Laboratoriya mashg’ulotlarni laboratoriya xonasida




Download 116,58 Kb.
bet3/29
Sana01.12.2023
Hajmi116,58 Kb.
#109054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Kimyo texnologiya fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi-fayllar.org
3 sinf Matematika fanidan 1 chorak, TAQDIMOT Inklyuziv talim, Dasturlash.2020, 4-B TMJ Qalbaev Ruslan, O`SIMLI5K5NLA55RI. ME5V555A51, Tahlilningfizika-kimyoviyusullarioquvqollanmagrif (3), 1930992, 1931992, Eritmalar konsentratsiyasi va uni ifodalash usullari eritmalar k-fayllar.org, 052-20 gurux 4 variant YAKUNIY NAZORAT ISHI, 3-Mustaqil talim ., Diniy ekstremizim bayonnoma, Elektronikadan test javoblari, 2-mavzu ma’lumotlarni relyatsion boshqarishning asosiy vositala
Laboratoriya mashg’ulotlarni laboratoriya xonasida
o’tkazish tartibi
Talabalar darsning Laboratoriya mashg’ulotga tegishli nazariy qismini o’tkazganlaridan so’ng, shu bo’limga oid Laboratoriya mashg’ulotni bajaradilar. Laboratoriya mashg’ulotni bajarish uni o’tkazish uchun mo’ljallangan va kerakli asbob uskunalar bilan jihozlangan xonada o’tkaziladi.
Talabalar Laboratoriya mashg’ulotldarni 4-5 kishi bo’lib bajarishadi. Talabalar Laboratoriya mashg’ulotni bajarish tartibini mustaqil bilishlari kerak. Buning uchun ular mashg’ulotga oid materiallarni nazariy darsdan tegishli adabiyotlardan va maxsus metodik qo’llanmadan foydalanishlari kerak. Talabalar Laboratoriya mashg’ulot darslari uchun alohida daftar tutishlari kerak va shu daftarga metodik qo’llanmadan har bir Laboratoriya mashg’ ulotga oid materiallarni ishni bajarish jarayonida olingan natijalarni va hisoblashlarni ish daftariga yozib boradilar.
Laboratoriya mashg’ulotni bajarishga kirishishdan oldin o’qituvchi har bir talabadan shu mashg’ulotni bajarish tartibini va mashg’ulotga doir nazariy bilimlarni sinab ko ’radi va talaba tayyor bo’lsa o’qituvchi talabaga mashg’ulotni bajarishga ruxsat beradi. Talabalar mashg’ulotni bajarishga oid tegishli jihozlarni va materiallarni laborantdan oladilar.
Ishni bajarishga ruxsat olgan talabalar, ishni qo’llanmadan ko’rsatilgandek bajaradilar. Elektr toki va par bilan ishlaydigan qurilmalarda ishlash o’qituvchi yoki laborant ishtirokida olib boriladi.
Ishni bajarish jarayonida olingan natijalarni talabalar ish daftariga yozib boradilar va ular asosida mashg’ulot ishlarini yakuniy natijalarini aniqlaydilar.
Laboratoriyada ko’ngilsiz hodisa yuz bermasligi uchun talabalar tartib va intizomni saqlashlari zarur. Ular har bir jarayon uchun ish mazmunini tushunib olishlari va xavsizlik qoidalariga rioya qilishlari kerak.
Talabalar mashg’ulotini bajarib olingan o’lchash natijalarini o’qituvchi yoki laborantga ko’rsatadilar, o’qituvchi olingan natijalarni ma’qullangandan so’ng talabalar hisoblashlarni bajarib ishga doir xulosa yozadilar. Ishga oid hisoblashlarni bajarganlaridan so’ng talabalar sinov savollari bo’yicha yakuniy kallokvium topshiradilar. Kolokvium topshirganlaridan so’ng o’qituvchi talabani daftariga imzo qo’ yadi.
Kalokvium topshirmagan talaba navbatdagi mashg’ulotni bajarishga qo’yilmaydi. Mashg’ulotga kelmagan talaba, laborant bilan kelishgan holda laboratoriya xonasi bo’sh bo’ lgan vaqtda ishni bajaradi.

Download 116,58 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Download 116,58 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Laboratoriya mashg’ulotlarni laboratoriya xonasida

Download 116,58 Kb.