• Integratsion yondashuv
  • “Flashcards”
  • Metodlar va tadqiqot natijalari




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/109
    Sana28.06.2024
    Hajmi1,51 Mb.
    #266161
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   109
    Bog'liq
    talim transformatsiyasi

    Metodlar va tadqiqot natijalari. 
    1.
    Ingliz tilida yil fasllari, oy va hafta nomlarini o‘rgatishda 
    foydalansa bo‘ladigan ushbu metod 
    “Say the next one” 
    deb nomalanadi. Mashg‘ulot uchun 
    koptokcha kerak bo‘ladi va quyidagi tartibda olib boriladi. Bunda o‘quvchilar aylana shaklida turishadi va 
    o‘qituvchi koptokchani ushlab yil fasllari, oy yoki hafta nomlaridan birini ingliz tilida aytadi va koptokni 
    o‘quvchilarning biriga uloqtiradi. Koptok yetib borgan o‘quvchi ayilgan yil fasllari, oy yoki hafta 
    nomlaridan keyingisini o‘zbek tilida aytishi kerak bo‘ladi. Masalan: 
    - O‘qituvchi: “January”, o‘quvchi: Fevral;
    - O‘qituvchi: “Tuesday” ,o‘quvchi: “Chorshanba” 
    O‘qituvchi: “Spring”, o‘quvchi: “Yoz” deyishadi.
    O‘yin shu tartibda davom ettiriladi. Bu usulni aks holatda ham tashkil ettirish mumkin, ya‘ni 
    o‘qituvchi o‘zbek tilida aytgan so‘zning keyingisini o‘quvchi ingliz tilida aytishi kerak bo‘ladi.
    Integratsion yondashuv:
    Ushbu metod chet tilidaga so‘zlarni tezda o‘rganishga yordam beribgina 
    qolmay, balki o‘quvchida tezkor fikrlash, chaqqonlik va ziyraklik ko‘nikmalarini ham shakllantirishga 
    yordam beradi. 
    2.
    Keyingi keng tarqalgan metod 
    “Flashcards” 
    deb nomalanadi. 
    Flesh-karta ma’lumotlarni asosan lug‘atlarni yodlab olish uchun mo‘ljallangan kartochkalar bo‘lib, 
    ular o‘quvchilarga rasmlar va so‘zlar orqali eslab qolishga yordam beruvchi usul hisoblanadi. O‘qituvchi 
    hohlagan mavzudagi lug‘atlarni doskaga yopishtiradi va orqasiga ushbu so‘zlarning tarjimasini yozadi. 


    O‘quvchiga rasm, tovush yoki so‘zlar orqali savol berilganda, ulardan javob shu tarzda talab qilinadi. 
    Masalan: mevalar mavzusidagi kartalar doskaga rasm va so‘zning ingliz tilidagi varianti bilan yopishtiriladi 
    va orqa tarafiga ushbu so‘zlarning tarjimasi yoziladi. (Rasm1) O‘quvchilar so‘zlarni tarjimasi yordamida 
    yod olishadi va keyingi o‘rinlarda o‘zlari mistaqil ravishda eslab qolib ushbu so‘zlardan foydalanishadi. 
    Darslarda koʻrgazmali va tarqatmali materiallardan foydalanishdan asosiy maqsadi taʼlim oluvchilarning 
    mavzuni oʻrganishlarida ularning diqqatini toʻplash, darsga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, oʻzlariga 
    boʻlgan ishonchni uygʻotish hamda koʻrgazmalilik va tarqatmalilik asosida ularning bilim, koʻnikma va 
    malakalarini oshirishdan iborat. Mavzuni oʻrganishda tarqatmali materiallardan foydalanishning muhim 
    ijobiy tomoni shundaki, u bevosita taʼlim oluvchining qoʻlida boʻladi. Tarqatmali materiallar taʼlim 
    oluvchilar uchun oʻrganilgan va oʻrganilayotgan mavzuga oid axborot va topshiriq beruvchi hamda nazorat 
    qiluvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. U taʼlim oluvchilar qoʻliga moʻljallangan boʻlib, uning hajmi va 
    shakli uncha katta boʻlmagan yozma oʻquv materiali hisoblanadi.
    Rasm 1 

    Download 1,51 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   109




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish