• Nazariy tushuncha
  • Ishning borishi
  • TUPROQDAN GIDROLITIK FERMENTLAR SIZNTEZLOVCHI MIKROORGANIZMLARNI AJRATIB OLISH




    Download 116,58 Kb.
    bet27/29
    Sana01.12.2023
    Hajmi116,58 Kb.
    #109054
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
    Bog'liq
    Kimyo texnologiya fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi-fayllar.org

    TUPROQDAN GIDROLITIK FERMENTLAR SIZNTEZLOVCHI MIKROORGANIZMLARNI AJRATIB OLISH
    Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlarning sonini aniqlash (O. G. Shulgina tomonidan o’zgartirilgan S. N. Vinogradskiy usuli).
    Kerakli jihoz va reaktivlar: mikroskop, mikropipetka, tuproq, buyum oynalari, karbol kislotali eritrozin bo’yog’i, okulyar mikrometr.
    Nazariy tushuncha: Tuproq mikroflorasi. Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlarning soni million va milliardlar bilan ifodalanadi. Ba’zi olimlarning ma’lumotiga ko’ra, 1 g tuproq tarkibida 2,5-5 milliardgacha mikroorganizm bo’ladi. Bir gektar yerdagi mikroorganizmlarning umumiy vazni 3-5 t ga yetib qoladi.
    Tuproqning fizik va kimyoviy xossalari, unda oziq moddalarning ko’pligi, namlik va havoning yetarli darajada bo’lishi turli-tuman mikroorganizmlarning 14 rivojlanishi uchun juda qulay sharoit hisoblanadi. Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlarning soni va xili kun sayin ko ’payib hamda o’zgarib turadi. Ular odatda, inson, hayvon va o’simlik qoldiqlari hisobiga ko’payadi. Arktikada va issiq Sahara qumlarida ham minglab, millionlab uchraydi.
    S. Razumov va R. Remezovning ma’lumotiga ko’ra, tuproqning ustki qatlamida mikroorganizmlarning soni ko’p bo’lib, chuqurlashgan sari kamaya borar ekan. Tuproq qatlami chuqurlashgan sari mikroorganizmlarning soni kamaya borishiga ularning tuproq zarrachalari tomonidan yutilib ketishi sabab bo’ladi.
    Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlarning soni yil fasllariga qarab ham o’zgarib turadi. Ular tuproq strukturasini yaxshilashda, uni chirindiga boyitishda juda katta rol o’ynaydi. Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar juda xilma-xil bo’lganligidan ular birbiriga salbiy yoki ijobiy ta’sir ko’rsatadi, ya’ni bir-biri bilan simbioz holda yoki birbiriga antagonist bo’lib hayot kechiradi.
    Ishning borishi: Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar sonini aniqlash uchun 5 g tuproq olib, 250 ml hajmli kolbaga solinadi. Shu kolbaga 50 ml sterillangan suv qo’shib 5 minut chayqatgandan so’ng 1-2 minut tindiriladi. So’ng buyum oynasiga eni 1 sm va uzunligi 4 sm keladigan kvadrat chizib, unga yuqorida tayyorlangan eritmadan 0,01 ml olib bir tekisda yuqtiriladi. Bu mazok quritilgandan so’ng absolyut spirt eritmasi bilan yoki spirt lampa alangasida fiksatsiyalanib, karbol kislota (fenol) da eritilgan eritrozin bo’yog’i bilan bo’yaladi. 30 minutdan keyin bo’yoq yuvilib, preparat quritiladi va bir tomchi kedr moyi tomizib immersion ob’ektiv orqali mikroskopda kuzatiladi. Endi 1 g tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar sonini aniqlash uchun quyidagi ishlar bajariladi.
    1. Mikroskop orqali ko’ringan doiraning umumiy sathi aniqlanadi. Buning uchun okulyar mikrometr yordamida doira radiusi aniqlanib, tubanda ko ’rsatilgan formula asosida doiraning umumiy sathi topiladi:


    S = p r2


    Bunda, S-istalgan doira yuzasini:
    P-3,14 (3,14159) irrasion son-doira aylanasining doira diametriga bo’lgan nisbatini bildiradi;
    r2 -doira radiusini ifodalaydi.
    Masalan, doira radiusini 0,075 yoki 0,08 nm ga teng deb olib, yuqoridagi formula asosida doiraning umumiy sathi topiladi:
    S = p r 2; S = 3,14 x (0,08)2 = 3,14 x 0,0064 = 0,020094.
    Demak, mikroskopda ko ’ringan doiraning umumiy sathi 0,020094 yoki 0,02 mm2 ga teng deb olindi.
    1. Mikroskop doirasida ko’ringan mikroorganizmlar soni sanaladi. Bu ishni


    bajarish uchun ularning doira ichidagi soni aniqlanib daftarga yoziladi. So’ng stolchani harakatlantiradigan vintlar yordamida preparatni siljitib, uning boshqa joyida ko’ringan doira ichidagi mikroorganizmlar soni ham daftarga yozib qo’yiladi. Shunday tarzda, preparatni harakatlantirib, 50-100 doiradagi


    mikroorganizmlar soni aniqlangach, ularning o’rtacha soni topiladi. Faraz qilaylik, kuzatilgan 50 doira ichida 1500 dona mikroorganizm bo’lsa, bitta doira ichidagilarining o’rtacha soni: 1500: 50 = 30 dona bo ’ladi. Demak, olingan tajriba dalillariga asoslanib, bitta doira ichidagi mikroorganizmlar soni 30 dona deyish 15 mumkin.
    1. Yuqoridagi sonlarga asoslanib, tajriba o’tkazilayotgan buyum oynasining 4 sm yuzasiga yuqtirilgan yoki 0,01 g (ml) aralashma ichidagi mikroorganizmlarning umumiy sonini aniqlash uchun quyidagi tenglamadan foydalanamiz:


    0.02 mm2 - 30 bona bakteriya 4sm2 = 400 mm2 - x dona bakteriya x = 400 x 30 / 0,02 = 600 000 dona


    1 g tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar sonini aniqlash uchun tubandagi tenglamadan foydalanamiz (buning uchun 0,01 ml aralashmadagi tuproqning og’irligini 0,001 g ga teng deb olamiz): 0,001g - 600000 1 g - x x = 1 x 600 000 / 0,001 = 600 000 000 dona Demak, tekshirilgan tuproqning bir gramida 600000000 dona mikroorganizm borligi aniqlanadi.

    Download 116,58 Kb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




    Download 116,58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    TUPROQDAN GIDROLITIK FERMENTLAR SIZNTEZLOVCHI MIKROORGANIZMLARNI AJRATIB OLISH

    Download 116,58 Kb.