Ishni bajarish tartibi:
Namunalarni tanlab olish tartibi.
Tananing xar biridan yoki uning ayrim qismlaridan namunalar ajratib olinadi, olingan namunalarning og’irligi 200 grammdan kam bo’lmasligi va butun bo’lakchalardan iborat bo’lishi kerak.
Namunalar tananing quyidagi qismlaridan olinadi:
4 va 5 bo’yin umurtqalari tug’risidagi kesilgan joydan.
Tananing qul qismidagi mushakdan
v) Son qismidagi mushak qatlamidan
Organoleptik kursatkichlar orkali go’sht tarkibini o’rganish
1. Go’shtning tashqi ko’rinishi va rangini aniqlash.
Go’shtning yuzaki qismini tekshiruvdan o’tkazilganda uning rangiga va yog’ qatlamining rangiga e’tibor qaratiladi. Yuza qismi va mushak to’qimalarining rangini aniqlash uchun uning chuqurrok qatlamini pichoq bilan kesiladi va shu orqali yangi kesilgan joydagi rangini va yuzasidagi xolatni kuzatiladi; shu bilan birga uning barmoq bilan ezib ko’rilganda yopishish xolati xam aniqlanadi. Go’shtning yuza qismidagi namligini uning yangi kesilgan joyga filtr qog’ozi bulagini tegizish bilan aniqlanadi. Agar go’sht yangi bulsa, u xolda filtr qog’ozida xech qanday dog’chalar qolmasligi kerak.
Go’shtning konsistensiyasini (kattikligini) aniqlash.
Yangi kesilgan joy barmoq bilan ezib quritiladi va chuqurcha xosil qilinadi, chuqurchaning o’z xolatini tekislanishini kuzatiladi. Yangi, sifatli go’shtda xosil qilingan chuqurcha tezda tekis xolatiga kaytadi, chuqurcha sekin-asta (1 minut davomida) tekislansa, u xolda bu go’sht maxsuloti eskirganligidan dalolat beradi.
Xidini aniqlash.
Tanlab olingan go’sht namunasining yuza qismidagi xidini organoleptik usul bilan aniqlanadi. Shundan so’ng pichoq bilan uning yuza qismini chuqurroq kesiladi va ichidagi qatlamlar orasidagi xid aniqlanadi. Kesayotgan pichoq toza yuvilgan bo’lishi kerak, shu bilan birga mushak to’qimalarining suyak qismiga yaqin joylaridagi xidga e’tibor beriladi. Ajratib olingan go’sht namunasining umumiy xidining xarakterlanishini aniqlash uchun, uni suvda qaynatiladi. Bunday aniqlashni sho’rva tayyorlash bilan birga CuSO4 reaksiyasini o’tkazishdan iborat. Idishning qopqoq qismi ochilgan paytda, undan chiqadigan par va xid aniqlanadi.
|