|
Kimyo texnologiya fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «biotexnologiya asoslari»
|
bet | 17/29 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 116,58 Kb. | | #109054 |
Bog'liq Kimyo texnologiya fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi-fayllar.orgl.l. Sedimentatsion usul
Sedimentatsion usul (Kox usuli) chang zarralari va tomchilarning mikroorganizmlar bilan birga ochiq Petri likopchalaridagi ozuqa muhitlari yuzasiga tushishiga asoslangan. Honalar havosini tekshirish Tubandagicha amalga oshirildi. Ikkita sterill Petri likopchasi tayyorlanadi. Uning bittasiga eritilgan go ’sht peptonli agar (GPA) boshqasiga suslo-agar (SA) solinadi. Agar soviganidan keyin, likopchalar tekshiriluvchi xonaga olib kiriladi, qopqoqlari ochilib, chetga shunday surilib qo’yiladi-ki, ozuqa muhitining yuzasi butunlay ochiq bo’lsin. Likopchalar havoning ifloslanganligi darajasiga bog’liq ravishda 5,10 yoki 15 daqiqa ochiq holda turadi. Keyin likopchalar yopiladi, teskarisi o’girilib, termostatga qo’yiladi.
Diqqat! Agar likopchalar o’girilmasa, agarli muhitdan ko’tarilgan kondensatsion namlik qopqoqning ichki tomonidan muhit yuzasiga tushadi va mikroorganizmlar koloniyasini suv bilan aralashtirib yuboradi.
GPAli likopchalar 370C li haroratda 24 soat, SAli likopchalar esa 300C haroratda 48 soat davomida ushlanadi. 1 m3 havodagi mikroorganizmlar miqdorini aniqlash uchun V.L. formulasidan foydalaniladi. Unga ko’ra 100sm2 likopchaga 5 daqiqa davomida 10 dm3 havoda qancha mikroorganizm bo’lsa, shunchasi tushadi:
X = a 1005100/ST,
Bu yyerda a - likopchada o’sib chiqqan koloniyalar soni; 100 - likopcha yuzasining 100sm2 miqdorini hisobga olish; 5 - Omelyanski bo’yicha likopcha ekspozitsiyasi, daqiqa; 100 - 1m3 havoning hisobi; S - Petri likopchasining yuzasi 78,5sm2; T - ochiq likopchaning ekspozitsiya vaqti;
1.2. Aspiratsion usul
Aspiratsion usul (Krotov usuli) Yu.A. Krotovning tirqishli apparatini qo’llashga asoslangan. Ixcham qutiga joylashtirilgan asbob qopqoqsiz Petri likopchasi joylanadiga maxsus maydonchali Namunani saqlovchi qismdan, elektromotor, ventilyator va rotametrdan iborat. Ventilyator minutiga 4-5 ming marotaba aylanib, havoni so’rib oladi. Havo oqimi Petri likopchasidagi ozuqa muhitiga urilib, uning yuzasida mikroorganizmlarni qoldiradi. Havo asbobdan rotametr orqali chiqadi. Mikroorganizmlar muhit yuzasida tekis taqsimlanishi uchun likopchali disk bir daqiqada 60 marotaba aylanadi. Bakteriyalarning umumiy sonini aniqlashda o’tkazilga havoning miqdori 100 dm3 ni tashkil etishi kerak. Ekilgan likopchalar apparatdan olinadi, qopqoqlari yopiladi, termostatda 370C haroratda 24 soat saqlanib olinadi va xona haroratida 24 soat qoldiriladi. O’sib chiqqan koloniyalar solni hisoblanib, 1 m2 havo uchun beriladi:
X = a/100 V,
Bu yyerda a - likopchada o’sib chiqqan koloniyalar soni; V - asbob orqali o’tgan havoning hajmi; 100 - havoning tekshirilayotgan hajmi, dm3.
Havo mikroflorasining miqdoriy xarakteristikasidan tashqari sifat xarakteristikasi ham beriladi. Buning uchun Petri likopchalarida o’sib chiqqan bakteriya koloniyalari tavsiflanadi va ulardan mikroskopik preparatlar tayyorlanadi. Koloniyalar 7.3 bo’limda ko’rsatilganidek tavsiflanadi.
Tadqiqot natijalari 2- jadval shaklidagi jadvalga kiritiladi:
2-jadval
|
| |