|
Kimyo texnologiya fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «biotexnologiya asoslari»
|
bet | 11/29 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 116,58 Kb. | | #109054 |
Bog'liq Kimyo texnologiya fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi-fayllar.orgO’quvchi bug’ bilan sterillash (bo’lib sterillash) - ushbu usul 100oC dan yuqori haroratlar ta’sir etganida o’z tarkibini o’zgaruvchi ozuqa muhitlarni bepusht qilish uchun qo’llaniladi. Bo’lib sterillashning mohiyati shundan iboratki, muhitni qizdirish 15-30 daqiqadan 100oC haroratda uch kun ketma ket amalga oshiriladi. Dastlabki qizdirishdan so’ng vegetativ hujayralar halok bo’ladi. Lekin ba’zi sporalar tirik qolib, keyin o’sib chiqadi. Haroratga chidagan sporalarning vegetativ formalari takroriy qizdirishda halok bo ’ladi. Bo’lib sterillash ochiq tushiruvchi kran holatida Kox apparati yoki avtoklavda amalga oshiriladi.
Tindallashtirish - yuqori haroratlarda oson parchalanadigan materiallar (zardoblar, vitaminlar, ba’zi antibiotiklar)ni bo’lib sterillash. Sterillash obyektni 60oC dan 65oC gacha bo’lgan haroratda 60 daqiqa 5-6 kun ketma-ket yoki 70-80oC da 3 kun ketma-ket amalga oshiriladi.
Sovuq sterillash
Bakterial filtrlar orqali filtrlash. Agar yuqori harorat sterillanuvchi metall sifatini keskin o’zgartirishi mumkin bo’lsa, u holda mayda teshikli filtrlar orqali filtrlash amalga oshiriladi. Bundan tashqari, filtrli sterillash bakterial toksinlar va mikroorganizmlar faoliyatining boshqa mahsulotlarini tozalash uchun qo’llaniladi.
Filtrlarning 2 asosiy xili mavjud - chuqur va membrana filtri.
Chuqur filtrlar tolali materiallardan iborat. Zarrachalar ulardagi adsorbsiya va filtr materialida mexanik ushlanib qolishi natijasida o’ta olmaydi. Bakterial filtrlar turli materiallardan, turli diametrli teshiklar bilan tayyorlanadi. Bu hususiyatlar qadoqda ko ’rsatilgan bo’ladi. Filtrlab sterillash uchun Zeytsning plastinkali asbest filtrlari, kaolin va kvars qumidan tayyorlangan Shamberlan shamlari, infuzor tuproq va asbestdan tayyorlangan Berkefeld shamlari ishlatiladi.
Membrana filtrlari uzluksiz strukturaga ega bo’lib, ular nitrokletchatkadan iborat va ularning zarralarini ushlab qolish qobiliyati teshiklar kattaligi bilan aniqlanadi. Membrana filtrlari teshiklar kattaligiga qarab (350-1200 nm) 1 dan 5 gacha nomerlar bilan belgilangan bo ’ladi.
Filtrlash orqali sterillash vakuum yoki suv nasosini qo’llash bilan vakuum ostida bajariladi. Ishni boshlashdan avval filtrlar Bunzen kolbasi bilan ulangan maxsus ulagichga o ’rnatiladi. Filtrlaydigan qurilma avtoklavda 0,15 MPa bosim ostida 30-40 daqiqa sterillanadi. Membrana va asbest filtrlar bir marotaba ishlatiladi. Shamberlan va Berkefeld shamlari filtrlash tugaganidan so ’ng teskari yo’nalishda distillangan suv tortilib yuviladi va qaytadan ishlatish uchun tozalanadi.
Nurlanish bilan sterillash. Ultrabinafsha nurlar bilan sterillash xonadagi havoda mavjud bo’lgan mikroorganizmlarni nobud qilishi uchun ozuqa mahsulotlarini qadoqlashdan avval ularni sterillash uchun ho’llaniladi. Bunday sterillash turli quvvatga ega bo’lgan (to’lqin uzunligi 253265 nm) bakteritsid lampalar yordamida amalga oshiriladi. Ionizatsion nurlanish oziq-ovqat ishlab chiqarishda ishlatiladigan ba’zi qadoqlovchi materiallarni sterillashda qo’llaniladi.
|
| |