Bulardan tashqari, sanoat va qishloq xo‘jalik korxonalari deyarli izdan
chiqqan, avtomobil va tem iryoilarning ko‘p qismi, aloqa, ko‘priklar
yaroqsiz holga kelgan. Bu tabiiy ofat munosabati
bilan dunyoning turli
burchaklaridan, jumladan, 0 ‘zbekistondan
ham yordam kuchlari kelib,
u yerdagi jabrlangan xalqqa moddiy va m a’naviy yordam ko‘rsatilgan.
Shuningdek, fuqarolar mudofaasi organlari (sobiq Ittifoq Mudofaa
vazirligiga qarashli) tomonidan 23000 nafardan ko‘p
kishi safarbar etilib,
ular xizmatida 3000 dan ortiq turli xildagi texnikalar ishtirok etgan.
Juda katta miqyosdagi tabobat xizmati armiyasi ham yordam ko‘rsatdi.
Hattoki, yer ostida, inshootlar tagida qolgan
odamlami qutqarish uchun
chet ellardan - Angliya,
Fransiya, Shveysariya va boshqa davlatlardan
mutaxassislar kelib, yordam berganlar.
Xuddi shunga o'xshash holat 1966-yildagi
Toshkent zilzilasida ham
kuzatilgan. Unda 8 balli silkinish sodir b o iib , imoratlarga, katta qurilishlarga
ziyon yetgan. Silkinishlar bir necha kungacha vaqti-vaqti bilan takrorlanib
turgan. Buning oqibatida 35 mingdan ortiq uylar vayron boÜb, 78 ming
oila boshpanasiz qolgan, 2 min. kv.
metr yerdagi turar joylar, 7600 o iin li
maktablar, 2400 o‘rinli maktabgacha tarbiya muassasalari
ishdan chiqqan,
690 ta savdo va 84 ta turli korxona idoralari ziyon ko'rgan. 0 ‘sha vaqtda
moddiy zarar miqdori hech qayerda yozilmagan edi.
Fuqaro mudofaalari va xorijiy tashkilotlarning ko‘rilgan zarami
bartaraf etish borasida ko‘rsatgan sa’y-harakatlarini xalqimiz
hech qachon
unutmaydi.