Yer silkinishini tavsiflaydigan belgilar quyidagilardan iborat:
- yer ostki suvlarining fizik-kimyoviy tarkibining o'zgarishi (labo-
ratoriyada aniqianadi);
- qushlar va uy hayvonlarining bezovtalanishi, gaz hidining kelishi,
havoda chaqmoq chaqishi va yorug‘lik paydo bo‘lishi;
- bir-biriga yaqin, lekin tegmayotgan elektr simlaridan uchqun
chiqishi, uylaniing ichki devorlarida zangori shu’lalar paydo boiish i va
luminitsent lampalarining o‘z-o‘zidan yonishi.
Mana shu belgilami bilgan har bir fiiqaro zilzila haqida xa
bar eshitganda, sarosimasiz va ishonchli harakat qilishi kerak. Zilzila
haqida oldindan xabar berilsa, uyni tashlab chiqishdan aw al, gaz va
boshqa isitgich asboblarini o‘chirish, bolalar va qariyalarga yordam
berish, zarur buyumlami, oziq-ovqat, dori-darmonlarni va hujjatlami olib
ko‘chaga chiqishlari lozim. Agar zilzila kutilmaganda boshlanib qolsa,
u holda deraza va eshik oraliqlariga yoki ko‘tamvchi ustunlar tagiga
turib olish kerak, Dastlabki silkinish zarbasi tinishi bilan zudlik bilan
tashqariga chiqish kerak. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, ko‘p qavatli
binolaming eng nozik, ishonchsiz joylari zinapoya va lift shaxtalaridir.
Shuning uchun zilzila boshlangan paytda zinapoyalardan yugurish tavsiya
etilmaydi va liftlardan foydalanish taqiqlanadi.Korxona va muassasalarda
zilzila paytida ish to‘xtatiladi. Elektr toki, suv, gaz va b u g iar to‘xtatilib,
fuqarolar muhofazasi qismlaridagi ishchi va xizmatchilar oldindan belgilab
qo‘yilgan joyga to‘planadilar, boshqalar esa xavfsiz joylarda bo‘ladilar.
Zilzila vaqtida uyda boim agan fuqarolar uyga shoshmasligi, balki o‘sha
joy rahbarlarining ko‘rsatmalarini diqqat bilan kutib, unga rioya qilgan
holda harakat qilishlari kerak. Zilzila vaqtida jamoat transporti to ia
to‘xtatilishini kutib, oldin bolalami, nogiron va qariyalarni tushirish
kerak. Yurib ketayotganda sakrab tushib qolish yaramaydi, zilzila vaqtida
jabrlanganlarga asosan yordamni fuqarolar muhofazasi qismlari beradi,
lekin zamr b o ig an hollarda ahoHning ham yordam berishi maqsadga
muvofiqdir.