Latov, P. Zohidov, d nosirova, M. Miryusupova, sh. Nurmuhamedova arxitekturaviy kompozitsiya asoslari




Download 1.57 Mb.
bet6/28
Sana05.04.2022
Hajmi1.57 Mb.
#19319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
X
Снимок экрана 2023—05—28 в 20.38.55, 5-mavzu. Funksiyalar, 4-mavzu. Takrorlanish operatorlari, Takomillashgan ilk qadam-fayllar.org, BUYUK BRITANIYA QIROLICHA VIKTORYA DAVRIDA, epilipsiya bosh miya, Doc1
Yuza bo‘yicha klauzura va vazifalar
Mavzuga tegishli mashqlar yordamida tekislikning mavhum geometrik tushunchasidan moddiy va badiiy ma’nolarga ega bo'lgan tushunchasiga o'tiladi. Tekislik qalinlik bilan bog'liq ekanligini anglanadi. Oldingi mavzuda inkor etilgan qalinlik badiiy qiymatga ega ekanligi ko‘rsatiladi.

  1. klauzura. YUZANING PLASTINA VA HAJM BILAN BOG‘LIQLIGI

Klauzurada ikki yoki undan ko'proq yuzalar kompozitsion jihatdan bog'lanadi. Plastinadan (qalinligi kichik) hajmga (qalinligi yetarli yoki katta) o‘tish holatida kompozitsiya tuzilishi lozim. Qalinligi o'sib borayot- gan plastinalar qatori chizilib, tomoshabin e’tibori bir tekislikdan yon tomonlaiga o‘tkazilgan holatdagi maket yasaladi. Yuzalar o'zaro uyg'unlik munosabatida bo'lishi zarur. Klauzurada penoplast, ganch kabi ashyolar- dan foydalanish tavsiya etiladi.

  1. klauzura. BIR YUZADAGI RELYEFLI KOMPOZITSIYA

Klauzurada plastina yuzasi ifoda etiladi. Yuzaga faqat birtomondan ishlov beriladi. Amaliyotda ko‘proq plastilin ishlatiladi, 7,5 x 10,5 sm o'lchamli karton yuzasiga plastilin bilan ishlov beriladi. Relyef xususiyati yuzadan tashqarida davom ettirishni taqozo etmaydigan, o‘z chegaralarida tugal bo‘lishi kerak. Klauzurada ganch, penoplast, yog'och, po‘kak kabi ashyo- lardan ham foydalanish mumkin.
15

Klauzurada hajm yuzalari ifoda etiladi. Oldingi, 2-klauzuradan farqli o'laroq, bu klauzurada relyef bir yuzani emas, balki bir necha (2 — 3) yuzalarni ifoda etishi lozim. Relyef bir yuzadan o‘tib boshqa yuzalarda ham davom ettirilishi kerak. Relyefli yuzalar chekkalarida tugallangan bo‘lmog‘i lozim. Aylanma shakllar, masalan, kub yon tomonlaridan tugallikni taqo- zo etinaydi. Kompozitsiyada hajmning barcha yuzalari qatnashadi. hajmni tomoshabin har tarafdan idrok etishi mumkin.

  1. klauzura. FAKTURALI YUZA KOMPOZITSIYASI

lshda faktura plastina yoki hajm yuzalarida bajariladi. Yuzaga badiiy ishlov berishda relyefdan emas, balki fakturadan foydalaniladi. Bu mashqda ishlov relyeflik holatidan faktura holatiga o'tish chegarasini anglash, hisetish mu- himdir. Klauzurani bajarishda qo'shimcha shartlar ham qo'yilishi mumkin. Masalan, klauzura nomini «Bir rangli fakturali yuza kompozitsiyasi» yoki «Bir necha rangli fakturali yuza kompozitsiyasi» deb atash ham mumkin.

  1. klauzura. RANGLI YUZA KOMPOZITSIYASI

Yuza plastina yoki hajm tomonlarida ifoda etiladi. Klauzurada rang qoMlanilishi shart. Uning relyefli yoki fakturali boMishi ixtiyoriydir.

  1. klauzura. ASHYONI IFODALOVCHI KOMPOZITSIYA

Qurilish ashyolari plastikalarda ifodalanadi. Klauzurani ikki xil variant- da bajarish mumkin. Birinchi variantda 12 va undan ko‘p ashyo alohida — alohida tarqoq holatda, to‘g‘ri to‘rtburchaklarshaklida qatnashadi. Ikkin- chi variantda 6 va undan ko‘p ashyolardan tashkil topgan yaxlit kompozitsiya — maket (devor, ochiq joy, kichik hajm) tuziladi. Qurilish ashyolari: g‘isht, tosh, paxsa, oyna, temir, beton va boshqalar u yoki bu usulda ifodalanadi. Aynan o'zini ishlatish taqiqlanadi. Bu ish quyidagi yo'llar bilan amalga oshirilishi mumkin:
- monandini topish yo'li bilan; masalan, oyna o'rnida - sellofan, xitoy qog'ozidan foydalanish;

  • ishlov berish yo‘li bilan; masalan, betonni ifodalash uchun peno- plast olib bo'yaladi;

  • boshqa usullar qo'llash yoMi bilan; masalan, yelimga yashil biror narsa kukunini sepish orqali maysani yoki rang qatlamida chiziqlar chizish orqali g'ishtin devorni ifodalash mumkin.

16

  1. vazifa. YUZADAGI OQ-QORA KOMPOZITSIYA

Kompozitsiyaning asosiy vositalari sifatida relyef va faktura olinadi. Plas- tinada ham, hajmda ham bajarilishi mumkin.

  1. vazifa. YUZADAGI RANGLI KOMPOZITSIYA

Bu vazifada ham 1-vazifadagi kabi kompozitsiyaning asosiy vositalari sifatida relyef va faktura olinadi. Kompozitsiya plastinada ham, hajmda ham tuzilishi mumkin.

  1. vazifa. TURLI ASHYOLARDAN TUZILGAN YUZADAGI KOMPOZITSIYA

Asos sifatida olingan plastina yuzasiga bir necha turli ashyolar (qum, tariq, mato va h.k.) qadash, yopishtirish, plastinaga ishlov berish orqali kompozitsiya tuziladi.
Savollar


  1. Download 1.57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Download 1.57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Latov, P. Zohidov, d nosirova, M. Miryusupova, sh. Nurmuhamedova arxitekturaviy kompozitsiya asoslari

Download 1.57 Mb.