|
Kimyo texnologiya fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «biotexnologiya asoslari»
|
bet | 10/29 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 116,58 Kb. | | #109054 |
Bog'liq Kimyo texnologiya fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi-fayllar.org1-jadval.
Manometr ko’rsatkichlari va to’yingan bug’ haroratining mosligi
Manometr ko’rsatkichi,
|
To’yingan
bug’ning
|
Manometr ko’rsatkichi, MPa
|
To’yingan
bug’ning
|
0,00
|
100
|
0,15
|
128
|
0,05
|
112
|
0,20
|
134
|
0,10
|
121
|
0,30
|
144
|
Sterillash maxsus germetik yopilgan ikkita devorli apparatlar - avtoklavlarda o’tkaziladi. Avtoklavning ishlash prinsipi bosim orttirilganida suvning qaynash haroratining oshishiga asoslangan. Bug’ hosil bo’lishi uchun avtoklavdagi suv elektr energiya yordamida isitiladi. Avtoklavning asosiy qismlari quyidagilar: kojux, suv-bug’li kamera, sterillash kamerasi, rezina qoplamali qopqoq. Qo’shimcha ravishda avtoklavga quyidagi elementlar qo’shiladi: sifon trubkali va uch yurishli kranga ega manometr, suv-bug’ kamerasidagi suv miqdorini nazorat qiluvchi suv o’lchovchi shisha nay, avtoklavda bosim haddan tashqari oshib ketishini oldini oluvchi himoya klapani, sterillashning boshida havoni chiqarib yuborish, sterillash kamerasidan kondensatni chiqarib yuborish uchun mo’ljallangan havo va chiqarish klapanlari.
Avtoklavlarda ozuqa muhitlari, fiziologik eritmalar, rezina predmetlar, rezina tiqinli shisha idishlar sterillanadi. Sterillash tartibi (harorat va sterillash davomiyligi) ozuqa muhitining tarkibi, pH ning miqdori bilan aniqlanadi. Tarkibida shakar, sut, vitamnlar bo’lgan muhitlar 0,05
MPa bosim ostida 15-20 daqiqa, go’sht-pepton muhitlar 0,1 MPa bosim ostida 20-30 daqiqa sterillanadi. Sterillash davri kerakli bosim o’rnatilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.
pH ning kichik qiymatlarida ozuqaviy muhitlar tarkibiga kiruvchi ba’zi moddalar sterillash davomida gidrolizga uchraydi. Buning oldini olish uchun ba ’zi komponentlar (aminokaslotalar, vitaminlar) eritmasi alohida sterillanib, muhitga sterillashdan so’ng qo’shiladi.
|
| |