• Annotatsiya: ushbu maqolada texnologiya darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash va uning ahamiyati ko’rib chiqilgan. Kalit so’zlar
  • Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet129/194
    Sana29.09.2024
    Hajmi3,67 Mb.
    #272877
    1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   194
    Bog'liq
    10.Pedagogika yonalishi 1 qism

    Май 2021 10-қисм
    Тошкент
    TEXNOLOGIYA DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK 
    TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI
    Sapayeva Bikajon Rahimberganovna
    Xorazm viloyati Urganch shahar 
    11 -sonli umum ta’lim maktabining 
    texnologiya fani o’qituvchisi 
    +998914207363
    Annotatsiya:
    ushbu maqolada texnologiya darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni 
    qo’llash va uning ahamiyati ko’rib chiqilgan.
    Kalit so’zlar
    : texnologiya, zamonaviy pedagogik texnologiya, mahsulot.
    “Texnologiya” darslarida materialshunoslik, asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan 
    foydalanishga oid bilimlarni o‘zlashtirasiz. Mahsulot ishlab chiqarish va uyro‘zg‘or buyumlarini 
    ta’mirlashga oid ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lasiz.
    Texnologiya darslarida zamonaviy (innovatsion, pedagogik va axborot) texnologiyalarini 
    qo‘llashning asosiy bo’limlari «Texnologiya va dizayn», «Servis xizmati» hamda «Qishloq 
    xo‘jalik asoslari» yo‘nalishlari berilgan. Siz ulardan birini to‘liq o‘rganasiz. Shuni e’tiborga olish 
    kerakki, «Texnologiya va dizayn» yo‘nalishi uchun darslikda «Elektrotexnika ishlari» hamda 
    «Uy-ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlash» nomli boblar berilgan. Bu boblarni «Qishloq xo‘jalik 
    asoslari» yo‘nalishlarini o‘rganayotgan o‘quvchilar ham o‘rganadilar. Siz mashg‘ulotlar va 
    uyushtiriladigan sayohatlar davomida ko‘plab sohalarga oid kasbhunar turlari bilan tanishasiz. 
    Kelajak hayotingizda shu kabi kasb-hunarlardan birini egallab, o‘z sohasining mohir ustasi bo‘lib 
    yetishasiz. Bu bilan siz jamiyatimiz ravnaqi uchun o‘z hissangizni qo‘shasiz. Ta’lim sohasidagi 
    ilmiy-pedagogik adabiyotlarda texnologiya, pedagogic texnologiya, texnologik yondoshuv, 
    ta’limni texnologiyalastirish, texnologik tayyorgarlik haqida so’z yuritilib, ularga turlicha talqin va 
    ta’riflar beriladi. Menimcha, avvalo «texnologiya» so’zining ma’nosini bilish maqsadga muvofiq. 
    «Texnologiya» so’zining grek tilidan tarjimasi tayyor mahsulot, buyumlar olish maqsadida ishlab 
    chiqarishning mos keladigan qurilma va jihozlari bilan xom-ashyo va materiallarini ishlov berish 
    usullari majmuasini tizimlashtiruvchi fanni anglatadi. Shuning uchun bo’lsa kerak, ba’zida 
    uni «texno» - hunar yoki san’at, «logos» - fan deb, buyum olish uchun xom-ashyolarga ishlov 
    berish san’ati haqidagi fan sifatida e’tirof etishadi. Shu nuqtai nazardan bo’lsa kerak, Yevropa 
    mamlakatlarida, jumladan Germaniya va Rossiya maktablarida «Mehnat ta’limi» o’quv predmetini 
    «Texnologiya» yoki «Texnologik ta’lim» deb yuritilishi maqsadga muvofiq hisoblayman.
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi - 
    o‘quvchilarda texnik-texnologik hamda texnologik jarayon davomida bajariladigan operatsiyalar 
    yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo‘llash, kasb-
    hunar tanlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish 
    kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv 
    fanini o‘qitishning asosiy vazifalari: materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik 
    obyekt va texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlarni o‘rganish; texnik obyekt hamda texnologik 
    jarayonlarda maxsus va umummehnat operatsiyalarini bilish; texnologik jarayonlarni boshqarish, 
    maxsus va umummehnat operatsiyalarini amaliyotda qo‘llay olish; texnik va kreaktiv fikrlashni, 
    intellektual qobiliyatlarini shakllantirish; texnologik jarayon va tayyorlangan mahsulotlarni 
    bajarish ketma-ketligi hamda mahsulot sifatini tahlil qila olish; buyum va jarayonlarni bajarishga 
    oid xulosalar chiqarish hamda mehnat operatsiyalarini, mahsulot sifatini baholay olish; ongli 
    ravishda kasb tanlashga tayyorlash ishlarini amalga oshirishda tayanch va texnologiya faniga oid 
    kompetensiyalarni shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat.
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fani boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida 
    umumlashgan holda, 5-9-sinflarda “Texnologiya va dizayn”, “Servis xizmati” yo‘nalishlarida 
    o‘qitiladi.

    Download 3,67 Mb.
    1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   194




    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Май 2021 10-қисм Тошкент май 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot», 2021. 202 б

    Download 3,67 Mb.
    Pdf ko'rish