• Termik sterillash Flambirlash
  • Quruq issiqlik bilan sterillash.
  • Kimyo texnologiya fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «biotexnologiya asoslari»




    Download 116,58 Kb.
    bet9/29
    Sana01.12.2023
    Hajmi116,58 Kb.
    #109054
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
    Bog'liq
    Kimyo texnologiya fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi-fayllar.org
    3 sinf Matematika fanidan 1 chorak, TAQDIMOT Inklyuziv talim, Dasturlash.2020, 4-B TMJ Qalbaev Ruslan, O`SIMLI5K5NLA55RI. ME5V555A51, Tahlilningfizika-kimyoviyusullarioquvqollanmagrif (3), 1930992, 1931992, Eritmalar konsentratsiyasi va uni ifodalash usullari eritmalar k-fayllar.org, 052-20 gurux 4 variant YAKUNIY NAZORAT ISHI, 3-Mustaqil talim ., Diniy ekstremizim bayonnoma, Elektronikadan test javoblari, 2-mavzu ma’lumotlarni relyatsion boshqarishning asosiy vositala
    Termik sterillash
    • Olovda qizdirish (flambirlash);


    • Qaynatish;


    • Quruq issiqlik;


    • Bosim ostidagi to’yingan bug’;


    • Sovuq sterillash


    • Filtrlash;


    • Nurlantirish;


    • Dezinfeksiya




    Termik sterillash
    Flambirlash - mayda predmetlarni spirtovka yoki gorelka olovida qizdirish yo’li bilan sterilizatsiya qilish (predmet shishalari, bakterologik sirtmoqlar, ninalar, pinsetlar, lansetlar va h.k.z.). Shuningdek, olovda turli ozuqa muhitlarini quyishda ishlatiladigan kolba va probirkalarning og’zi ham kuydiriladi.
    Qaynatish metall asboblar, ninalar, rezina trubkalarni sterillashda ishlatiladi. Asboblar maxsus qopqoqli metall sterilizatorlarda 30-40 daqiqa davomida qaynatiladi. Lekin uzoq qaynatish jarayoni ham obyektning sterilligini to’liq ta’minlab bera olmaydi. Chunki qator anaerob klostridiyalarning sporalari 3 soat qaynatilsa ham nobud bo’lmaydi.
    Quruq issiqlik bilan sterillash. Shisha idishlarni (pipetkalar, probirkalar, kolbalar, Petri chashkalar va h.k.z.) quruq issiqlik shkaflarida 160oCdan 180oC haroratda 1 - 1,5 soat mobaynida ushlanadi. Bunday sharoitda vegetativ hujayralar va mikroorganizmlar sporalari halok bo’ladi.
    Sterilizatsiyadan avval idishlar yuvilib, quritiladi. Probirkalar va kolbalar paxta-dokali tiqinlar bilan berkitiladi. Probirkalar qog’ozga 10-20 dona qilib o’raladi. Kolbalarga ularni changdan asrovchi qog’oz qopqoqlar yopiladi. Pipetkalarning og’izga kiritiladigan tomonlariga paxtali tamponlar tiqiladi.
    Pipetkalar maxsus shisha yoki metall penallarga joylashtiriladi yoki qog’ozga o’raladi. Ish mobaynida pipetkalar penaldan faqat tampon kiritilgan yuqori qismidan ushlab olinadi. Petri chashkalari qog’ozga o’raladi (har biri alohida yoki 2-3 tadan). Sterillashga tayorlangan idishlar qurituvchi shkafga juda zich joylashtirilmaydi. Chunki ularning bir xil qizishi ta’minlanishi kerak. Sterilizatsiya tugashi bilan shkaf o’chirib qo’yiladi. Lekin u harorati 100-70oC gacha tushguniga qadar ochilmaydi. Shkaf tez ochib yuborilsa, idishlar darz ketishi mumkin. Sterillikni saqlash uchun idishlar bevosita ishdan oldin ochiladi.
    Bosim ostidagi to’yingan bug' bilan sterillash. Ushbu usul eng keng tarqalgan va samarador usul bo’lib, u suvning qaynatish natijasida hosil bo ’lgan bug’ning yopiq joyda yig’ilib, bosimini orttirishga asoslangan. Bosim ortganda bug’ning harorati ortadi (1-jadval).


    Download 116,58 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




    Download 116,58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kimyo texnologiya fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi «biotexnologiya asoslari»

    Download 116,58 Kb.