• Relyef’ nimalardan tashkil bo’ladi Uning qanday turlari bor
  • Yuzaning tekislikdan farqi nimada namoyon bo’ladi?




    Download 1.57 Mb.
    bet7/28
    Sana05.04.2022
    Hajmi1.57 Mb.
    #19319
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
    Bog'liq
    X
    Снимок экрана 2023—05—28 в 20.38.55, 5-mavzu. Funksiyalar, 4-mavzu. Takrorlanish operatorlari, Takomillashgan ilk qadam-fayllar.org, BUYUK BRITANIYA QIROLICHA VIKTORYA DAVRIDA, epilipsiya bosh miya, Doc1
    Yuzaning tekislikdan farqi nimada namoyon bo’ladi?

  • Plastina nima?

  • Yuzaning xususiyati nimalar bilan belgilanadi?

  • Qurilish ashyolarining badiiy jihatlari to’g’risida gapirib bering.

  • Faktura”ni qanday tushunasiz?

  • Relyef’ nimalardan tashkil bo’ladi? Uning qanday turlari bor?


    




    1. mavzu. MASSHTAB УА NISBAT

    Ma’ruza rejasi. Masshtab va masshtablik, o’lchagich, gaz, gazcho’p, mo- dul tushunchalari. Uyg'unlik (garmoniya), nisbat (proporsiya), oltin nisbat.
    Ulgitarh (dinamik kvadrat). Uning qo’llanishi misollari. Xefren piramidasi. Mo- varounnahr me’moriy merosi.
    Ma’ruza. Masshtab o’lchovni tartibga solish uchun qabul qilingan ikki narsa orasidagi nisbat me’yoridir. Loyiha bilan bino tabiiy kelbatining nis- bati; loyiha qurilajak binoning necha marta kichkaytirib chizilganligini ko’rsatadi. Masalan, 1:50, 1:100, 1:200, 1:500 kabi. Bundan tashqari, masshtablilik atamasi mavjud bo’lib, arxitekturada bino haybatini badiiy sifatlash uchun ham ishlatiladi. Ko’pincha, bu o’rinda ulkan bino masshta- bi odam jussasiga nisbat tarzida qiyoslanadi. 0‘zbek arxitektura me’rosida masshtabni belgilovchi muqoyasa tarzida mayda g’ishtlar qatori ko'zga tashla- nadi. Somoniylar maqbarasida (X asr), Ulug’minorda (1127- yil) mayda g‘ishtlar tufayli mahobatlilik hosil bo’ladi.
    O'lchagich (ruscha - мерило) me’morlikda katta ahamiyatga ega bo’lgan. Inson o’zi uchun boshpana qura boshlagan ibtidoiy davrlardayoq o’lchash zarurati paydo bo’lgan. O’lchovlaming eng qadimgisi odam jussasi, qaddi - qomati bilan bog’liq holda belgilangan. Fanda antropometriya (antropos - odam) bu sohani o’rganadi. Quloch, tirsak, qarich, barmoq (elik), musht- tutam, qadam kabi o’lchov birliklarini har bir odam, har bir me’mor o’z tana a’zolariga nisbatan belgilagan. Shuning uchun ham qadimgi bino- lardan yagona o’lchov birligini topish qiyin.
    O’rta Osiyo tarixiga oid manbalarda o’lchov birligi sifatida ko’pincha zir’a, gaz, arshin kabi nomlarni uchratamiz. Olimlar bu o’lchovlarni 45 sm dan 120 sm gacha bo’lganligini taxmin etishadi. AmirTemurning (1336­1405) maxsus farmonida Ahmad Yassaviy maqbara - xonaqohi jamoatxo- nasining chorsi asosi 30 gaz qilib belgilangan. Demak, 1 gaz o’sha davrda 60,6 sm ga teng ekan. Qadimgi qo’lyozma manbalarda “Shoh gazi”, “Qisqa gaz”—“Muqassar gaz”, “Temir gaz” nomlari uchraydi.
    Zahiriddin Bobur o’g’liga nasihat tarzida yozgan “Mubayyin” asarida o’z davridagi masofa o’lchoviga doir ma’lumotlarni keltirgan:
    “To’rt mingdur qadam bir mil,
    Bir kuruh oni Hind eli der bil.
    18
    Dedilar bir yarim, qari bir qadam,
    Har qari bilki, bordur olti tutam.
    Har tutam to‘rt elik, yana har elik Olti jav arzi bo'Idi bil bu bilik”.
    Boshqacha aytganda: 1 mil =1 kuruh - 4 ming qadam;
    1 qadam = 1,5 qari (qarich);
    1 qari = 6 tutam = 24 elik = 146 jav (arpa).
    Bobur Hindistonda ta’sis etgan o‘lchov birliklari o‘sha davrda 0‘rta Osiyo hududlarida mavjud bo'lgan o‘lchov an’analaridan deyarli farq qil- maydi, balki o‘7,aro uzviy bog‘liqligi sezilib turadi. Atamalar aksariyati turkiycha (qadam, qari, tutam, elik-ilik kabi). Bobur Samarqanddagi Amir Teniurning Jome’ masjidini ta’riflaganda, masjid bosh xonaqohi peshtog'i kitobasidagi qur’oniy so'zlarni “andoq ulug' xat bila bitibturlarkim, bir kuruh yovuq erdin o‘qusa bo‘lur” (Boburnoma, 1950, 105-bet), degan. Demak, o'sha bitiklarni 4 ming qadam (taxminan 2,5-3,0 km) naridan o'qish mumkin ekan (hozirgi kitoba ta’miri noto‘g‘ri boMgani uchun uni hatto hovli ichkarisidan ham o‘qish qiyin).
    Buxoro me’morlarining XVI asrga oid saqlanib qolgan turli bino loyi- halaridan (madrasa, masjid kabi) ma’lum bo‘!ishicha, dastlab bino tarhi mayda birxil katakchalardan iborat sathga chizilgan. Shu usul orqali me’mor o‘z mo'fjalidagi binoning shaklu shamoyili ko‘lamini o‘zi istaganidek bel- gilash imkoniyatiga ega bo‘lgan. Mayda kataklar orqali bo‘lajak bino uchun zarur qurilish ashyosi (asosan chorsi g‘isht va ganchxok) sanog'i aniqlan- gan.
    O'zbek me’morlari orasida gaz o'lchovi keng qo‘l!anilgan. Oddiy o'lchov tayoqchasi (chizg'ich—gazcho'p) me’morning doimiy hamrohi bo'lgan. Matolarni o'lchashda gazcho'p qo'llanilgani uchun ham gazlama atamasi hozirgacha saqlanib qolgan.

    Download 1.57 Mb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




    Download 1.57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yuzaning tekislikdan farqi nimada namoyon bo’ladi?

    Download 1.57 Mb.