|
MIKROORGANIZMLARDAN OQSIL MODDALARINI AJRATIB OLISH
USULLARI OQSIL C
|
bet | 7/29 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 116,58 Kb. | | #109054 |
Bog'liq Kimyo texnologiya fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi-fayllar.orgMIKROORGANIZMLARDAN OQSIL MODDALARINI AJRATIB OLISH
USULLARI OQSIL CHIRISHI JARAYONIDA ISHTIROK ETADIGAN
BAKTERIYALARNI ANIQLASH.
Kerakli jihoz va reaktivlar: kolba, pepton (eruvchan oqsil), tuproq, qizil lakmus qog’oz, qo’rg’oshin asetat [Pb (CH3COO)2] tuzi eritmasi va oksalat kislota (H2C2O4), shimdirilgan qog’ozlar, tiqin tayyorlash uchun paxta, buyum oynalari, fuksin, mikroskop, bakterial ilmoq, immersion moy (kedr moyi).
Nazariy tushuncha: Ammonifikasiya jarayoni. Oqsil va tarkibida azot bo’lgan boshqa organik birikmalar parchalanib, o’zida ammiak hosil qilishi ammonifikasiya deyiladi. Odatda, bu jarayon oqsilning chirishi deb aytiladi. Oqsil chirishi jarayonida ammiakdan tashqari, H2C, indol (C8H7H), metilmerkaptan (CH3CH), fosfat kislota (H3PO4) va boshqa birikmalar hosil bo’ladi. O’zidan tashqi muhitga proteolitik fermentlar ishlab chiqaradigan tirik organizmlargina bevosita oqsilga ta’sir qila oladi va uni parchalaydi. Boshqa organizmlar pepton va aminokislotalarni ammiakkacha parchalashi mumkin. Ammonifikasiya jarayonida bakteriyalardan tashqari, aktinomisetlar va mog’or zamburug’lari ham qatnashadi. Ammonifikasiya jarayoni tabiatda keng tarqalgan bo’lib, qishloq xo’jaligida juda muhim rol o’ynaydi. Bu jarayonda hayvon va o’simliklar qoldig’i tarkibidagi azotli organik moddalar parchalanib, o ’simliklarning oziqlanishi uchun zarur bo’lgan mineral moddalar hosil bo ’ladi. Shuni ham aytib o ’tish kerakki, agar tabiatda ammonifikasiya jarayoni yuz berib turmasa, er shari o’simlik va hayvonlar qoldig’i bilan to’lib ketgan bo’lar edi.
Demak, ammonifikasiya jarayoni tabiatda azotning aylanishida birinchi tartibli jarayon bo’lib hisoblanadi. Bu jarayonda qatnashuvchi bakteriyalar juda xilma-xil bo’lib, ularning ba’zi turlari anaerob, ikkinchi xil turlari aerob sharoitda hayot kechiradi. Bu jarayonda fakultativ anaerob bakteriyalar ham ishtirok etadi.
Ishning borishi: Bu ishni bajarish uchun 200 ml hajmli kolbaga uning 3/4 qismigacha 3% li pepton eritmasi to’ldirilib, eritma ichiga 0,5 g chamasida tuproq aralashtiriladi. Tuproq tarkibidagi aerob va anaerob bakteriyalar ta’sirida bu aralashmada ammonifikasiya prosessi boshlanadi.
Kolba og’ziga qo’yilgan paxta tiqinning bir joyiga qizil lakmus qog’oz, ikkinchi joyiga konsentrlangan oksalat kislota (H2C2O4) va uchinchi joyiga qo’rg’oshin asetat [Pb (CH3COO)2] tuzi eritmasi shimdirilgan qog’oz parchalari osib qo’yiladi. Bakteriyalarga qulay sharoit yaratish uchun kolba 30°C li issiq termostatga qo’yiladi (1-rasm).
Oradan bir necha kun o’tgach, kolba tiqiniga osib qo’yilgan qog’ozlarning rangi o’zgargan-o’zgarmaganligi tekshiriladi. Jumladan, kizil lakmus qog’oz jarayon vaqtida ajralib chiqqan ammiak ta’sirida ko’k rangga kiradi. Qo’rg’oshin asetat tuzining eritmasi shimdirilgan qog’oz H2C ishtirokida qora rangga, oksalat kislota shimdirilgan qog’oz indol ta’sirida pushti rangga bo’yaladi.
Bu reaksiyalarning hammasi ammonifikatorlar ta’sirida peptonning parchalanishi natijasida vujudga kelgan mahsulot borligini isbotlaydi. 1-rasm
1 - rasm. Ammonifikasiya jarayonini tekshirish uchun tajribaning qo’yilishi: a - qizil lakmus qog’oz; b - oksalat kislota (H2C2O4) tuzi eritmasi shimdirilgan filtr qog’oz; v - qo’rg’oshin asetat (Pb (CH3COO)2) tuzi eritmasi shimdirilgan filtr qog’oz.
Aerob sharoitda yashab, oqsilning chirishida ishtirok etadigan bakteriyalarni ko’rish uchun kolbadagi suyuqlikning yuza qavatidan sterillangan ilmoq yordamida bir tomchi olib mazok tayyorlanadi. Mazok quritilib, fiksasiyalangandan va fuksin bilan bo’yalgandan so’ng unga bir tomchi kedr moyi tomizilib, mikroskopning immersion sistemasi orqali tekshiriladi. Mikroskopda oval shaklli spora hosil qiladigan kichik tayoqcha-basillus mikoides (Bacillus mycoides) borligi ko’rinadi. Bu basilla peritrix tipda joylashgan xivchinli bo’lib, oqsilni ammiakkacha parchalaydi. Qattiq oziq muhiti betida zamburug’ misellalari (iplari) ga o’xshash koloniyalar hosil kiladi. Oqsilning chirishida pichan basillasi (Bacillus subtilis) ham faol qatnashadi (1-rasm, b). Oqsilning anaerob sharoitda parchalanishida qatnashadigan basillus putrifikans (Bacillus putricus) ning bor-yo’qligini aniqlash uchun kolbadagi suvning pastki qatlamidan bir tomchi eritma olib mazok tayyorlanadi. Mazok quritilgandan so’ng bo’yaladi va mikroskopda tekshiriladi. Bo’yalgan mazokda spora hosil qiluvchi, baraban tayoqchasi shaklidagi basilla borligi ko’rinadi. Proteus vulgarus (Proteus vulgaris) nomli bakteriya esa ingichka tayoqchalar shaklida ko’rinadi. Bu bakteriya spora hosil qilmaydi. Oqsilning parchalanishi natijasida indol va H2C hosil bo’ladi. Agar muhitga uglevod berilsa, bu holdakarbonat angidrid va vodorod gazlari ham ajraladi. Proteus vulgaris fakultativ anaerob bakteriya bo’lib, aerob va anaerob sharoitda hayot kechiradi.
a
2-rasm
Ammonifikasiya jarayonida qatnashadigan mikroorganizmlar
a) hasillus mikoydes I Bacillus mycoidcs) chap lomonda spora hosil qilish vegitativ hujayralar, o’ng tomonda koloniya
№5-LABORATORIYA ISHI
|
| |