Laboratoriya mashg’ulotlarni bajarishda talabalarning rioya qilishi kerak bo ’lgan xavfsizlik qoidalari




Download 116,58 Kb.
bet2/29
Sana01.12.2023
Hajmi116,58 Kb.
#109054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Kimyo texnologiya fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi-fayllar.org

Laboratoriya mashg’ulotlarni bajarishda talabalarning rioya
qilishi kerak bo ’lgan xavfsizlik qoidalari

Talabalar Laboratoriya mashg’ulotlarni bajarish jarayonida turli - tuman kimyoviy moddalardan elektr toki bilan ishlaydigan jihozlardan gaz gorelkasi va shunga o’xshash kerakli asboblardan foydalanishlari zarur. Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasining nazariy asoslari fanidan Laboratoriya mashg’ulot bajarishni boshlashdan oldin birinchi darsda o’qituvchi talabalarga Laboratoriya mashg’ulot o’tiladigan labaratoriya xonasida rioya qilishi kerak bo’lgan xavfsizlik qoidalarini tushintiradi va har bir talaba xavsizlik daftariga qoidalar bilan tanishganligi uchun kul kuyadi. Bundan tashkari har bir darsda o’qituvchi talabalarga mashg’ulotni bajarishda rioya qilishi kerak bo’lgan xavfsizlik qoidalarini tushintiradi. Talabalar quyidagi xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari kerak.
  1. Kimyoviy moddalar va eritmalar (efir, kislota, benzin, spirt) bilan ishlaganda ularni qo’lga, ust-boshga va stolga to’kilishiga yo’l qo’ymaslik, ishlash vaqtida qo’lni yuzga, ko’zga surtmaslik, ovqat istemol qilmaslik kerak va ishni bajarib bo’lgandan so’ng qo’lni sovun bilan yaxshilab yuvish kerak.


  2. Kimyoviy moddalar tamini bilish taqiqlanadi.


  3. Kimyoviy moddalarni hidini bilish uchun engashib idishdan hidlamaslik kerak. Aksincha suyuqlik qo’yilgan idishni og’zini ochib satx bug’ini qo’l yordamida o’zingiz tomonga yo’naltirishingiz kerak.


  4. Suyuqlik qaynab turgan idishga va suyuqlik quyilayotgan idishga engashib qaramang, chunki suyuqlik tomchilari yuzingiz va ko’zingizga sachrashi mumkin.


  5. Tarkibida cho’kmasi bor suyuqlikli idishlarni qizdirganda juda ehtiyot bo’lish kerak. Chunki qaynash vaqtida suyuqlik tarkibidagi cho’kma suyuqlik bilan birga atrofga sachrab yuzga qo’lga ko’zga ta’sir etishi mumkin.


  6. Suvni va boshqa suyuqliklarni og’zi tekis berkitilgan idishlarda qaynatish taqiqlanadi. Yengil bug’lanuvchi suyuqliklar (efir, spirt va benzin) solingan idishlarni og’zini mustahkam bekitish taqiqlanadi.


  7. Yengil bug’lanuvchi suyuqliklar (benzin, efir, benzol) va yuqori konsentrasiyali bilan faqatgina maxsus muri (tyaga) ostida ishlash kerak. Agar mabodo bu suyuqliklar bilant ishlaganda alanga chiqsa uni kum bilan uchirish kerak. Yoki kum bo’lmasa maxsus yopkich bilan yopish kerak.


  8. Yengil uchuvchan suyuqliklar qoldig’ini idishlarga qo’yish kerak.


  9. Kislota va zaharli reaktivlarni naysimon shishalarga olganda ularni og’iz bilan surish taqiqlanadi.


  10. Elektr toki bilan ishlaydigan asboblarni tok manbaiga ulangan holatida ularni kamchiligini tuzatish taqiqlanadi.


  11. Agar shisha naylarga rezinali ulamalami kiritish kerak bo’lsa, shisha nayni oldin moy vazilin va shunga o’xshash moddalar surtib keyin rezinani o’tkazish kerak.


  12. O’qituvchi yoki laborantning ruxsatisiz elektr toki bilan ishlaydigan jixozlarga tegish takiklanadi.


  13. Labaratoriya idishlaridan suv ichish yoki boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini istemol qilish uchun foydalanish taqiqlanadi.


  14. Laboratoriya mashg’ulotlar o’tkaziladigan xonada o’t o’chiradigan vositalar bo’lishi shart va talabalar ulardan foydalanish qoidalarini bilishlari shart.


  15. Mashg’ulot tugaganidan so’ng navbatchi talaba suv jo’mraklarini bekitish va xonadagi elektr chiroqlarini o’chirish kerak.





Download 116,58 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Download 116,58 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Laboratoriya mashg’ulotlarni bajarishda talabalarning rioya qilishi kerak bo ’lgan xavfsizlik qoidalari

Download 116,58 Kb.