• Asosiy muhitlar
  • Kimyo texnologiya fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «biotexnologiya asoslari»




    Download 116,58 Kb.
    bet14/29
    Sana01.12.2023
    Hajmi116,58 Kb.
    #109054
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
    Bog'liq
    Kimyo texnologiya fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi-fayllar.org
    3 sinf Matematika fanidan 1 chorak, TAQDIMOT Inklyuziv talim, Dasturlash.2020, 4-B TMJ Qalbaev Ruslan, O`SIMLI5K5NLA55RI. ME5V555A51, Tahlilningfizika-kimyoviyusullarioquvqollanmagrif (3), 1930992, 1931992, Eritmalar konsentratsiyasi va uni ifodalash usullari eritmalar k-fayllar.org, 052-20 gurux 4 variant YAKUNIY NAZORAT ISHI, 3-Mustaqil talim ., Diniy ekstremizim bayonnoma, Elektronikadan test javoblari, 2-mavzu ma’lumotlarni relyatsion boshqarishning asosiy vositala
    3-rasm. Anaerostat
    2.1 Ozuqa muhitlari
    Oziq-ovqat mahsulotlaridagi mikroorganizmlarni aniqlash, miqdorini sanash, ajratish va xossalarini o‘rganish uchun tarkibi va vazifasi jihatdan turlicha bo‘lgan ozuqa muhitlari ishlatiladi. Har bir ozuqa muhitlari quyidagi talablarga javob berishi kerak: tarkibida mikroorganizmlarni oziqlantirish uchun barcha kerakli moddalar engil birikadigan shaklda bo‘lishi, optimal namlik, qovushqoq va pH ga ega bo‘lishi, izotonik va iloji boricha shaffof bo‘lishi kerak. Har bir ozuqa muhiti o‘zining tarkibiga qarab ma’lum bir usulda sterillanadi.
    Tarkibiga ko‘ra sintetik va tabiiy ozuqa muhitlari farqlanadi.
    Sintetik muhitlar ma’lum kimyoviy toza birikmalarning ma’lum dozasining suvdagi eritmalaridan iborat, ya’ni, ularning tarkibi avvaldan ma’lum. Lekin faqat oz miqdordagi ozuqaga talabchan bo‘lmagan mikroorganizmlargagina sintetik ozuqa muhitlari ishlatiladi.
    Natural yoki tabiiy muhitlar o‘simlik yoki hayvonot kelib chiqishiga ega bo‘lgan mahsulotlardan iborat bo‘lib, murakkab noaniq kimyoviy tarkibga ega. Ularga go‘sht peptonli bulon va agar, solod suslosi va solod-agar, yog‘sizlantirilgan va gidrolizlangan sut, turli sabzavotlar qaynatmalari va boshqalar kiradi.
    Maqsadiga ko‘ra ozuqa muhitlari asosiy, effektiv va differensial-diagnostik xillarga bo‘linadi.
    Asosiy muhitlar deb ko‘p bakteriyalarni o‘stirish uchun qo‘llaniladigan muhitlarga aytiladi. Ularga go‘sht-pepton bulon (GPB), go‘sht, baliq mahsulotlari, kazeinning triptik gidrolizatlari kiradi. Bunday muhitlar murakkab ozuqa muhitlarini tayyorlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ularga don, shakar, sut va boshqa ingridientlar kiradi.
    Elektiv yoki tanlangan muhitlar mikrobiologik amaliyotga S.N.Vinogradskiy va M.Beyerink tomonidan kiritilgan. Bu muhitlar ma’lum turdagi (yoki ma’lum guruhdagi) mikroorganizmlarni turli mikroflorali obyektlardan olish va yig‘ish uchun mo‘ljallangan. Yondosh mikroorganizmlar bunday muhitlarda o‘smaydi yoki ular juda sekin rivojlanadi. Elektiv muhitlar bilan ishlash ushbu mikroorganizmlarning ko‘pgina boshqa turlaridan farqlanuvchi biologik xususiyatlarga asoslangan.
    Differoensial-diagnostik muhitlar bir turdagi yoki guruhdagi mikroorganizmlarni aniqlab, boshqalaridan ajratish (differensiallash) imkon beradi. Ularning tarkibi berilgan turdagi mikroorganizmlarning xarakterli xususiyatlarini aniq topishga imkon berishi kerak. Bunga erishish uchun muhitlarga mahsus bo‘yoq-indikatorlar kiritilib, ular aniqlanayotgan mikroorganizmlar koloniyasini ma’lum rangga bo‘yaydi. Xususan, ichak tayoqchasi guruhi bakteriyalarini aniqlash uchun Endo, Kessler, Eykmana, Ploskirev, Levin va boshqalarning differensiallaydigan muhitlari ishlatiladi.
    Fizikaviy hossalariga ko‘ra muhitlar suyuq, yarim suyuq, zich va quruq muhitlarga bo‘linadi.
    Suyuq muhitlar (bulonlar) mikroorganizmlarning biomassasi yoki ular metabolizmi mahsulotlarini yig‘ish, shuningdek, mikroorganizmlarning fiziologik-biokimyoviy xususiyatlarini aniqlash uchun ishlatiladi.
    Yarimsuyuq muhitlar tarkibida 0,08 dan 0,7% gacha agar mavjud.
    Zich muhitlar suyuq muhitlarga jelatin yoki agar (1,5-2%) qo‘shib tayyorlanadi. Bu ikki modda issiq suvda eriganida kolloid eritma hosil qilib, u soviganida zich gel hosil bo‘ladi. Gelsimon muhitlarni isitib, yana eritsa bo‘ladi. Zich muhitlar mikroorganizmlarninig toza namunalarini aniqlashda diagnostik maqsadlarda (muhitda o‘sgan koloniyalarning ta’rifini berish), mikroorganizmlarni miqdoriy aniqlashda, antagonistik, proteolik faollikni aniqlashda ishlatiladi.
    Quruq ozuqa muhitlari maxsus korxonalar tomonidan ishlab chiqariladi va mikrobiologik maqsadlarda suv qo‘shilib, sterillab ishlatiladi.
    1. Mikroorganizmlarni ozuqa muhitlariga ekish texnikasi


    Mikroorganizmlar bilan ishlashda maxsus bakteriologik sirtmoqlar, ignalar, shpatellar, pipetkalar qo‘llaniladi. Ekish doim gorelka olovi zonasida amalga oshiriladi. Toza namuna bilan ishlayotgan kishi yonida keskin harakat qilishi, yurish, yo‘talish mumkin emas. Chunki havoning harakati namunali probirkaga begona mikroorganizmlarning tushishiga sabachi bo‘ladi. Shuning uchun mikroorganizmlarni ekish va qayta ekish boksda bajariladi. Boksning asosiy xonasiga faqat boksda ishlaganda kiyiladigan xalatlar mavjud bo‘lgan tambur orqali kiritiladi. Boksning barcha jihozlari, devorlari va poli doimiy ravishda dezinfeksialovchi vositalar bilan artib turiladi. Ish boshlashdan avval boks bakteritsid lampalar vositasida 1,0-1,5 soat davomida sterillanadi.



    Download 116,58 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




    Download 116,58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kimyo texnologiya fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «biotexnologiya asoslari»

    Download 116,58 Kb.