Sog‘ish usullarining sut yog‘iga ta’siri. M a'lumotlarga ko‘ra sigirlaming sog‘ish miqdorini
oshirish hamda sog‘ish jarayonida yelinni uqalash
sut bezlari faoliyatini yaxshilaydi, sut miqdorini va
yog‘dorlik darajasini ko‘paytiradi. Sigirlami toza
va to‘la sog'ish ham muhim ahamiyatga ega. Chun-
ki sutning so‘nggi porsiyalaridagi yog‘ dastlabki sog‘ib
olingan sutdagiga ko‘ra ko'proq bo‘ladi. Umuman
yelindagi bor sutni toza sog‘ib olish sut tarkibida yog‘
miqdori ko'proq bo‘lishida muhim omillardan biri
hisoblanadi.
Sutning oziqaviy qiym ati Sut va sut mahsulotlari insonlaming kundalik
hayotida muhim ahamiyatga ega. Sut kerakli barcha
oziqaviy moddalarga ega. Eng muhimi shundan iboratki,
bu moddalar sutda va sut mahsulotlarida ko‘p miqdorda
bo‘lishi bishan birga ular inson organizmi tomonidan
oson hazm boiadi. Kuzatishlarga qaraganda, sut yog‘i
96 foiz, oqsil 95 foiz, sut qandi 98 foiz, pishloq oqsil
moddalari 97 foiz hazm b o ia r ekan. Sutning kalloriyasi
uncha yuqori emas, 100 g sut 70 kkal beradi.
Sutning mikroorganizmlar bilan zararlanish manbalari. M aium ki,
sut
tarkibidagi
barcha
o ‘zgarishlar,
birinchi
navbatda
mikroorganizmlar
faoliyati natijasida yuz beradi. Sifatli sut sog‘ib olish
va uni me’yorida saqlash uchun tarkibida mikrofloralar
boim asligi
talab
qilinadi.
Binobarin,
sutga
mikroorganizmlar tushishi manbalarini bilish, uning
oldini olish va unga qarshi kurashish chora-tadbirlarini
ko‘rish lozim. X o‘sh, sutga mikroorganizmlar qayerdan
va qanday tushadi, degan savol bo'lishi tabiiydir. Shu-
ni aytish kerakki, avvalo, mikroorganizmlar sutga
sigirlami sog'ish jarayonida uning yelinidan, terisidan
va ba'zan sigir dumining doimiy harakatidan, yem-
117
www.ziyouz.com kutubxonasi
xashak, go‘ng parchalaridan tushishi mumkin. Shu-
ningdek, sanitariya va gigiyena qonun-qoidalariga
e'tiborsizlik, asbob-anjomlar va idish-tovoqlar toza
bo'lmasligi, dezinfeksiya ishlarini olib bormaslik va
ayri m hollarda xodimlami qo‘li va kiyimidan ham
tushishi mumkin.