• 1-Laboratoriya ishi
  • Nazariy qisim: Mikrobiologiya
  • Laboratoriya mashg’ulotlarni bajarish vaqtida biror bir ko’ngilsiz voqea yuz berganda birinchi yordam ko’rsatish tartibi




    Download 116,58 Kb.
    bet4/29
    Sana01.12.2023
    Hajmi116,58 Kb.
    #109054
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
    Bog'liq
    Kimyo texnologiya fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi-fayllar.org

    Laboratoriya mashg’ulotlarni bajarish vaqtida biror bir ko’ngilsiz voqea yuz berganda birinchi yordam ko’rsatish tartibi
    1. Laboratoriya mashg’ulot o’tkaziladigan laboratoriya xonasida medisina aptechkasi bo’lishi shart.


    2. Agar talabalarni biror joyi kesilsa, kesilgan joyiga yod yoki 3% vodorod pereoksidi eritmasini surkash kerak.


    3. Agar talabaning biror joyi qo’ysa o’sha erni darxol kaliy permanganat eritmasi yoki etil spirti bilan yuvish kerak.


    4. Agar qo’l va terming boshqa joylariga konsentrlangan kislota sachrasa o’sha yuzani darxol sovuq suv bilan yuvish va so’ngra o’sha yuzani ichimlik sodasining kuchsiz eritmasidan surtish kerak.


    5. Agar talabalarning terisini biror joyiga uyuvchi ishqor to’kilsa o’sha joyini darxol suv bilan yuvish va so’ngra sirka kislotasining past konsentrasiyali eritmasidan surtish kerak.


    1-Laboratoriya ishi


    BIOTEXNOLOGIYA LABORATORIYASIGA QO’YILADIGAN ASOSIY TALABLAR VA ASBOB USKUNALAR
    BILAN ISHLASH TARTIBINI O’RGANISH

    Ishdan maqsad: Biotexnologiya laboratoriyasida ishlash qonun qoidalarini o’rganish va biotexnologik asbob uskunlar bilan tanishish.
    Nazariy qisim: Mikrobiologiya (mikro va biologiya) — mikroorganizmlar haqidagi fan. Mikrobiologiya viruslar, barcha prokariotlar va mikroskopik eukariotlar (bir hujayrali hayvonlar, suv o‘tlar, ayrim zamburug‘lar)ni o‘rganadi. Mikroorganizmlarni A. Levenguk (1683) birinchi marta ko’rgan va tavsiflab bergan. Nemis olimi O. Myuller (1786) ilk bor mikroorganizmlarni sistemaga solishga uringan. Mikroorganizmlar haqidagi ma’lumotlar bir qancha rus olimlari (I.Belyayev, I. Kulabin, M. M. Terexovskiy va boshqalar)ning ishlarida ham uchraydi. Lekin Mikrobiologiya fan sifatida faqat 19-asrning 2-yarmida, asosan, fransuz olimi L. Paster ishlari ta’sirida shakllana boshladi. L. Paster muayyan kimyoviy jarayonlar, jumladan, har xil bijg’ishlami mikroorganizmlar faoliyati bilan bog’liqligini isbotlab berdi; yuqumli kasalliklarni mikroblar paydo qilishi to‘g‘risidagi g‘oyani himoya qildi; mikroorganizmlarning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi gipotezani inkor etdi; anaerobiozni kashf qildi. R. Kox va uning maktabi tomonidan qattiq oziq muhitning yaratilishi, mikroorganizmlarning sof kulturasiga bo‘lgan qat’iy talablar va kasallikning muayyan mikroorganizmga bog‘liqligini aniqlash mezonlarining ishlab chiqilishi bilan qisqa vaqt davomida ko‘pchihk kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari kashf etildi.
    L. Pasterning mikroorganizmlarning tabiatdagi ahamiyati to‘g‘risidagi g‘oyalarini umumiy Mikrobiologiya asoschilari S.Ch.Vinofadskiy va mikrobiologiya. Beyerink rivojlantirishdi. Ular tomonidan mikroorganizmlarning elektiv kulturasi (bitta organizmning rivojlanishiga sharoit yaratish) metodining ishlab chiqilishi va moddalarning biologik aylanishi jarayonida ishtirok etadigan mikroorganizmlar guruhining ko‘rsatib berilishi bilan eksperimental mikrobiologiyarivojlana boshladi.
    Mikrobiologiyaning asosiy o‘rganish ob’yektlari bakteriyalar, achitqi zamburug‘lar, aktinomitsetlar va viruslar hisoblanadi. Lekin mikrobiologiya metodlaridan zamburuyelar va boshqa mikroorganizmlarni hamda yuksak tuzilgan ko‘p hujayralilar hujayralarini o‘stirishda ham foydalaniladi. Zamonaviy mikrobiologiya bir qancha mustaqil fanlarga ajratiladi. Sanoat (texnik) mikrobiologiya og‘ir, yengil va, asosan, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida uchraydigan zararkunanda hamda oziq ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan mikoorganizmlarning faoliyati va biologik xususiyatlarini o‘rganadi. Sanitariya M.sining vazifasi suv, havo, oziq-ovqatlar sifatini nazorat qilish, kasallik tug‘diruvchi mikroorganizmlar tarqalishining oldini olishdan iborat. Umumiy mikrobiologiya mikroorganizmlar morfologiyasi,fiziologiyasi, biokimyosi, genetikasi, sistematikasi va ularning tabiatdagi ahamiyatini o‘rganadi. Yashash muhitiga ko‘ra umumiy mikrobiologiyatuproq, sanoat, suv, geologik, kosmik mikrobiologiyaga ajratiladi. Tuproq, ya’ni qishloq xo‘jaligi.
    Mikrobiologiyasi tuproq mikroorganizmlari tarkibini, ularning o‘simliklar qoldig‘ini o‘zlashtirishda va o‘simliklar paraziti sifatidagi ahamiyatini o‘rgatadi. Ekinlarning mikroorganizmlar paydo qiladigan kasalliklariga, qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashning mikrobiologik usullarini ishlab chiqadi. Geologik mikrobiologiy amikroorganizmlarning geokimyoviy jarayonlardagi ahamiyatini o‘rganadi. Suv mikrobiologiyasi sho‘r va chuchuk suv. Mikroflorasining son va sifat tarkibini o‘rganadi, ichiladigan suvning sifatini nazorat qiladi. 1965-yildan kosmik mikrobiologiya rivojlana boshladi. U bir hujayrali organizmlarning kosmik fazodagi hayot faoliyatini o‘rganmoqda.

    Download 116,58 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




    Download 116,58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya mashg’ulotlarni bajarish vaqtida biror bir ko’ngilsiz voqea yuz berganda birinchi yordam ko’rsatish tartibi

    Download 116,58 Kb.