|
Non va non mahsulotlarining kasalliklari
|
bet | 77/80 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #262830 |
Bog'liq ООМ ва Б маърузаNon va non mahsulotlarining kasalliklari
Dondagi mikroorganizmlaming ko‘p qismi, don maydalangandan keyin ham qayta ishlangan mahsulotlar - un va yormalarda saqlanib qoladi. SHuning uchun donning qayta ishlangan mahsulotlari mikroflorasida ham don yuzasidagi mikroorganizmlar uchraydi.
Undagi ba’zi mikroorganizmlar, pishirilgan nonda ham saqlanadi va uning buzilishiga sabab bo‘ladi. Nonning turli buzilishlari orasida eng ko‘p tarqalgani bu kartoshka kasalligi (yoki cho‘ziluvchan buzilish), mel kasalligi, mog‘orlash, pigmentli dog‘lar hosil bo‘lishi.
Kartoshka kasalligi (yoki cho ‘ziluvchan buzilish). Bu kasallik non namiqqanda uning yuzasida ham, yoki uning ichki mag‘izida namlik va havo o‘tishi mumkin bo‘lgan joyda rivojlanadi. Uni ko‘pincha nonning mag‘izida ko‘payadigan, hozirgi klassifikatsiyaga ko‘ra bir turga kiradigan kartoshka (Bacillus mezentericus) va pichan (Bacillus subtilus) tayoqchasi bakteriyalari keltirib chiqaradi. Bu bakteriyalarning yuqori haroratga chidamli sporalarni hosil qilishi tufayli, non pishirilganda ular o‘lmaydi va nonning uzoq vaqt sovishi jarayonida, asosan yoz kunlari, bu sporalar o‘sib chiqadi. Kartoshka kasalligi bilan kasallangan nonda nohush meva hidi va yopishqoq konsistensiya kuzatiladi. Bunday non iste’mol uchun noloyiq va zudlik bilan uni eg‘ibolib, yoqish yoki ko‘mib tashash kerak.
Nondagi mel kasalligi. Mel kasalligini qo‘zg‘atuvchilari - achitqilar va achitqisimon mog‘orlar bo‘lib, ular non mahsulotlarining yuzasidan ichki qismiga o‘tadi. Bunday xollarda non va non mahsulotlarida kukun sifat oqish qo‘shimchalar hosil bo‘lib, mahsulotning ko‘rinishini buzadi, natijada hidi va mazasi ham nohush tomonga o‘zgaradi.
Non mahsulotlarida pigmentli dog‘lar hosil bo‘lishini, tayyor mahsulotga sifatsiz undan tushgan zamburug‘lar va bakteriyalar keltirib chiqaradi va asosan odam sog‘ligiga salbiy ta’sir qilmaydi. Bu kasallik turi nonning tovar ko‘rinishini buzadi. Bu kasallikga qarshi xuddi mog‘orlashga qarshi usullar qo‘llaniladi.
|
| |