|
Tipik (gomofermentativ) sut kislota hosil qiluvchi streptokokklar
|
bet | 19/29 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 116,58 Kb. | | #109054 |
Bog'liq Kimyo texnologiya fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi-fayllar.orgTipik (gomofermentativ) sut kislota hosil qiluvchi streptokokklar. Asosiy vakili Streptococcus lactis. Asosan shakarni bijg’itib 85-95% gacha sut kislota va oz miqdorda uchuvchan kislotalar hosil qiladi.
Atipik (geterofermentativ) sut kislota hosil qiluvchi streptokokklar. Asosiy vakili Streptococcus citrovorus, Streptococcus paracitrovorus. Sut kislotadan tashqari, uchuvchan kislotalar, xushbo’y moddalar va SO2 gazi hosil qiladi.
Tayyoqchasimon sut kislotali bakteriyalar ham ikkiga bo ’linadi.
Gomofermentativ sut kislotali bakteriyalar (termofill va mezofillar). Asosan shakarni bijg’itib, 3-3,5% gacha sut kislota hosil qiladi. Sutni 6-12 soatda ivitadi.
Geterofermentativ sut kislotali bakteriyalar. Shakarni bijg’itib, ko’p miqdorda spirt va CO2 gazi hosil qiladi.
Yog’ kislotali mikroblar. Asosan tuproq va o’simliklarda bo’lib, sutga tushganda anaerob sharoitda sut shakarini parchalab, yog’ kislotalar va gaz hosil qiladi. Bunda sut badbo’y hidli va achchiq ta’mli bo’lib qoladi.
Achitqi va mog’or zamburug’lar. Sutning sirtida rivojlanadi va sut kislotalarning bir qismini istemol qiladi. Shuningdek, sut yog’larini parchalab, achchiq ta’m va dag’al xashak hidini paydo qiladi.
Ichak tayyoqchasi (E.coli). Sutga atrof-muhitdan tushadi va laktozani parchalab, kislota va gaz hosil qiladi. Sut tezda iviydi va suyuqlashib ketadi. Ichak tayyoqchasi bilan zararlangan sutdan pishloq va boshqa sut mahsulotlari tayyorlab bo’lmaydi.
Sut tarkibidagi mikroorganizmlar gruppasini aniqlash uchun Tubandagi oziqa muhitlardan foydalaniladi:
Go’sht-pepton agar-chirituvchi mikroorganizmlar gruppasini.
Suslo agar-mog’or zamburug’lar va achitqilarni.
Probirkadagi steril sut-sut kislota hosil qiluvchi mikroorganizmlar
gruppasini.
Bo’r bilan suslo agar-sut kislota hosil qiluvchi streptokokklarni.
2- ish: Sutni mikroblar bilan ifloslanganligini aniqlash.
|
| |