|
Kimyo texnologiya fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «biotexnologiya asoslari»
|
bet | 23/29 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 116,58 Kb. | | #109054 |
Bog'liq Kimyo texnologiya fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi-fayllar.orgYog’lar xolatini aniqlash.
Yog’ning rangini va uning xidini aniqlanadi. Yog’ning konsistensiyasini barmoq bilan ezib ko’rish orqali aniqlanadi.
Suyak ichidagi ilik xolatini aniqlash.
Boldir suyaklar ichidagi ilik xolatini aniqlashda quyidagilarga e’tibor beriladi. Yangi suyilgan go’shtda ilik butun boldir suyaklari ichini to’ldirib turadi. So’ngra ilik suyakdan ajratib olinib, uning rangi, qattiqligi, xidi aniqlanadi.
Tajriba natijalarini xisoblash.
Takrorlash uchun savollar.
Go’shtning tarkibi.
Molni so’yishga tayyorlashning axamiyati
Go’shtning asosiy sifat ko’rsatkichlari.
Molni so’ygandan keyingi tadbirlar.
№10 - LABORATORIYA ISHI
BUG’DOY MIKROFLORASINI ANIQLASH
Nazariy qism: Non, un, yorma mikrofloralari qayta ishlanayotgan don mikroflorasiga bog’liq. 1g sifatli don mahsulotida minglab va millionlab mikroorganizm hujayralari mavjud. Hamma mikroorganizmlarning 90% ni bakteriyalar, 5-7 % ni achitqi zamburug’ining sporalari va oz miqdorda achitqilar tashkil qiladi. Bakteriyalar orasida erwinia herbikola - xolis, opsionel aerobik tayoqcha mavjud. Gerbikolaning don tarkibida katta miqdorda bo ’lishi donning sifat ko’rsatkichi yaxshiligidan darak beradi. Gerbikola GPA (go’sht peptonli agar) da boshida kulrangroq, keyinchalik oltin-sariq rangga o’zgaruvchi silliq koloniyalar hosil qiladi. Qattiq shakarli muhitda ko’p shilimshiq modda hosil bo’lishi kuzatiladi. Mikrokoklar, sut bijg’ituvchi bakteriyalar, sporali, aerobli tayoqcha Bak.subtilis kuzatiladi. Achitqi zamburuglari orasida yangi o’ril gan don tarkibida yer mog’orlari— p.Alternariya, p. Cladosporium, p. Ascochyta mavjud. Saqlash vaqtida yer mog’orlari o’ladi, penitsillar va aspergillar esa dominant bo’lib qoladi. Donda yashovchi bakteriyalar va zamburug’laming ko’pchiligi 25-30oC temperatura bilan mezofillarga mansub. Donli massada temperatura 10oC gacha pasaytirilganda ko’pchilik mezofil mikroorganozmlari o’zining faoliyatini to’xtatadi. Penicillium, Rhizopus, Thamnidium, Fusarium zamburug lari past temperaturaga chidamli. Don omboridagi don namunasi izlanishlarining xulosasi shuni ko’rsatdiki, don buzilishining boshlang’ich bosqichi past namlikka chidamli kserofillarga bog’liq. Keyinchalik namlikka talabchanroq mezofillar o ’sishi boshlanadi, namlik oshganda esa Asp. candidus, Asp. ochraccus, Asp. flavus, Penicillium. Saqlash mobaynida e. herbicola miqdori kamaysada, u asosiy o’rin tutadi. Don kontaminatsiyasini istalmagan mikrofloralar bilan kamaytirishning samarali usullari - quritish, kislorodsiz sharoit (germatik saqlash va gazli muhit ishlatilishi), organik kislotalar bilan konservalash.
Fitopatogen guruhga o’simliklar hisobiga yashovchi parazit ko’rinishdagi bakteriya va zamburug’lar kiradi. O’simliklarning o’sish va yetilish vaqtida ular, bakterioza va mikoza kasalliklarini chaqiradi. Bakteriozalar uyg’otuvchisi ko’pincha p. Pseudomonas vakillari hisoblanadi. Ildiz ustki qismining, kolos po’stining qorayishi va dog’langanligida ko’rish mumkin (qora kasallik). Kasallik kuchli rivojlansa don 60-70% gacha massa yo’qotadi. Zamburug’lar chaqiradigan kasalliklar orasida eng ko’p tarqalgani bu sporinya va golovnya hisoblanadi. Sporinya kasalligini Ascomycetes sinfiga mansub Claviceps purpurea zamburug’i chaqiradi. Zamburug’ asosan javdarni gullash davrida nobud qiladi. Kurtak o’rnida kolosda qattiq yirik qoramtir-binafsha javdarlar hosil bo’ladi. Hosilni yig’ish vaqtida ular yerga to’kiladi, spora yetiladigan joyda ipsimon oyoqchalarda meva organlari hosil qilib, bahorda o’sib chiqadi. Sporalar kurtakga tushib o’sadi va mitseliy hosil qiladi. Mitseliyda hasharotlarni jalb etuvchi shirin suyuqlik bilan qoplangan yozgi konidiyalar bilan konidienoslar shakllanadi. Yetilish vaqtida jaroxatlangan tuxumdonda mitseliy javdarlari qalinlashadi. Don o’rniga toksik modda - alkaloid saqlovchi javdarlar shakllanadi.
Tarkibida javdarlar saqlagan undan non iste’mol qilish, xolsizlanish, bosh aylanishiga olib kelishi mumkin. Bosh hamma asosiy donlarni zararlaydi. Boshning bir qancha ko’rinishlari mavjud. Tuproqda mavjud qattiq bosh sporalari bahorda o’sadi, mitseliy kurtakka o’tadi va u bilan birga o’sadi. Gullash vaqtida zamburug’ tuxumdonga tushadi va uni o’ldiradi. Don o’rniga qoramtir xlomidospor massasiga to’lgan qoramtir jigar rang boshli xaltacha xosil bo’ladi. Donga sporalar tushsa, dondan yoqimsiz bo’lgan seldli sho’r suv hidi keladi. Uni qoramtir, yoqimsiz hid va ta’m beradi. Oshqozon faoliyatini buzushi mumkin. Un tarkibida u 0.05% dan oshmagan holda bo’ladi. Sporalarini yo’qotish uchun kimyoviy preparatlardan foydalaniladi. Donning p.Fusarium zamburug’i chaqiruvchi kasalliklardan yana biri bu fuzarioz kasalligi. Bunday donda “mastlik kasalligi” ni chaqiruvchi mikotoksinlar yig’iladi (holsizlik, bosh og’rig’i, ko’rish qobiliyatining pasayishi). Achitqi zamburug’ining identifikatsiyasi uchun Chapek muhitidan foydalaniladi. Bu muhitda p. Alternaria vakillari qalin qoramtir zaytunli koloniyalar, qoramtir kulrang - Helminthosporium, qora -p.Cladosporium, qoramtir va shilimshiq - p. Dematium, momiq och pushti yoki to’q pushti - p. Fusarium.
|
| |