Sutning mexanik birikmalardan tozalash




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/141
Sana16.09.2024
Hajmi5,56 Mb.
#271209
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   141
Bog'liq
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov) (1)

Sutning mexanik birikmalardan tozalash. 
Bu
tadbimi olib borishdan asosiy maqsad, sigirlami sog‘ish 
jarayonida uning tarkibiga tushib qolgan ayrim yot 
jismlardan xoli etish hisoblanadi. Tozalash ishlari,
125
www.ziyouz.com kutubxonasi


sigirlami sog‘ib bo‘lgach, tezda amalga oshiriladi. Sut- 
ni tozalash uchun filtrlanadi. Bu tadbir sut miqdoriga 
ko‘ra maxsus sovutgich-tanklar (idish)da, sut flyaglarda 
va boshqa tur idishlarda bajariladi. Yirik fermalarda 
va sutchilik komplekslarida bu tadbir avtomat usulida 
filtrlash asboblaridan foydalaniladi va bu tadbir bir 
vaqtning 
o‘zida sigirlar sog‘ilayotgan jarayonda 
o‘tkaziladi. Shuning uchun sutni filtrlash apparatlari, sut 
yo‘naltiruvchi truba (molokoprovod)larga o'matilgan 
bo‘lib, sog‘ish qurilmasining m a’lum bir tarkibiy qismi 
hisoblanadi.
Sutni avtomatik usulda filtrlash uchun ko‘pincha 
kapron, lavsan kabi sintetik va sun’iy materiallardan va 
byaz (bo‘z) deb nomlanuvchi vositalardan foydalaniladi, 
hamda sutni nihoyatda toza holda tozalash imkonini 
beradi. Lavsanli filtrlar ikki qavatli, dokalilari esa 4 -6
qavatdan tashkil topishi m a'qul hisoblanadi.
Bulardan tashqari, yana yupqa paxtadan, vafel 
chitidan, oq flanel nomli va «sedilka» deb ataluvchi sut 
suzg‘ichlaridan ham foydalaniladi. Umuman, qanday 
suzgichlardan foydalanilmasin, ish jarayoni tugagach, 
ular dezmol moddasining 2% li eritmasi yoki boshqa 
turdagi yuvish va tozalash vositalari yordamida 
yaxshilab yuvilib quritiladi. Lekin quritishdan avval is- 
siq suvdan foydalanish yaxshi natija beradi.
Lavsandan tayyorlangan filtrlar yuvib bo‘lingach, 
1%
li yangi eritilgan 
gipoxlorit natriya 
eritmasiga 
o‘rtacha 20 minut solib qo‘yiladi. So‘ngra tarkibida 
0,25-0,5% aktiv xlor bo‘lgan eritma yoki xlor ohagining 
eritmasidan 
foydalanish 
mumkin. 
Tajribalardan 
ma’lum bo‘lishicha, doka filtrlardan 10 kun, vafel va 
flanel filtrlar 45 kun, lavsan filtrlar 180 kim davomida 
foydalanish mumkin.
Yirik sanoat massasalarida sutni tozalash mexa- 
nizatsiya yordamida olib boriladi. Buning uchun «CT-1», 
«CT-1A» markali maxsus apparatlardan foydalaniladi.
126
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bu apparatlaming ichki qismida bir qancha barabancha- 
lari bo‘lgani holda, markazdan harakatlanuvchi kuch 
yordamida yot mexanik jismlar sut tarkibidan osonlik 
bilan ajralib chiqadi. Bunda tozalangan sut alohida 
kanalchadan, uning iflos qismi boshqa kanalchadan 
oqib tushadi va nihoyatda og‘ir jismlar barabanining 
devorlariga yopishib qoladi, so‘ng u tozalanadi.
Avtomatik apparatlaming qulaylik tomoni yana 
shundan iboratki, u faqatgina mexanik yot jismlamigina 
sutdan ajratib olmasdan, sut tarkibida bo‘lgan shilliq, 
fibrin quyqasi, qonning shakliy elementlari epiteli- 
ya hujayra qoldiqlari va h.k.lardan ham xalos qiladi. 
Umuman, bunday yaroqsiz va kerak bo'lmagan jism va 
moddalar tozalangan umumiy sut miqdorining o'rtacha 
0,06% ni tashkil etishi ko‘plab tajribalarda tekshirib 
ko‘rilgan.
Hozirgi vaqtda sanoatimizda sut tarkibidagi kasallik 
qo‘zg‘atuvchi bakteriyalami tozalashga moslashgan 
avtomatik sut tozalagichlar ustida tadqiqot ishlari olib 
borilmoqda. Buning yana -muhim afzalligi shundan 
iboratki, gumon etilgan sutni pasterlash yoki qaynatish 
tadbirlaridan xoli bo‘linadi. Umid qilish mumkinki, ya- 
qin yillar ichida bunday avtomatlar yirik xo‘jaliklar uc- 
hun tavsiya etiladi.
Sut tozalagichlar har safar 2 soat ishlatilgach toza- 
lanishi talab etiladi. Buning uchun avval u toza issiq 
suv bilan yuviladi, keyin a, b, v deb nomlangan kukun 
(poroshok) yuvish vositalarining 0,5% li eritmasidan 
foydalaniladi. Bimdan tashqari, harorati 40—45°C bo‘l- 
gan kalsiylangan sodaning 5% li eritmasidan foyda- 
lanish tavsiya etiladi. Shuningdek, apparatning ichki 
devorlariga yopishib qolgan qoldiqlami schetka yoki 
yojik (yorsh)lar yordamida tozalab tashlash mum- 
kin. Bundan tashqari, haftasiga bir marta xlor prepa- 
ratlarining birortasi yordamida sut tozalash apparatlarini
127
www.ziyouz.com kutubxonasi


tozalash tavsiya etiladi. Keyin u quritiladi va ustiga 
biror toza mato berkitib qo‘yiladi.

Download 5,56 Mb.
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   141




Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish