JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS




Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/190
Sana18.10.2022
Hajmi4 Mb.
#27426
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   190
Bog'liq
28-18-PB (1)
Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
WSRJournal.com
Volume – 5_ Issue-4_May_2022 
154 
qaratilgandir. Shuningdek, u biluvchi ong dunyoni maxsus kategoriyalar, 
tushunchalar orqali qabul qiladi va bizning tasavvurimizni tartibga soladi. Deydi va 
shu asosda u o`zining “Dunyo bu mening tasavvurimdir”, degan g`oyasini 
asoslashga harakat qildi. Lekin bundan Shopengauer ruhiy olamdan boshqa olamni 
tan olmaydi, degan fikr kelib chiqmasligi kerak.
Zero, bilish jarayonida tug`ilgan dunyo, Shopengauer fikricha, haqiqiy dunyodan 
farq qiladi.
Shuning uchun ham birinchi hodisa, tasavvur sifatida, ikkinchisini undan 
ajratilgan, reallik dunyosi, iroda dunyosi, deb oladi. Birinchisida sababiyat 
hukmronlik qiladi, makon va zamonda mavjud bo`lgan hamma narsa unga 
bo`ysundirilgan. Ikkinchisi makon va zamondan tashqarida. U hech qanday chegara 
bilan cheklanmagan, shakllanmagan, bepoyondir. Shopengauer fikricha, dunyo 
iroda orqali harakat qiladi va unda uchraydigan to`siqlar bunga begonadir.
Iroda, uningcha, obyektiv reallikdir. Dunyoda tasavvur sifatida sababiyat 
hukmronlik qiladi. Bir hodisa boshqa bir hodisa natijasida kelib chiqadi. Ikkinchi 
dunyo esa, ya`ni iroda to`g`risidagi dunyo makon va zamondan tashqarida hech 
qanday sabab orqali bog`lanmagan cheksizdir. Ana shu dunyoni ikkiga ajratish 
falsafaning vazifasidir deya ta`kidlaydi.
Iroda orqali inson yuksalib, ichki sobit tuyg`ulari mukammallashib, hayotdagi 
mo`ljallari rang-baranglashib boradi. Shularni nazarda tutib, ba`zi olimlar irodani 
ma`naviyatning tarkibiy tuzilmasiga kiritadi.
Irodasiz ma`naviyat yuzaga chiqmaydi. Chunki iroda insonning erkin tanlash 
asosida harakat qilishidir, ya`ni uning yaratuvchiligidir. Iroda insonni olamga
tevarak-muhitga, vaziyatga nisbatan faol bo`lishini, tegishli qaror qabul qilishini va 
uning asosida zarur ishni amalga oshirishni bildiradi. Iroda ong va tafakkur kabi 
faqat insonga xosdir. Hayvonlarda iroda yo`q, iroda bo`lmaydi. Chunki ular o`z 
oldiga maqsad qo`yib, unga erishish vosita va yo`llarini tanlay olmaydi. Faqat 
instenkt asosida harakat qiladi. Iroda yaratuvchi kuch sifatida ma`naviyatning uzviy 
qismidir. Faqat u ma`naviyatning boshqa tarkibiy qismlaridan ancha farq qiladi. 
Ma`naviyat iroda uchun ratsionalizm qatorida irratsionalizm ong ostiga taalluqli va 



Download 4 Mb.
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   190




Download 4 Mb.
Pdf ko'rish