|
Kimyo texnologiya fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «biotexnologiya asoslari»
|
bet | 20/29 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 116,58 Kb. | | #109054 |
Bog'liq Kimyo texnologiya fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi-fayllar.orgKerakli jihoz va reaktivlar: Yangi sog’ilgan sut va eskirgan sut namunalari; metilen ko’kining ishchi eritmasi; suv hammomi; probirkalar.
Sutda turli xil fermentlar mavjud bo’ladi. Shu jumladan reduktaza fermenti ham. Mikroorganizmlar faoliyati natijasida sutda reduktaza fermenti to ’planadi. Reduktaza ferment metilin ko’kini rangsizlantirish xususiyatiga. Yangi sog’ilgan sutda mikroblar va reduktaza fermenti kam bo’ladi va metilen ko’ki sekin rangsizlanadi. Agar sut eskirgan bo’lsa mikroblar va reduktaza fermenti ko’p bo’ladi va metilen ko’ki tezda rangsizlanadi. Reduktaza namunasini qo’yish bilan sutning mikroblar bilan ifloslanaganligini taxminiy aniqlash mumkin.
Metilen ko’kining ishchi eritmasini tayyorlash. Avval spirtli to’yingan metilen ko’kini olib, unga 100 ml 96 oC li etil spirti aralashtiriladi va 1 sutkaga termostatda 37oC da qoldiriladi. So’ngra bu aralashma filtirlanadi va to’yingan metilen ko’ki eritmasidan ishchi eritma tayyorlanadi. Ishchi eritmani tayyorlash uchun 5 ml to’yingan metilen ko‘ki eritmasiga 195 ml distellangan suv qo’shib aralashtiriladi.
Ishning borishi:
Reduktaza namunasini qo’yish va metilen ko’ki bilan sinash. Buning uchun katta probirkalarga 1 ml metilen ko ’kining ishchi eritmasi (ishchi eritma murabbiy yoki laborant tomonidan ta’minlanadi) va 20 ml sut solinadi. Probirkaning og’zini rezina probirka bilan berkitiladi. Sut va metilen ko’kini sekin (silkitmasdan) aralashtiradi va 38-40oC suv hammomida 20 minut qoldiriladi. 2 soat va 5,5 soatdan so’ng rangi o’zgarganligi aniqlanadi va rangining o’zgarishiga ko’ra 4 ta sinfga bo ’linadi.
Sutni metilen ko’ki orqali tekshirishning tezlashtirilgan usuli.
Buning uchun metilen ko’kining ishchi eritmasini tayyorlashda to ’yingan eritma 10 marta suyultiriladi va tekshirilayotgan sut 2 marta kam olinadi. Toza probirkalarga 1 ml suyultirilgan metilen ko’ki eritmasi va 10 ml sut solib, probirkaning og’zi rezina probka bilan berkitiladi. Probirka silkitmasdan aralashtiriladi va 38-40 oC li suv hammomiga qo’yiladi. Metilen ko’kining rangsizlanishi 5-10-15 minutlar davomida tekshirib turiladi. Shu vaqt davomida metilen ko’kining rangsizlanishi tekshirilayotgan sutning 1 ml da gaz hosil qiladigan mikroorganizmlarning soni milliondan ko’proq ekanligini ko’rsatadi.
4-jadval.
|
| |