|
Kimyo texnologiya fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «biotexnologiya asoslari»
|
bet | 6/29 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 116,58 Kb. | | #109054 |
Bog'liq Kimyo texnologiya fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi-fayllar.orgNazorat uchun savollari.
1.Biotexnologik laboratoriyaning jixozlarini sanab bering.?
2.Laboratoriyalarning tuzilishi kanday bo’ladi.
№3-Laboratoriya ishi
HUJAYRA VA TO’QIMA TO’PLAMLARI BILAN ISHLASH JARAYONIDA STERILLASH USULLARI.
Ishdan maqsad:Biotexnologik jarayonlarning moddiy asoslaridan bo’lgan hujay-ra organoidlaridan foydalanib tajribalar o’tkazish uchun zarur bo’lgan asbob uskunalar,
zarur materiallar va idishlarni sterillash usullari haqida ma’lumotga ega bo’lish.
Kerakli jihoz va reaktivlar:
1. 50000 ml- kimyoviy stakanlar (2 ta ); 2. Distillangan suv uchun bir litrli kolba ; 3. Spirt, spirtovka yoki tabiiy gaz ; 4. Petri likobchalari (2ta ); 5. Avtoklav ; 6. Sterilizator ; 7. Natriy bikarbonatning 1%-li eritmasi ; 8. Ozuqa muhitli probirkalar ; 9. Quritish shkafi;
Ishning borishi:Laminarning ish olib boriladigan ichki yuzasi 70%-spirt bilan artilad. So’ng laminarga spirtovka, gugurt , 96% spirtli stakan , sterillangan idishlar , asboblar va sterillangan suvli kolba joylanadi; Meristemalar ajratishda laminarga binokulyar lupa ham qo’yiladi; Idishlarni sterillash . Idishlar quritish shkaflarida quruq issiqda yoki nam bug’da avtoklavda sterillanadi; Sterillashdan oldin idishlarni yaxshilab yuvib, quritish kerak; Idish yuvish uchun turli idish yuvish vositalari va xrompik (kaliy bixromatning sulfat kislotasidagi eritmasi) ishlatiladi;
Asbob –uskunalarni sterillash. Asbob uskunalar, skalpel, pinset, ignalar va hakazolar quritish shkafida 12 soat davomida 140 0C quruq issiqlikda yoki suvda qaynatib sterillanadi ; Temirdan yasalgan asboblar avtoklavlanmaydi, chunki nam bug’ tasiridaular zanglaydi va o’tmaslashadi; Ish boshlashdan avval va ish davomida asbob-lar chinni stakanlarga solinib, 96% -li etil spirtida sterillanadi va spirtovka alangasida qizdirib olinadi ;
Materiallarni sterillash. Tajribada ishlatiladigan paxta, doka, paxta tiqinlar, fil’tr qog’ozlari, xalatlar va ro’mollar avtoklavda 2 atmosferada 25-30 daqiqa sterillanadi. O’simlik materiallarini sterillash. Urug’lar, yuqori meristemalar, o’simliklarning turli qismlaridan olingan to’qima bo’laklarini sterillash uchun turli sterillovchi eritmalardan sulemaning 0,1%- li brom eritmasi, 13 %-pergidrol, 3-6%-li xloramin, diosid, 10%-13%-li xloramin, diosid, 10%-li natriy giroxloridning suvdagi eritmalaridan foydalaniladi. Ozuqa muhitlarini sterillash. Ozuqa muhitlari bosim ostida (avtoklavda) bug’ bilan sterillanadi. Ozuqa muhitlari solingan probirkalar og’zi paxta tiqinlar bilan yopilib, o’rash qog’oziga o’raladi, va 120 0C, 1 atmosfera bosimida 20 daqiqa davomida avtoklavlanadi. Talabaga topshiriqlar.
1.Talaba uslubiy ko’rsatmada berilgan ma’lumotlarni daftariga qad etgan bo’lishi, 2.Hujayra organoidlari o’stiriladigan shisha idishlarni kimyoviy sterillash usulini va sterilizatsiyalash davomida rioya etilishi lozim bo’lgan qonun-qoidalarini aytib berishi, 3.Laminar-boksni ishlashga tayyorlash va sterillashni bilishi va idishlarning turli xil turlarini sterillashni bajara olishi, 4.Ozuqa muhitini tarkibiga ko’ra sterillash sharoitini tanlay olish qobilyatini yozma holatda (uch variant) tayyorlashi. 5.Avtoklavda idishlar va ozuqa muhitini sterillash jarayonini amaliy bajarib berishi lozim.
№4-Laboratoriya ishi
|
| |