Makaron ishlab chiqarish texnologik linyasi Guruh: 40-19




Download 0.74 Mb.
bet8/22
Sana13.10.2022
Hajmi0.74 Mb.
#27143
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
Makaron i.ch. texnologik liniyasi Shohida
ovdfmvfdmvfmvm, fff, task1, FVX mustaqil, Informatika. 6-sinf (2013, B.Boltayev, M.Mahkamov, A.Azamatov, S.Rahmonqulova), ENEo3GGopmKV8ahTBf5SoCDdGn7jnEbES193VjZq, Ягона реестр ариза бланкалари 2намуна, inklyuziv taʼlim tushunchasi Rayhona (1), TARBIYA FANINI O, Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsep, Sinf jamoasini tashkil etish va tarbiyalash, kreativ, 3-sinfda matematika, tarbiya fanini o\'qitish yaxlit

Xamirni vakuumlash. Bosimi 20 MPa ga yetadigan gidravlik presslarda makaron xamirini presslashda zich va mustahkam mahsulotlar olish ta'minlangan. Uzluksiz ishlovchi shnekli makaron presslariga o'tilganda presslash bosimi 5-7 MPa gacha pasayib qoladi. Bunday bosim presslanadigan xamirdan havoni yetarlicha ajratilishini ta'minlamaydi. Natijada katta miqdorda havo pufakchalariga ega mahsulotlar hosil bo'lib, bu quruq mahsulotlarning mexanik mustahkamligini pasaytiradi va ularning rangini (shaffofmasligi sababli) yomonlashtiradi. Mahsulot sifatini yaxshilash uchun xamirni vakuumlash-ya'ni undan havoni so'rib olishga zaruriyat paydo bo'ldi. Xamirni vakuumlash qorish bosqichida, avtomatik uzluksiz liniyalarning presslarida (B6-LMV, B6-LMG, va «Braibanti», «Pavan»-italyan firmalari) yoki presslash jarayonida (LMB, LPL presslarida) amalga oshiriladi. Vakuumlashning birinchi usuli samarali hisoblanib, bunda g'ovak ushoqsimon xamir mass as id an havoni yetarlicha ajratib olish imkoni yaratiladi. Shnekli kamerada presslangan zich xamirdan havoni ajratib olish kam samarali, shu bilan birga havoni so'rib olish uchun mo'ljallangan teshiklar tez-tez xamir bilan to'lib qoladi. Kerakli samaraga erishish uchun vakuumning qiymati 0,05 MPa dan past bo'lmasligi kerak. Zamonaviy presslarda bu qiymat 0,09 MPa ni tashkil etadi.

Makaron xamirini presslash. Makaron xamirini tayyorlash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich xamir aralashtirgichlarda amalga oshirilib, bunda komponentlar ushoqsimon massa hosil bo'lgunicha tinimsiz aralashtiriladi. Ikkinchi bosqichda ushoqsimon mass a pressning shnekli kanalida bosim ostida zichlanib va plastiklanib, shakl berish uchun kerakli bo'lgan struktura va xossalarga ega bo'ladi. Xamir tayyorlash, uni zichlashtirish va xamirga shakl berib nam mahsulotlarni hosil qilish, zamonaviy makaron mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida shnekli presslarda amalga oshiriladi. Makaron presslarining tarkibiga presslash qurilmasidan tashqari, un va suv dozatorlari, xamir aralashtirgichlar ham kiradi. Shnekli makaron presslari xamir aralashtirgich tog'oralari soniga (bir, ikki, uch va to'rt tog'orali), presslash qurilmalari yoki presslash shneklarining soniga (bitta, ikkita va 83 to'rtta shnekli) qarab, matritsaning shakliga (yumaloq va to'g'ri burchakli) qarab tasniflanadi. Soddaroq tuzilgan va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida keng tarqalgan yumaloq matritsali, bir tog'orali va bir shnekli makaron pressining texnologik sxemasini ko'rib chiqamiz (3.6- rasm).


Download 0.74 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Download 0.74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Makaron ishlab chiqarish texnologik linyasi Guruh: 40-19

Download 0.74 Mb.