• XULOSA
  • Kirish asosiy qism




    Download 149,96 Kb.
    bet13/15
    Sana17.05.2024
    Hajmi149,96 Kb.
    #240235
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti

    Мт
    Bu yerda:
    M -sex yoki uchaskaning qabul qilingan o’lchov birligidagi ishlab chiqarish quvvati;
    n - sex yoki uchastkadagi ilg’or uskunalar soni;
    Fmaks –bosh uskunadan foydalanish mumkin bo’lgan maksimal muddat, soat; Mt –bosh uskunada mahsulot tayyorlashning progressiv mehnat sig’imi,
    soat.
    Amaliyotda ishlab chiqarish quvvati va uskunalarning yuklanishini
    hisoblashda ba’zida xatolar, ular o’rtasidagi farqni sezmaslik hollari ham uchrab turadi. Korxona quvvati asosiy ishlab chiqarish fondlari, yangi texnika va aniqlangan zahiralardan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish mumkin bo’lgan maksimal darajani tavsiflaydi, uskunalarning yuklanishni hisoblash natijalari esa, ushbu quvvatlardan rejadagi davrda foydalanishning darajasini aniqlaydi.
    Demak, ular o’rtasidagi prinsipial farq shundaki, birinchi holatda korxona ishlab chiqarishi mumkin bo’lgan mahsulotlarning maksimal darajasi aniqlansa, ikkinchi holda mazkur davr mobaynida uskunalardan qanchalik foydalanilishi aniqlanadi.
    Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilash bilan bog’liq bo’lgan mazkur chora-tadbirlar, ko’pincha ishlab chiqarish quvvatlari balansini tuzish yo’li bilan amalga oshirilib, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari va ularni ta’minlash manbalariga bo’lgan ehtiyoji aniqlanadi.


    XULOSA


    Kurs ishi yuzasida o’tkazilgan tadqiqotlar yuzasida quyidagi
    xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

    1. Zamonaviy iqtisodiyot fani asosiy fondlarni ma’lum bir iste’mol qiymati ko’rinishida ijtimoiy mehnat asosida yaratiluvchi, ishlab chiqarishning moddiy- buyumlashgan material omillari qatoriga kiritadi. Hozirgi bozor sharoitlarida korxona kuchi va vositalari yordamida yaratilgan asosiy fondlar ishlab chiqarish quvvatlarini shakllantirish va ulardan foydalanishga faol ravishda ta’sir ko’rsatuvchi mulk hisoblanadi. Butun xalq xo’jaligi miqyosida asosiy fondlar mamlakatning milliy boyligini tashkil qiladi.

    2. Iqtisodiy maqsadlariga ko’ra, asosiy fondlar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlariga taqsimlanadi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari o’z mohiyatiga ko’ra, korxonaning ishlab chiqarish potensialini tashkil qilib, ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:

      • ishlab chiqarish binolari va inshoatlari;

      • uzatish qurilmalari;

      • quvvat mashinalari va uskunalari;

      • ishchi mashinalar va uskunalar;

      • transport vositalari;

      • o’lchov va tartibga solish asboblari va qurilmalari;

      • foydalanish muddati bir yildan kam bo’lmagan va qonunchilikda belgilab qo’yilgan qiymatlardagi asboblar va ishlab chiqarish inventari.

    1. Korxona asosiy fondlarining turlar bo’yicha tuzilmasi, ko’p jihatdan kapital qo’yilmalarning texnologik tuzilmasi orqali, jumladan, ularning yangi qurilish va qayta ta’mirlash, amaldagi ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta qurollantirish bilan avvaldan belgilab qo’yilgan bo’ladi. Asosiy fondlarning turlar bo’yicha tuzilmasiga ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentrasiya qilish darajasi ham katta ta’sir o’tkazadi. Yirik korxonalar, ishlab chiqarishni fondlar bilan ta’minlashda va fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan keng foydalanishda kichik va o’rta korxonalarga qaraganda ko’proq imkoniyatga ega. Biroq kichik

    korxonalar harakatchanroq, ularning boshqaruvi moslashuvchanroq bo’lib, natijada
    ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish osonroq kechadi.

    1. Fan-texnik taraqqiyoti natijasida asosiy fondlarni ishlab chiqarish shartlari va omillari ham o’zgarib bormoqda, binobarin, joriy bozor baholari va tariflari bilan bog’liq ravishda ularni ishlab chiqarish xarajatlari ham o’zgarib bormoqda. Hozirgi kunda asosiy fondlar joriy baholari va tariflariga birinchi darajali ta’sir qiluvchi omil bo’lib inflyasiya hisoblanadi.

    Korxona balansida asosiy fondlar vaqt o’tishi bilan turli xil qiymatda aks etib qoladi. Ya’ni, xo’jalik yuritishning hozirgi sharoitida asosiy fondlarni faqat ularning boshlang’ich qiymati bo’yicha haqiqiy baholab bo’lmaydi va shuning uchun ularni qayta baholash va bir xil qiymatga o’tkazish zarurati to’g’iladi.

    1. “Samgeoltexservis” Mgjning “Samgeoltexservis” OAJning to’liq huquqiy vorisi hisoblanadi. Korxona o’z majburiyatlari bo’yicha javob beradi. Korxona manzili O’zbekiston. Respublikasi Samarqand viloyat Samarqand shaxar geofiziklar qo’rg’oni.Korxona o’z ishtirokgilarining yoki O’zbekiston. Respublikasining majburiyatlari yuzasidan javobgar bo’lmaydi. Korxona mustaqil xo’jalik yurituvchi subyekt sifatida taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishda tegishli huquq va majburiyatlariga ega.

    2. “Samgeoltexservis”mchj ustav foizi 16.01.2010 yildagi umumiy yig’ilishi tomonidan tasdiqlangan topshirish qabul qilish dalolatnomasi asosida berilgan. Korxona ustav foida uning ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatidan iborat va korxona faoliyatini amalga oshirish uchun 266128000 ming so’mni tashkil etadi. Pul qimmatli qog’ozlar, o’zga ashyolar yoki mulkiy huquqlar, yoxud pul bahosiga ega bo’lgan boshqa shaxsga o’tkaziladigan boshqa huquqlar korxonaning ustav foidaga qo’shiladigan hissalari bo’lishi mumkin. Korxonaning ishtirokchilari tomonidan korxonaning ustav foidaga qo’shiladigan pulsiz hissalarinig pul bahosi korxona ishtirokchilari umumiy yig’ilishining barga ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilnadigan qarori bilan tasdiqlanadi. Korxonani qayta tashkil etish korxona ishtirokchilari umumiy yig’ilishinig qarori binoan amalga oshirildi.

    3. Korxonada faoliyatni rivojlantirish uchun asosiy vositalar yetarli darajada bo’lishi lozim. Asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik ko’rsatkichlarni tahlil qilganda, korxona xodimlarining asosiy vositalarining faol qismi bilan qanday ta’minlanganligiga katta ahamiyatga ega. Chunki ishchilar qanchalik mehnat qurollari bilan yaxshi va to’liq ta’minlangan bo’lsa, shuncha mehnat unumdorligi yuqori bo’ladi.

    Download 149,96 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 149,96 Kb.