Hayvonning yelini iflos bo‘lsa




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/141
Sana16.09.2024
Hajmi5,56 Mb.
#271209
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   141
Bog'liq
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov) (1)

Hayvonning yelini iflos bo‘lsa, 
u o ‘z vaqtida yuvib 
tozalanmasa, sutning tarkibiga mikroorganizmlar tushib 
qolishida asosiy manba hisoblanadi. Sigir yelinida ham- 
mavaqt mikroblar bo‘lib, ular asosan emchak (so‘rg‘ich) 
kanalida uchraydi.
Agar sigir kasallangan bo‘lsa, yelini mastit kasaliga 
uchragan bo‘lsa, ko‘pincha ulaming suti iste’mol uchun 
yaroqsiz hisoblanadi.
Emchak orqali yelinga o ‘tgan mikroorganizmlar 
uning ichkarisiga kiradi, u yerda yelin to‘qimalarining 
bakteriotsidlik xususiyatiga duch keladi. Natijada 
mikroblaming ko‘pchiligi nobud bo‘ladi. Faqat chidamli 
bo‘lgan «mikrokokk» va «sterptokokk» mikroblargina 
saqlanib qoladi. Ular yelin sutini buzadi, sutning 
kislotadorlik xususiyatini ko'paytiradi. Umuman, talab 
asosida, sut sog‘ilganda emchaklardagi oz miqdorda bi- 
rinchi sog‘ib olingan sutni alohida idish (krujka, stakan, 
banka va h.k.)ga solinadi va bu sut umumiy sutga 
aralashtirilmaydi. Shunday qilib, yelinning hammavaqt 
toza saqlanishi toza va sifatli sut sog‘ib olishning asosiy 
omili hisoblanadi.
Hayvonning terisi va ju n qatlam i - sutning mikro- 
organizmlar bilan zararlanishida asosiy manbalardan 
biri hisoblanadi. Bu manba faqatgina teri yoki jun 
qatlamida bo‘lmay, balki go‘ng va turli to‘shamlarda 
bo‘lishi aniqlangan. Masalan, hayvon tanasida 1 g 
chang tarkibida bir necha yuz million bakteriya, 1 g 
go‘ngda bir milliard mikrob bo‘lar ekan. Agar shu 
go‘ng 10 1 sutga tushsa, uning har bir millilitridagi 
zararlanish 100 ming martaga ortib ketar ekan.
118
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ifloslangan hayvon terisida turli kasalliklami 
qo‘zg‘atuvchi 
mikroblaming 
bo'lishi 
aniqlangan. 
Binobarin, hamma vaqt sigir yelini toza bo‘Iishi, toza 
holda saqlanishi barcha salbiy natijalami bartaraf 
qilishda muhim omil hisoblanadi.

Download 5,56 Mb.
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   141




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish