152
biridan 0,1 mm masofada joylashgan bo‘ladi va bu masofa
ruxsat etilgan masofa
deb nomlanadi.
Linza (lupa) lardan foydalanish amalda 20 – 25
marta kattalashtirish
imkonini beradi va buning oqibatida ruxsat etilgan masofa kichrayadi.
Ruxsat
etilgan masofaga teskari kattalikni
ajrata olish qobiliyati
deb ataladi.
Yorug‘lik mikroskopining ishlash prinsipini qisqacha ko‘rib chiqamiz. 6.7
а
– rasmda yorug‘lik mikroskopining prinsipial optik sxemasi keltirilgan. Yorug‘lik
manbaidan yorug‘lik dastasi (1) kondensorlangan linza (kondensor) 2 ga
yo‘naltiriladi, bu linza dastani konsentrlab obyekt (3) tomon yuboradi. Bu
obyektning turli elementlari turli xil yutish qobiliyatiga ega. Demak yorug‘lik
dastasi obyektning turli qismlaridan o‘tishi natijasida
uning intensivligi yoki
spektral tarkibi har xil bo‘ladi.
6.7 – rasm. Yoritiladigan mikroskoplar optik sistemasining prinsipial sxemasi: a –
yorug‘lik mikroskopi; b – magnit linzali elektron mikroskopi; v – elektrostatik
linzali elektron mikroskopi.
Keyingi linza – obyektivli (obyektiv) 4 linza obyektning (5)
oraliq
kattalashtirilgan tasvirini hosil qiladi. Bu tasvir proyeksion linza (okulyar – 6)
uchun obyekt vazifasini bajaradi. Okulyar oraliq tasvirning
kattalashtirilgan
ko‘rinishini, ya’ni yakuniy tasvirni (7) shakllantiradi. Ko‘rinib turganidek berilgan
xolatda haqiqiy tasvir yuzaga keladi va uni fotoplastinka yoki kinoplyonkaga yozib
153
qo‘yish mumkin. Tasvirni bevosita kuzatish (odam ko‘zi yordamida) lozim bo‘lgan
hollarda yorug‘lik nurlarining harakat trayektoriyalari boshqacha bo‘lishi lozim,
chunki mikroskop yana bir optik asbob – odam ko‘zining
setchatkasida yakuniy
haqiqiy tasvirni hosil qiladi.
Mikroskop beradigan to‘liq kattalashtirish obyektiv kattalashtirishi (100 –
110 dan katta emas) va okulyar kattalashtirishlarining (15 – 16) ko‘paytmasiga
teng, ya’ni kattalashtirishning qiymati 1600 – 1700 bo‘lishi mumkin.
Albatta
linzalarning optik kuchini kattalashtirib yoki qo‘shimcha linza qo‘shib
kattalashtirish qiymatini oshirish mumkin.
Biroq bu amalda foydasizdir,
chunki
yorug‘lik linzalarida ham elektron linzalar kabi aberratsiyalar mavjud.
Aberratsiyalar ta’sirida nuqtaviy obyektning tasviri qandaydir figura ko‘rinishida
hosil qilinishi mumkin. Biroq aytib o‘tish kerakki, zamonaviy texnika juda kichik
aberratsiyali optik sistemalarni yaratishga imkon
beradi va ular mikroskopda
olinadigan tasvir sifatiga katta ta’sir qilmaydi. Bu yerda asosiy rolni yorug‘likning
to‘lqin xossasi bilan bog‘liq bo‘lgan