Sutni sterillash
«Sterillash» deb 100°C da isitilgan va gomogen-
lashtirilgan ichimlik sutga aytiladi.
Sterillangan sut
o ‘zining xususiyatiga ko‘ra uzoq vaqt buzilmagan holda
saqlanadi. Masalan, 37° da uni paketlarda 72 soat, 20°C
da 10 kungacha saqlash mumkin.
Sterillash uchun yangi sog‘ilgan sifatli sut bo‘lishi
talab etiladi. Uning kislotadorlik darajasi 18°T dan
ortiq, zichligi 27°A dan past bo‘lmasligi talab etiladi.
Reduktaza namunasi 1-klass, spora bakteriyalar 1 ml.da
100 dan oshmasligi lozim.
Sterillangan sut asosan shisha idishlarga va
qog‘oz paketlarga qadoqlanib iste'mol qilish uchun
tayyorlanadi.
Sutni sterillash ikki xil usulda olib boriladi.
1. Ikki
bosqichli sterillash boTib, uning talabiga
ko‘ra sut 145°C da isitiladi va 70-80°C gacha
sovitiladi. So‘ng sut qadoqlanadi va ta’siri
doimiy
boTgan minorasimon sterilizatorda qayta sterillanadi. U
quyidagi texnologik jarayonlardan iborat: sutni qabul
qilish, tozalash,
sovitish, yog‘ini me’yorlash, dastlabki
sterillash, gomogenlash va yana sovitish,
qadoqlash,
joylashtirish va germetik idishlarda yana qo‘shimcha
sterillash va yana sovitish shular jumlasidan hisob-
lanadi.
2.
Sterillangan sutni qadoqlashda quyidagi texno-
logik jarayonlar bajariladi. Ya’ni sut 136-140°C da 2-3
sekund ichida sterillanadi va 20-22°C gacha sovitiladi.
Sutni sterillash ishlari
asosan naysimon plastinkali
universal apparatlarda bajariladi. Uning yuza qismidan
o ‘tkir (kuchli) par - bug‘ berish qurilmasi yordamida
sut massasiga beriladi.
Sterillangan
sut bir xil quyuqlikda boTib, u
cho‘kma hosil qilmaydi. Uning rangi oq, ba’zan biroz
sarg‘ish boTadi. Mazasi va hidi yoqimli. Yog'i 3,5%,
133
www.ziyouz.com kutubxonasi
yog‘sizlantirilgan quruq sut qoldig‘i 8,1%, kislotadorlik
darajasi 20°T, zichligi 1,027 g/sm2 boTadi.