Latov, P. Zohidov, d nosirova, M. Miryusupova, sh. Nurmuhamedova arxitekturaviy kompozitsiya asoslari




Download 1.57 Mb.
bet8/28
Sana05.04.2022
Hajmi1.57 Mb.
#19319
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
Bog'liq
X
Снимок экрана 2023—05—28 в 20.38.55, 5-mavzu. Funksiyalar, 4-mavzu. Takrorlanish operatorlari, Takomillashgan ilk qadam-fayllar.org, BUYUK BRITANIYA QIROLICHA VIKTORYA DAVRIDA, epilipsiya bosh miya, Doc1
Modul o‘tmish va hozirgi me’morlikda keng qo’llaniladigan o'lchov birligidir. Modul orqali qadimgi dunyo arxitekturasida me’mor bino qism- larining o‘zaro mutanosiblik garmoniyasini ta’minlagan. Qadimgi davrlarda yagona o’lchov hali ta’sis etilmagani uchun ham ko'pincha har bir me’mor o‘z shaxsiy o'lchovi (tirsak, quloch, qarich kabi) bilan bino bunyod qil- gan. Shuning uchun ham qadimgi davr arxitekturasida ikkita bir xil uzun- likdagi modul uchramaydi. O'rta Osiyo arxitekturasida modul sifatida gaz, nim (yarim) gaz, qarich (qari) qo'llanilganini kuzatish mumkin.
Qadimgi Yunon afsonalaridan ma’lumki, go'zallik ma’budasi qizining ismi Garmoniya bo'lgan. Hozirda esa “Garmoniya” so'zi tub ma’nosi bilan go'zallik ramzi sifatida turli fan va sohalar lug'atiga singib ketgan. Asrlar o'tishi bilan bu ibora ismi jismiga monand, hamohang, shaklu shamoyili
19
mutanosib, uyg'un, mukammal, har jihatdan barkamol degan ma’nolarni anglatadi. Ayniqsa, arxitektura, tasviriy san’at va musiqa asarlariga nisbatan garmoniya iborasi keng qo'llaniladi. Chunki garmoniya badiiy asarning asl mohiyatini go‘zallik qonuniyati asosida namoyon etadi.
Arxitekturada shakllar garmoniyasi bilan bevosita aloqasi bo'lgan aso­siy tushuncha — atamalar quyida keltiriladi.
Arxitektonika — aslida me’mor-binokorlik san’atini bildirgan. Hozirgi vaqtda ko'proq bino konstruktiv tuzilishi bilan uzviy bogMiq shakliy va badiiy vositalar majmui (tartibi) nazarda tutiladi.
Proporsiya — nisbat, mutanosiblik. Arxitekturada o'zaro bog'liq shakliy qismlar o'lchamlarining monand nisbatda bog'lanishi; me’moriy mujas- sam topgan qismiaming xushro'y ko'rinishi. Matematikada ko'proq ikki nisbat tengligi a:b=s:d nazarda tutiladi.
Oltin nisbat, oltin kesim (ruscha - золотое сечение) - arxitekturada noyob nisbatlash tizimi: bino tarkibidagi qismlar o'zaro ko'rkam nisbatda bo'lishi uchun qadimgi arxitekturada uzunlikni shunday uzun-qisqa ikki bo'lakka ajratilgan, natijada AB:BS—BS:AS ga teng bo'ladi (a:b=b:s), ya’ni tashqi hadlar ko'paytmasi ichki hadlar ko'paytmasiga baravar (as^b2).
Oltin nisbat zamonaviy texnikada, xususan, poligrafiyada keng qo'llaniladi. Arxitektorlar ishlatadigan vatman qog'ozi ham oltin nisbatda belgilangan. Oltin nisbat ajoyib xossalarga ega:
4>=г=(^5+3):2=2,618... va h.k. Yoki yana boshqa xossasi: ф(ф-1)=1; ф2-ф=1; ф-1 :ф= 1; 1:ф2+1:ф=1.
Matematikada shunga o'xshash ajoyib xususiyat va xossalarga ega nisbat topilmaydi. Shuning uchun ham qadimgi zamonlardayoq me’morlar “ol­tin nisbat” imkoniyatlaridan badiiy ijodda foydalanganlar (1; 0,618; 0,382; 0,236; 0,146; 0,090; 0,056 va h.k.).
Me’morlikning ilk rivojlanish davridan boshlab qurilish maydonchasi- da mo'ljaldagi binoning tarhi - shaklini yasash uchun, asosan, oddiy reja ipidan foydalanilgan. Reja tori va qoziqlar yordamida tekis yer sathiga juda murakkab shakllar tushirish mumkin. Bu ikki yordamchi ashyo-asbob xuddi me’mor qo'lidagi pargor va chizg'ich vazifasini o'tagan. Demak, qadimgi me’moriy obidalarning shakliy tuzilishi xususiyatlarini va o'zaro mutanosib uyg'unligi tartibini ham oddiy pargor va chizg'ich imkoniyatlaridan kelti- rib chiqarish mumkin.
Ma’lum bo'lishicha, bino shakllarining muntazamligini va mutanosib- ligini monand belgilashda eng qulay usul - «dinamik kvadrat»lar deb atal- gan o'zaro bog'liq kvadratlar asosida tortiladigan chiziqlar to'ri hal etuv- chi ahamiyat kasb etar ekan. Ushbu to'rdan foydalanib, uning ustiga
20
mo'ljaldagi binoning tarhi chizilarkan. Shu tarh o'lchamlariga bog'Iiq ravishda yana to‘r ustidan binoning fasad - tarz chizmalari ham tushirilar ekan. Shunday usui asosida qadimgi Misr, Yunonistondan to Movarounnahrgacha bo'lgan me’moriy yodgorliklaming shaklu-shamoiylini tahlil etsa bo'larkan.
Ulgitarh to'g'risidagi ma’lumotlar nihoyatda muhimdir. AB=1; AJB,=V2; A2B2= 1/2 va h.k. qatomi olsak, undan ko'rinib turibdiki, ratsional son (1; 1/2; 1/4; 1/8) bilan irratsional son (V2; V2/2; V2/4; V2/ 8) almashib keladi. Shu asosda qurilgan bino faqat ratsional modul to'riga tushishi mumkin emas.
Misrdagi Xefren (Xafra) ehromi (miloddan avvalgi 27-asr) haqida tadqiqotlar juda ko‘p bo‘lsa-da, lekin hozirgacha uning shakl tuzilishi qo- nuniyati haqida aniq ma’lumotlar topilmagan, taxminlar esa yagona xuiosaga kelmagan. Ayniqsa, ehromning uchidagi burchagi, qirralar qiyaligi qan­day belgilangan? Inshoot ichkarisidagi xonalar o'lchami, yo'laklar qiyali­gi qanday topilgan? Shu kabi savollarga faqat ulgitarh tizimi orqali ishonchli javoblar topishga muyassarbo'ldik. Xefren ehromi loyihasini chizish jarayoni quyidagicha bo'lgan (9-rasmga qarang). Me’mor dastawal ABSD kvadrati- ni chizgan. Bu ehrom yasashning tashqi tayanch nuqtalarini (A, B, S, D) beradi. Ichkaridagi ikkinchi kvadrat AjB^D, esa ehromning plani - tarhini tashkil etgan. Asosiy kvadrat ichidagi doiraning yettidan bir qismi orqali o'tkazilgan MO chizig'i ehrom sathi qiyaligini belgilagan. Ehromdagi yor- damchi chiziqlar kesishishi natijasida burchaklar hosil bo'lgan. Misrda 7 va 5 raqamlari “muqaddas” hisoblangan. Shuning uchun ehromlar tarhida doirani 5 yoki 7 ga bo'lish holati kuzatilgan.
Movarounnahr me’moriy merosida ham ulgitarh keng qo'Ilanilgan. Qadimgi me’moriy qonuniyat ta’siri bo'lgan namunalarni O'rta Osiyo arxitekturasida miloddan avvalgi XVII asrlardayoq (Sopolitepada) uchra- tish mumkin. Qadimgi Xorazm, So'g'diyona, Baqtriya va Farg'ona tuproq- larida saqlanib qolgan turli xil imorat va inshootlarda me’morlar an’anaviy geometrik uyg'unlashtirish -dinamik kvadratlar to'ri bilan bog'Iiq usullar- dan keng foydalanishgani oshkor bo'lmoqda.
Samarqand va BuxorodaX-XVIl asrlarda qurilgan nodir osor-atiqalar - Somoniylar maqbarasi, Masjidi Kalon, Jome’ masjidi, Go'ri Amir maj- muyi, Ulug'bek madrasasi, Shohizinda maqbaralari - bularning hammasi geometrik tarkib va uyg'unlik jihatidan o'sha qadimgi “Ulgitarh” usulidan katta mahorat bilan foydalanilganidan dalolat beradi.
Me’moriy “Ulgitarh” tizimini hozirgi arxitektura va san’at asarlari yara- tishga keng tatbiq etish mumkin.
21
Nisbatlar btfyicha klauzura va vazifalar

