Kimyo texnologiya fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «biotexnologiya asoslari»




Download 116,58 Kb.
bet13/29
Sana01.12.2023
Hajmi116,58 Kb.
#109054
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
Kimyo texnologiya fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi-fayllar.org

6-Laboratoriya ishi
BAKTERIYALARDAN SPORA VA KRISTAL OQSILLARNI AJRATIB OLISH VA MIKROSKOPDA TEKSHIRISH
BAKTERIYALAR MORFOLOGIAYSINI O’RGANISH
Ishdan maqsad: mikroorganizmlarni o‘stirishda qo‘llaniladigan ozuqa muhitlarining turli xillari bilan tanishtirish; talabalarni mikroorganizmlarni ekish va qayta ekish bilan tanishtirish;
Mikroorganizmlarni ozuqa muhitlarida o‘stirish, kultivatsiya qilish (lotingcha cultus - o‘stirish) deb ataladi. Bu jarayonda rivojlangan mikroblar esa - kultura deb ataladi. Uning quyidagi turlari bor: faqat bir turdagi hujayraning avlodi bo‘lgan toza kultura; bir turdagi hujayralar yoki bir biriga yaqin mikroorganizmlar hujayralari ko‘p bo‘lgan yig‘ilgan kultura va bir necha organizmlar to‘planmasidan iborat aralash kulturalar mavjud;
Qandaydir tekshirilayotgan material (suv, mahsulot, tuproq namunalari va boshq.)ning steril oziqlantiruvchi muhitga kiritilishi ekish deb ataladi. O‘stirib bo‘lingan kulturani steril muhitga olinishi qayta ekish deb, ko‘p marotaba qayta ekishlarda -passirlash (lotinchapassis - qaytalanish) deb ataladi.
Mikroorganizmlarni kultivatsiya qilishda ularning o‘sishi uchun optimal sharoitlar yaratib berish muhimdir. O‘sish tezligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar bu - harorat, muhit pH miqdori, kislorodning mavjudligi yoki bo‘lmasligi, muhitning tarkibi va xossalaridir.
Mikroorganizmlar o‘zlari uchun qulay bo‘lgan haroratda termostatlar yoki termostat xonalarda o‘stiriladi. Bu jarayon inkubatsiya yoki inkubirlash (lot. incubatio - qushlarni o‘stirish) deb ataladi. Xususan, mezofil mikroorganizmlar 25 dan 300C gacha, termofil mikroorganizmlar - 40 dan 450C gacha, ichak tayoqchasi bakteriyalari guruhi - 370C haroratda o‘stiriladi.
Mikroorganizmlar muhit o‘zgarishiga juda sezgirdirlar. Shuning uchun sterillashgacha muhitning pH kattaligini to‘g‘rilab qo‘yish kerak. Bunda pH miqdori sterillashdan so‘ng bir muncha kamayib qolishini inobatga olish kerak.
Laboratoriya sharoitlarida mikroorganizmlar shisha idishlarda kultivatsiya qilinadi. Bular: kolbalar, probirkalar, Petri chashkalari, matraslar (tekis shisha idishlar). Kultivatsiya jarayoni suyuq muhitda (bulonlar), sutda yoki zich ozuqa muhitlarida amalga oshiriladi.
Odatda mikroorganizmlarning toza namunalari o‘rilgan agarda yoki bulon muhitida probirkalarda o‘stiriladi. Agar probirkalarda o‘stirish uchun zich muhit kerak bo‘lsa, sterillashga tayyorlashda esa erigan muhitni probirka hajmining 1/3 - H qismga solinadi.
Sterillashdan so‘ng qotmagan muhitli probirkalarni yon boshlagan holda taxlanadi. Qotgan muhitli probirkalar kosyaklar deb ataladi.
Suyuq muhitlarda aerob bakteriyalarni o‘stirish uchun probirkalarning 1/3 qismi ozuqa buloni bilan to‘ldiriladi, anaeroblar uchun - 2/3 qismi. Mikroorganizmlar bulonda o‘sishining o‘ziga xos belgilari bir jinsli xiralashish, yuzasida pardaning hosil bo‘lishi, ma’lum xildagi cho‘kindining hosil bo‘lishi va boshqalardir.
V hajmi zich muhit bilan to‘ldirilgan probirkalar ustunchalar deb ataladi. Ular namunani ukol bilan ekishda ishlatiladi.
Mikrooorganizmlarni kolbalarda o‘stirish uchun faqat suyuq ozuqa muhitlari, Petri chashkalarida o‘stirish uchun zich muhitlar qo‘llaniladi.
Petri chashkalarida ko‘pincha aerob va fakultativ-anaerob mikroorganizmlar kultivatsiya qilinadi. Ular zich ozuqa muhiti yuzasidan ma’lum xildagi koloniyalarni hosil qiladi.
Anaerob bakteriyalarni kultivatsiya qilish uchun maxsus asbob - anaerostatlar (3.1 rasm) qo‘llaniladi.
Anaerostat vakkumli rezina gardishga ega qopqoq bilan yopiladigan silindrdan iborat. Anaerostat qopqog‘ida vakummetr va 2 ta kran mavjud. Bitta kran havo tortadigan nasosga, boshqasi gazli (N2, CO2, H2) ballonlarga ulangan. Chashka va probirkalar joylanganidan keyin vakuumli nasos yordamida anerostatdagi havo chiqarib yuboriladi. Keyin kran maxsus vint bilan berkitilib, anaerostat vakuumli nasosdan ajratilib, termostatga olinadi



Download 116,58 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Download 116,58 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kimyo texnologiya fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «biotexnologiya asoslari»

Download 116,58 Kb.