• Tekislik bo‘yicha rasmlar
  • mavzu. YUZADAGI KOMPOZITSIYA
  • Latov, P. Zohidov, d nosirova, M. Miryusupova, sh. Nurmuhamedova arxitekturaviy kompozitsiya asoslari




    Download 1.57 Mb.
    bet5/28
    Sana05.04.2022
    Hajmi1.57 Mb.
    #19319
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
    Bog'liq
    X
    Снимок экрана 2023—05—28 в 20.38.55, 5-mavzu. Funksiyalar, 4-mavzu. Takrorlanish operatorlari, Takomillashgan ilk qadam-fayllar.org, BUYUK BRITANIYA QIROLICHA VIKTORYA DAVRIDA, epilipsiya bosh miya, Doc1
    vazi/a. FONNI “MUSTAHKAMLOVCHI”

    OQ-QORA KOMPOZITSIYA
    Vazifani bajarishda to‘g‘ri to'rtburchaklardan foydalaniladi. Oq-qora rang- larda ishlanadi. O'tkir burchak o'z cho'qqisida fonni “o'yib” yuborayotgan- day tuyulishini nazarda tutib, shakllar joylashuvida bunday burchak paydo bo'lib qolmasligi chorasini ko'rish kerak. Bunga to'g'ri to'rtburchaklar tomonlarini fonning chetlariga nisbatan parallel olish orqali erishiladi (4- rasm).

    1. vazifa. FONNI “BUZUVCHI” RANGLI KOMPOZITSIYA

    Vazifani bajarishda harqanday to'g'ri to'rtburchak, uchburchak, doira va boshqa shakllardan foydalaniladi. Kompozitsiya joylashgan tekislik tan- langan ranglar idrok etilishi natijasida notekis, ba’zi bo laklari yaqin, ba’zilari uzoqroqday tuyulishi lozim.
    11

    1. Kompozitsiyada eng oddiy unsur nima?

    2. Geometrik nuqtayi nazardan olinganda tekislik qanday hosil boiadi?

    3. Tekislikning tomoshabinga nisbatan olinganda uning qismlari qanday holatlarda bo'ladi?

    4. Tekislikning xossalari nimalardan iborat?

    5. Geometrik va kompozitsion markazlarning bir-birlaridan farqlari bormi?

    6. Tekislikni qanday burchaklar “mustahkamlaydi” va qandaylari “buzadi”?

    7. Tekislik bilan rangning munosabatlari haqida gapirib bering.

    Tekislik bo‘yicha rasmlar

    





    1. 

      

      

      1. rasm. Dinamik holatdagi chiziqli kompozitsiyalar. 12
      rasm. Statik holatdagi chiziqli kompozitsiyalar.


    




    1. mavzu. YUZADAGI KOMPOZITSIYA

    Ma’ruza rejasi. Yuzaning tekislikdan farqi. Yuzaning plastina va hajm bilan bog'liqligi. “Yupqa” va “qalin” tushunchalari. Yuzadagi kontrast va nyuans. Yuza­ning badiiy xossalari. Ashyo ahamiyati. Yuza va rang munosabati. “Silliq” va “g'adir- budur” tushunchalari. Relyef va uning turlari: kontrrelyef, barelyef, gorelyef, “qirq- ma” relyef.
    Ma’ruza. Tekislik biror hajmning qalinligi nazarga olinmagan holatidir. Vaholanki, tekislik uning ortidagi qalinlik bilangina jismonan mavjud bo'la oladi. Qalinligi bilan bogiiq holatdagi tekislik yuzani tashkil qiladi. Agar jism qalinligi tekisligiga nisbatan kichik bo'lsa uni taxta (plastina) deyiladi. Taxta qalinligi tekislik o'lchamlariga nisbatan solishtirishga arzugulik katta bo‘lsa, hajm hosil bo'ladi. Yuzaning xususiyati ko‘p jihatdan uning ash- yosi. rangi, fakturasi, relyefi bilan belgilanadi.
    Har bir yuzani tashkil qiluvchi muayyan ashyo boshqa ashyolardan farqlanadigan jihatlariga ega. Kompozitsiyada har bir ashyoningjihatlarini ochib berish, ularni badiiy jihatdan namoyish qilish zarurdir. Masalan, yog'ochning teksturasini (tolalarining joylashuvini) ko'rsatish orqali uning asosiy badiiy jihati namoyish etilgan bo'ladi.
    Ashyoning fakturasi (silliqligi, g'adir-budurligi) ham yuzani ifoda etishda katta rol o'ynaydi. Faktura, sath nur manbayidan turlicha yoritilishi sababli yuza har xil bo'lib ko'rinadi. Yuzani ifodalashda yana relyef ham muhim ahamiyatga ega. Yirik botiqliklar va bo'rtiqlar relyefni hosil qiladi. Agar fakturada botiqlik - bo'rtiqlik ko'zga ilg'anmas darajada bo'lsa, relyefda u nisbatan katta o'lchamlarda namoyon bo'ladi. Umumiy tekislikka qiyos qilib olingan botiqlik kontrrelyefni, bo'rtiqlik relyefni tashkil qiladi. Umumiy tekislikdan bo'rtiq hajm oz miqdorda ko'tarilgan bo'lsa - barelyef ko'p miqdorda ko'tarilgan bo'lsa - gore/ye/deyiladi.
    Botiqlik cheksiz bo'lishi ham mukin. Bunday holda tirqish hosil bo'ladi Yuzalar bir-biridan ajralib qoladi. Relyefning mazkur turi “qirqma” relyef deb ataladi. Qirqma relyefda tirqish kichikroq bo'lib, yuzalik xususiyat saq- langan bo'ladi. Agar tirqish katta bo'lsa, yuzalik xususiyat yo'qoladi.
    Relyefning asosiy xususiyatlaridan yana biri uning plastikasidir. Relyef­da ham nyuans va kontrastlik kabi xususiyatlar yuza badiiy jihatini belgilash- da muhim omil sanaladi.
    14
    Relyefning tez-tez uchrab turadigan turi tariqasida o'yma relyefni kcl- tirishimiz mumkin (tekislik plastikasi kesilgan holat). Bu vaziyatda siluet paydo bo'lish qonuni kuchga kiradi.
    Relyefda o'zgarish moyilligi mavjud: massa ko'paytirilishi (qo'shimcha ravishda yopishtirilishi) va kamaytirilishi (qirqib olinishi) mumkin. Relyef fazo bitan bog‘langan, chunki undan muayyan hajm kelib chiqadi.
    Relyef tomoshabinning harakati va vaqt o'tishi mobaynida o'zgarib idrok etiladi. Bu relyefning katta imkoniyatlarini tashkil etadi. Relyef monoxrom (oq-qora) va polixrom (rangli) bo'lishi mumkin (o'ymakor ganch va yog'och taxtalarini qiyoslang). Agarashyo xususiyatlari to‘g‘ri topilsa, u o‘ziga xos tilda “gapira” boshlaydi. Chertib olingan va o'zaro mos ravishda uyg'un- lashtirilgan ashyo va shakl sifatlari ta’sirchan plastik asar yaratishga yordam beradi. Jahon me’morligida relyef mohirona qoMlanilgan misollar (jamoat va turar uylarning ustun va devorlaridagi o'ymakorliklar) ko'p uchraydi.

    Download 1.57 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 1.57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Latov, P. Zohidov, d nosirova, M. Miryusupova, sh. Nurmuhamedova arxitekturaviy kompozitsiya asoslari

    Download 1.57 Mb.