  1. klauzura. OLTIN NISBAT

Qog'oz parchasini buklash vositasida uch juft oltin nisbatlar chiqarila- di. Klauzurada faqat pargar va chizg‘ichdan foydalaniladi. Uchburchak yoki transportir qo'llanilmaydi.

  1. kIauzura. OLTIN NISBATLAR KETMA-KETLIGI

Oltin nisbatdagi qog'oz (kitob, gazeta, vatmann qog'ozi) misolida besh oltin nisbatlar ketma-ketligidan katta aniqlikda (millimetrning yuzdan biri darajasida) foydalanishga ruxsat etiladi.

  1. vazifa. OLTIN NISBATNI ME’MORLIKDA QO‘LLASH

Oltin nisbatdan foydalanib ixtiyoriy ravishda tarh, tarz va peshtoqning umumiy o'lchamlari aniqlanib chiziladi.

  1. vazifa. ULGITARHNI ME’MORLIKDA QO’LLASH

Dinamik kvadratlar to'ridan iborat ulgitarhdan foydalanib, kvadrat va muntazam sakkiz qirrali bino rejasi tarhi chiziladi.
Savollar


  1. Download 1.57 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Download 1.57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Latov, P. Zohidov, d nosirova, M. Miryusupova, sh. Nurmuhamedova arxitekturaviy kompozitsiya asoslari

Download 1.57 Mb.