151
sifatli tayyorlanishi, ishlov berilishi va montaj qilinishi maydonning aksial
simmetriyasiga ta’sir qiladi.
Yakkalangan linzalarning asosiy yutug‘i sifatida, ularning optik kuchini
o‘rta elektrod elektronlar manbai bilan ulangan holda stabillashtirish imkoniyati
mavjudligida deb aytish mumkin. Elektrostatik elektron mikroskoplarda
yakkalangan linzalarning o‘rta elektrodlarini pushkaning katodi va chetdagilarni
yerga ulangan anod bilan ulagan holda manbaning stabilligiga bo‘lgan talablarni
magnit mikroskoplardagiga qaraganda kamaytirish mumkin.
Magnitli mikroskopda ham elektrostatik elektron mikroskopda ham yoritish
tizimi, elektron linzalar, stigmatorlar, diafragmalar, obyekt qotiriladigan stol va
lyuminessentli ekran fotoplastinkalari bilan birga mikroskop kolonnasi deb
nomlanadigan vertikal kameraga joylashtiriladi. Undan tashqari mikroskop manba
va kolonna ishchi hajmida 10
-5
mm. sim. ust. ga teng bo‘lgan vakuumni
ta’minlaydigan vakuum qurilma bilan jihozlangan.
O‘ta yuqori ajrata olish qobiliyati va kompleks tadqiqotlar olib borish
imkoniyatini beruvchi universal mikroskoplar bilan bir qatorida soddaroq
tuzilishga, kichik o‘lchamlarga, ishlash kuchlanishi 30 – 50 kV va ajrata olish
qobiliyati 30 – 60 Å bo‘lgan sodda mikroskoplar ham mavjud. Bu turdagi kichik
o‘lchamga ega bo‘lgan mikroskoplar yuqori ajrata olish qobiliyatini talab
qilinmaydigan tadqiqotlarda keng ishlatilishi mumkin.
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki bugungi kunda 150 kV dan million kV gacha
va undan yuqori kuchlanishda ishlaydigan o‘ta yuqori vol’tli mikroskoplar katta
qiziqish uyg‘otmoqda. Bunday energiyali elektronlarning yuqori kirish qobiliyati
sababli qalinligi bir necha mikron bo‘lgan obyektlarni o‘rganish imkoniyati
vujudga keldi.