Bu moddalar yosh hayvon organizmining tez hamda
sogMom o ‘sishida va semirishida salmoqli rol o'ynaydi.
Sut va sutdan tayyorlangan mahsulotlar tarkibida
ko‘p va yetarli miqdorda turli xil vitaminlar, oqsil va
mineral moddalar bo'lganligi uchun inson ratsionida
eng foydali oziq sifatida muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa
oshqozon-ichak tizimining faoliyati susayib ketgan
bemorlar, qariyalar va yosh go‘daklar uchun sut va sut
mahsulotlari, shuningdek, sut-qatiqda tayyorlangan
taomlar o‘zining shifobaxshligi va parhezliligi bilan
juda qiymatli va foydali hisoblanadi.