|
Kimyo texnologiya fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «biotexnologiya asoslari»
|
bet | 15/29 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 116,58 Kb. | | #109054 |
Bog'liq Kimyo texnologiya fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi-fayllar.orgSuyuq ozuqa muhitga ekish - ekish sirtmoq yoki gradiurovkalangan pipetka yordamida amalga oshiriladi. Ekiladigan material bakteriologik sirtmoq bilan probirkaga solinadi va ozuqa muhitining yuqori qatlamida engil silkitiladi. Yoki ekish materiali suyuq muhit bilan yuvilib, probirka devorlariga surtiladi.
Steril pipetka namuna solingan probirkaga solinib, ma’lum miqdor material olinib, yangi ozuqa muhiti solingan probirkaga o‘tkaziladi. Bunda suyuqlik probirka devorlariga surtiladi, yoki pipetka muhit ichiga kiritilib, ichidagi material chiqariladi.
O‘rilgan agar solingan probirkaga shtrix usuli bilan ekish. Kultura solingan va o‘rilgan ozuqa agari solingan probirkalar chap qo‘lda egilgan holatda ushlanadi. O‘ng qo‘lga bakteriologik igna olinib, u spirtovka olovida qizargunicha ushlanadi, keyin igna ushlagich olov orqali olib o‘tiladi. O‘ng qo‘lning beshinchi barmog‘i bilan ikkita probirkadagi tiqinlar olib tashlanadi, probirkalarning chetlari kuydiriladi. Sirtmoq kulturali probirkaga kiritiladi, chetlariga tekkizilib, sovitiladi va mikroblar namunasidan ozgina miqdori olinadi. Ekish materiali surtilgan sirtmoq steril muhitga solinib, deyarli tubigacha tushiriladi. U yerda kondensatsion namlikning ozgina miqdori yig‘ilib qoladi. Agarga engil tegib, zigzagsimon chiziq o‘tkaziladi. Bunda sirtmoq ozuqa muhiti yuzasidan uzilmaydi. Ekishdan so‘ng sirtmoq probirkadan olinadi va ekish materiali qoldiqlari bilan birga kuydiriladi. Keyin probirkalarning chetlari va tiqinlarning ichki taraflari kuydiriladi. Shundan so‘ng probirkalar yopiladi. Probirkalarning tashqi yuzasida ekish sanasi va kulturaning nomi yoziladi.
Ukol bilan ekish. Flambirlangan bakteriologik igna bilan tekshiriluvchi namuna olinadi. Ozuqa muhitining ustunchasi solingan probirkani o‘ng qo‘lga olinadi. Teskari o‘giriladi, uning tiqini 5-barmoq bilan kaftga tekkizilib olinadi. Probirkani ko‘z darajasiga ko‘tarib, zich muhitning tagigacha ignada teshiladi. Keyin igna olinadi, probirka tiqin bilan yopilib, ustiga yoziladi. So‘ng uni termostatga o‘stirish uchun joylanadi.
Petri chashkasida muhit yuzasiga ekish. Petri chashkasiga erigan agar quyiladi, u qotgunicha kutiladi va termostatda quritiladi. Ekish bakteriologik sirtmoq yoki Drigalskiy shpateli (uchburchak ko‘rinishidagi shisha tayoqcha) yordamida amalga oshiriladi. Petri chashkasining qopqog‘i sirtmoqqa kiradigan darajada ochiladi. Sirtmoq ozuqa muhitini timdalab yubormasligi uchun gorizontal holda tushirilib, mikrobli namuna agarning butun yuzasi bo‘ylab zigzagsimon harakat bilan (shtrix) muhitdan uzmasdan suriladi. Bu izolyasiyalangan agarni olishga imkon beradi.
“Gazon” usuli bilan ekish shpatel bilan amalga oshiriladi. Buning uchun chap qo‘l bilan Petri chashkasi ozgina ochiladi, sirtmoq yoki pipetka bilan ekiluvchi material ozuqa agar yuzasiga surtiladi. Keyin shpatel gorelka olovidan o‘tkaziladi, qopqoqning ichki tarafiga tekkizilib sovutiladi va material muhitning butun yuzasiga surtiladi. Ekuvchi materialning inkubatsiyasidan so‘ng chashkada bir tekis o‘sgan namuna “gazoni” paydo bo‘ladi.
|
| |