• Pasterlash rejimi.
  • Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash




    Download 5,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet83/141
    Sana16.09.2024
    Hajmi5,56 Mb.
    #271209
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   141
    Bog'liq
    Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov) (1)

    Pasterizatorlar hajmi, 
    ko‘rinishi va ishlab chiqarish 
    quvvatiga ko‘ra turlicha bo‘lib, ko‘pincha ular qo‘sh 
    devorli qozondan iboratdir. Shuningdek, bug‘ bilan 
    ishlaydigan va ichki qismida aralashtiruvchi apparati 
    bo‘lgan pasterizatorlar ham qo‘llanib kelinmoqda.
    Agar sut uzoq muddatli usulda pasterlansa, uni 
    aralashtirib turish ishlari asta-sekin va bir maromda 
    olib borilishi lozim. Aks holda, sut yuzasidagi ko‘pik 
    va havo sharchalari vujudga keladi. Bu sharchalarda 
    saqlanib qolgan zararli mikroorganizmlar nobud 
    bo‘lmaydi va inson uchun havfli hisoblanadi. Bundan 
    tashqari, bu mikroblar sut sifatini buzishda ham aktiv 
    ishtirok etadi.
    Pasterlangan sut tezlik bilan 4°C-6°C gacha sovu- 
    tiladi. Bunda muzni iqtisod qilish maqsadida sutni aw al 
    quduq yoki oqar suvda, so‘ngra muzli suvda sovutish 
    tavsiya qilinadi. Sut zavodlarida esa sovutish apparatida 
    sovutish ishlari olib boriladi.
    Pasterlash rejimi. 
    Sutchilik ishlarida pasterlashning 
    asosan to'rtta rejimi qo‘llaniladi. Ular quyidagilar:
    1. Uzoq muddatli bo‘lib, unda sut 63°C-65°C gacha 
    isitilib, shu haroratda 30 minut mobaynida saqlanadi.
    2. Qisqa muddatli pasterlash bo‘lib, bunda sut 72°C- 
    74°C gacha isitilib 10-15 sekund davomida saqlanadi.
    3. «Bir zumda» pasterlash - bunda sut 85°C-87°C 
    gacha isitiladi, ammo bu haroratda saqlanmaydi.
    4. Sutni 95°C-97°C da pasterlash - bunda sut 
    ko‘rsatilgan haroratda isitilib 10 minut davomida 
    saqlanadi.
    Umuman, sut qanday apparat yordamida pasterlan- 
    masin, ularga bir qancha talablar qo‘yiladi. Masalan,
    129
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    barcha turdagi mikroorganizmlar nobud bo‘lsin; sutdan 
    tayyorlangan barcha mahsulotlar ham pasterlansin; 
    apparat sutning immunobiologik, fizik va kimyoviy 
    xususiyatlariga salbiy ta'sir ko‘rsatmasin; pasterizatorlar 
    sodda (oddiy) tuzilgan bo‘lib, foydalanishga qulay 
    bo‘lsin; apparatning ichki qismlari kimyoviy moddalar 
    ta'sirida aynamasligi, binobarin, chidamli material- 
    lardan tayyorlangan bo‘lishi talab etiladi. Shundagina 
    sutni pasterlash ishlari uzluksiz, sifatli olib boriladi va 
    apparat-mexanizmlardan uzoq vaqt unumli foydalanish 
    imkoni amalga oshadi.

    Download 5,56 Mb.
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   141




    Download 5,56 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash

    Download 5,56 Mb.
    Pdf ko'rish