|
Kimyo texnologiya fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «biotexnologiya asoslari»
|
bet | 16/29 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 116,58 Kb. | | #109054 |
Bog'liq Kimyo texnologiya fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi-fayllar.orgPetri chashkasiga chuqur ekish. Ekishga tayyorlangan tekshiriluvchi materialning ma’lum miqdorini (1,0 yoki 0,1 sm3) pipetka bilan bo‘sh Petri chashksiga solinadi. Erigan va 450C gacha sovigan ozuqa muhiti solingan probirka yoki kolbaning tiqini olinadi, chetlari gorelka olovida kuydiriladi va qopqoqni ozgina ochib, chashka tubiga quyiladi
Ekilgan materialli probirka va chashkalar berilgan mikroorganizm uchun optimal haroratli termostatga quyiladi. Qoidaga ko‘ra mezofil bakteriyalar 37±10C da, termofil bakteriyalar 40-550Cda, achitqi va mog‘or bakteriyalar 30±10C da o‘stiriladi.
Nazorat savollari
Toza, yig‘ilgan va aralash kulturalar deb nimaga aytiladi?
Ozuqa muhitlar komponentalari va tarkibiga ko‘ra qanday klassifikatsiya qilinadi?
Qanday muhitlar ba’zi mikroblarning o‘sishini orttirib, ba’zilarining kamaytirish imkonini beradi.
Mikroorganizmlar ozuqa muhitlariga ekilishi qanday usul bilan amalga oshiriladi?
Aerob va anaerob bakteriyalarni kultivatsiya qilish qanday amalga oshiriladi?
№ 7 -LABORAT ORIYA ISHI
HAVO MIKROFLORASINI TEKSHIRISH: MIKROB HUJAYRASI SONINI HISOBLASH USULLARI
Ishdan maqsad: Xona havosini mikrobiologik tekshirish usullari bilan tanishish.
Kerakli jihoz va reaktivlar: Krotov apparati, steril Petri likopchalari, ozuqa muhitlari, go’sht, pepton agar, suslo, agar.
Oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoati korxonalar honalaridagi havo xom ashyo va tayyor mahsulotning begona mikroorganizmlar bilan zararlanishiga sabachi bo’lishi mumkin. Havoda asosan turli mikrokokklar, sarsinlar, spora hosil qilmaydigan tayoqchalar, achitqilar, bakteriya va mitselial zamburug’ sporalar, shuningdek turli kasalliklar keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar uchraydi. 1 m3 havoning mikrobiologik tekshiruvida mikroorganizmlarning umumiy miqdori, mog’or zamburug’lar miqdori, kerak bo’lsa, sanitar namunaviy mikroorganizmlar: gemolitik streptokokklarning (qonli agarga ekish) va oltinrang stafilokokk (sariq-tuzli agarga ekish) ning umumiy miqdori aniqlanadi.
Havodagi mikroorganizmlarning miqdorini aniqlash uchun turli usullar qo’llaniladi. Eng ko’p tarqalgan usullar - bu sedimentatsion va aspiratsion usullardir.
|
| |