Dezinfeksiya Mikroorganizmlarni kimyoviy modda yordamida nobud qilish dezinfeksiya deb ataladi (lotincha infectia - infeksiya va fransuzcha des - inkor qo’shimchasi). Kimyoviy moddalar
tashqi muhit obyektlarida patogen mikroorganizmlarni yo’qotish uchun ishlatiladi. Bular - ish joyi, xonalar, ish kiyimlari, qo’llar, texnologik jihoz va asboblar;
Dezinfeksiya maqsadida qo’llaniladigan moddalarga qator talablar qo’yiladi:
Ular suvda yaxshi erishi kerak;
Qisqa vaqt davomida bakteritsid xususiyatlarini namoyon qilishi kerak;
Inson va hayvonlarga toksik ta’sir etmasligi kerak;
Zarasizlantirilayotgan obyektlarning buzilishiga sabab bo’lmasligi kerak; Dezinfeksiyalovchi moddalar bir necha guruhlarga ajratiladi:
Xlorli birikmalar (xlorli ohak, natriy gipoxlorit, xloramin, pantotsid, xlordezinsulfoxlorantin va boshqa.);
Yod va brom asosidagi birikmalar (yodopirin, dibromantin);
Oksidlovchilar (vodorod peroksidi, kaliy permanganat va boshqa.);
Fenol va uning birikmalari (fenol, lizol, kreolin, geksaxlorofen);
Og’ir metallarning tuzlari (natriy mertiolyat, sulema).
Antimikrob ta’siriga shuningdek kislotalar va ularning tuzlari (borat kislota, salitsil kislota), ishqorlar, spirtlar (etanolning 70% li eritmasi), aldegidlar (formaltegid) ega.
Shuningdek bakteritsid sovunlar ham mavjud: fenolli, “Gigiena” va boshqalar. Ularning tarkibida 3-5% li geksoxlorofen mavjud.
Nazorat savollari
Sterillashning qanday usullarini bilasiz?
Sterillashning qaysi usullari termik usulga kiradi?
Laboratoriya idishlari sterillashda qanday qilib tayyorlanadi?
Sterillash tartibini qanday faktorlar aniqlaydi?
Qaysi hollarda sterillashning sovuq usullari qo’llaniladi?
|