydo bo‘lib chet tilini 
    o‘rganishga intilishlari susayishi mumkin. Kavaliauskiene (2009) ning ta’kidlashicha esa tarjimani kasbiy 
    mahorat sifatida qo‘llash bilan ona tilini chet tilini o‘qitish jarayonida foydalanish tushunchalarini farqlash 
    lozim. Ushbu jarayonda inetgratsiya tushunchasiga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlab, integratsiya 
    xorijiy til va ona tili o‘rtasidagi kombinatsiyaning natijasidir deb ta‘rif bergan. Integratsiya tushunchasini 
    qo‘llash sifat va samaraga erishish uchun yo‘l ochib beribgina qolmay, jarayinning birmuncha tezlashishiga 
    ham sabab bo‘ladi. 
    Integratsiya lotincha “integration” tiklash degan ma‘noni anglatib, “integer” butun so‘zidan kelib 
    chiqqan. Ta’lim mazmunini integratsiyalash dunyo tendensiyalaridandir. Integrativ yondashish turli 
    darajadagi tizimli aloqalarning obyektiv yaxlitligini aks ettiradi. Integratsiya ilgari bo‘lgan qismlarni bir 
    butunga joylashtirishdir. U tizim elementlarining yaxlitlik va uyushqoqlik darajasini oshirishga olib keladi.
    Dars jarayonida o‘quvchilarning bilim olishi, albatta, o‘qituvchining bilimi, ijodkorligini, 
    izlanuvchanligi, tayyorgarligiga bog‘liq. Bilimli bo‘lish bilan birga ijodkor bo‘lish zamon talabi chunki 
    texnika rivojlangan davrda yashamoqdamizki, o‘quvchilar juda ilgarilab ketmoqda. Shu o‘rinda o‘qituvchi 
    har bir darsini yangiliklar bilan turli xil metodlardan foydalangan holda olib borishi darsning 
    samaradorligiga kafil bo‘ladi. Izlanishlarimiz natijasida bir nechta metod va usullarni sizga ham tavsiya 
    etmoqchimiz. Boshlang‘ich sinf o'quvchilariga ingliz tilini ona tili bilan integrallashning samarali yo‘llari 
    va metodlari quyidagilar bo‘lishi mumkin: 

    Download 1,51 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   109




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish