xolodilnik mashinalaridan foydalanilmoqda. Bulardan
tashqari, «CT-1A» markali sut tozalovchi va sovituvchi
ko‘p
maqsadli
(universal) agregatlar sanoatimiz
tomonidan chiqarilmoqda. Bunda sovitilgan sut tez,
qisqa vaqt ichida sut zavodlariga va sut mahsulotlari
tayyorlovchi
tashkilotlarga
jo ‘natilishi
maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Lekin yirik sutchilik ferma
va komplekslarida sutni sovitish va saqlash ishlari
maxsus sovitgich - rezervuarlarda olib boriladi va bu
tadbir ko‘p jihatdan qulay hisoblanadi. Chunki bunda
saqlanadigan sut harorati o‘rtacha 4-5 °C atrofida
bo‘lishi ta'minlanadi.
Sutni saqlash
Sovitilgan sut past haroratda saqlanishi kerak.
Sutning sifatiga putur yetkazmay saqlash uchun haj-
mi 1000-10 000 litrli maxsus tank sovitgich va saqla-
gichlardan foydalaniladi. Uning qo‘sh devori oralig‘ida
issiq yoki sovuq haroratni saqlaydigan material
joylashtirilgan bo‘ladi. Binobarin, bunday idishlarda sut
uzoq vaqt (36-48 soat) saqlanishi mumkin.