Bog'liq Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov) (1)
Sutga issiqlik berish Amaliyotda va ishlab chiqarishda issiqlik ta’sirida
sutga dastlabki ishlov berish turli usul (rejim)larda olib
boriladi. Ular asosan quyidagilardan iborat
(8-jadval). 8-jadval Sutga issiqlik yordamida ishlov berish
Ishlov berish tu rla ri
Ishlov rejimi
Qo‘llanilishi
°C
Davom
etishi
Pasterlash:
1. Uzoq muddatli,
pastroq haroratda
62-65
30 min.
X o'jalik ehtiyoji va
oziq sifatida
2. Qisqa muddatli,
yuqori haroratda
72-76
15-20
min.
Sut mahsuloti
uchun
3. Yuqori haroratda,
bir zumda
85-95
2 sekund
Sarig* yog‘ va
pishloq uchun
4. Yuqori haroratda,
uzoq muddatda
70-80
30 min.
Kasal sigir b o is a
130
www.ziyouz.com kutubxonasi
5. Yuqori haroratda,
uzoq muddatda
95-97
10 min.
Qatiq, kefir va
smetana uchun
6. 0 ‘ta yuqori
haroratda
135-150
1-2 sek.
Sut mahsuloti
uchun
Sterlash:
1. Uzoq muddatli
115-120
1-2 min.
Oddiy va
quyiltirilgan sut
uchun
2. Qisqa muddatli
125-145
1-10 sek.
Sigirlarda kasallik
bo‘lsa, xo‘jalik
ehtiyoji uchun
Qaynatish
100,2
Har xil
Sutga issiqlik yordamida ishlov berish borasida
sanoatimiz tomonidan turli xilda asbob-uskunalar ishlab
chiqarilmoqda. Hozirgi qadar ko‘plab fermalarda sut-
ni uzoq muddatli pasterlash (sump)ga moslashtirilgan
turli hajmli vannalardan foydalanib kelinmoqda. U
asosan suv bug‘i bilan ishlagani uchun ichki qismida
bir qancha temir kanalchalarga ega bo‘lgani holda sutni
90-96°C gacha isita oladi.
Bundan tashqari, plastinkali va nayli pasterlash
apparatlaridan ham foydalanib kelinmoqda. Undagi
sut issiqlik almashinuvi natijasida pasterlanadi. Agar
sutni sterlash talab etilsa, avval u 75°C gacha isitiladi
va 140°C da bir zum issiqlik beriladi, so‘ng 4 sekund
davomida yuqori bosimda ishlov berilib, tayyor holiga
keltiriladi.
Hozirgi vaqtda komplekslarda va yirik sutchilik
fermalarida «OPU-ZM», «OPF-1-20», «OPF-1-300»
va «OP2-F-l» markali ko‘p maqsadli sovutuvchi-
pasterlovchi qurilmalardan foydalanib kelinmoqda. Bu
qurilmalar bir vaqtning o ‘zida avtomatik usulda sutni
ham pasterlaydi, ham sovutib beradi. Ulaming texnik
ko‘rsatgichlari quyidagilardan iborat
(9-jadval). 131
www.ziyouz.com kutubxonasi
Pasterlash apparatlariga har 7-10 soat ishlatilganidan
so‘ng, sanitarlik ishlov beriladi. Ular yuviladi va de-
zinfeksiya qilinadi. Shuningdek, shlanglar yordamida
ichki qismidagi sut qoldiqlari ham tozalanadi. Bu-
ning uchun ishqoriy natriyning 0,7-1,5% li qizdirilgan
eritmasidan ham foydalaniladi. Bunday tadbirlami olib
borishda ko‘zga maxsus ko‘zoynak taqiladi va barcha
ehtiyotkorlik tadbirlari amalga oshiriladi.