Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/33
Sana16.02.2024
Hajmi1,04 Mb.
#157864
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
Bog'liq
Bikbayeva kitob matematik tasavvurlar

Ikkinchi kichik guruh 
Dasturning asosiy vazifasi kichkintoyni “o’ziga” nisbatan mo’ljal olishga o’rgatishdan, 
iborat, boshqacha aytgancha, kichkintoy bunda “o’ziga”nisbatan o’ng, chap, yuqori tomon va 
h.k. larni ajrata oladigan bo’la olishi kerak. O’z tanasiga nisbatan fazoda tomonlar bo’yicha 
mo’ljal olish bu mo’ljal olishning birinchi umumlashtirilgan usulidir. “O’ziga” va “o’zidan”ga 
nisbatan mo’ljal olish bu mo’ljal olishning birinchi umumlashtirilgan usulidir. “O’ziga” va 
“o’zidan” ga nisbatan mo’ljal olishda “o’ng – chapni”ni farqlash eng ko’p qiyinchilik tug’diradi. 
Mana shuning uchun ham bola oldin o’z qo’llarini farqlashga o’rgatiladi. Dasturning bu vazifasi 
ustida ishlash keyingi yosh guruhida ham davom ettiriladi. 
Bolaning o’ziga nisbatan mo’ljal olishi dasturining yangi vazifasiga –boshqa odamga, 
buyumlarga nisbatan mo’ljal olishga o’rgatish vazifasiga – o’tish uchun zarur asos bo’ladi. 
Ammo boshqa odamga nisbatan mo’ljal olish faqat o’z gavdasi sxemasini bilgandagina mumkin 
bo’ladi. Bola hayolan bu sxemani boshqa obektlarga nisbatan ko’chiradi va o’xshashlik bo’yicha 
uni boshqa odamdan va buyumlardan ajratadi. Masalan, bolalar o’yinchoqlarni qarashadi, ular bilan 
faol harakat qilishadi. Suhbatning borishida tarbiyachi bolalar e’tiborini haarkterli detallarga 
qaratadi. Masalan, mashina qaralayotgan bo’lsin; oldinda kabina, orqada kuzov, pastda oldingi va 
keyingi g’ildiraklar. Buyumlar tasvirlangan qirqma rasmlar, kubchalar mustaqil ravishda 
detallardan (qismlardan) butunni tiklash imkonini beradi, ya’ni obektning fazoviy buyumlarini 
(ustida – ostida, tagida – yuqorisida, oldidan – orqasidan, bir tomoni –yosh tomonidan va ikkinchi 
tomonidan) o’zlashtirish imkonini beradi. Bolalar hali obektning o’ng va chap tomonlarini farqlay 
olishmaydi, bu murakkab malaka maktabgacha katta yoshda o’zlashtiriladi. Kichik guruhda 
buyumning fazoviy harakteristikasini tushunish qisman o’zlashtiriladi. U holda, deb so’raladi, 
bolalarni buyumlarga, boshqa odamga nisbatan mo’ljal olishga o’rgatish zarurmi? “O’ziga” 
nisbatan mo’ljal olishning o’zi etarli bo’lishi mumkinmi? 
Gap shundaki, tevarak –atrofimiz, ya’ni atrofimizdagi fazo, odamlar, har xil buyumlar 
to’plami to’lib toshib yotibdi. Mana shu fazoda mo’ljal olish ularning har xil parametrlarini, 
jumladan, “oldindan”, “orqasidan”, “yonidan”, “ustidan”, “ostidan”, keyinroq buyumning “chap” 
yoki “o’ng” tomoni kabi parametrlarini hisobga olish majburiyatini yuklaydi. Oldin o’ziga, so’ngra 
boshqa odamga, buyumlarga nisbatan qarama –qarshi tomonlarni ajratish, birichidan, istiqbolda 
bolaning faqat “o’ziga” nisbatangina emas, balki boshqa obektlarga, boshqa odamga nisbatan 
mo’ljal olish malakasini egallashini ta’minlaydi. 
Ikkinchidan, bu bilim va malakalar buyumlar orasidagi fazoviy munosabatlarni bilib olish 
uchun zarur. Biz bu munosabatlar haqida ularning tomonlariga – oldingi (yuz tomonga), yon, 


yuqori 9ustki) va h.k. tomonlarga mos kelishlariga qarab, mulohaza yuritamiz. Nihoyat, 
uchinchidan, hatto ancha chegaralangan fazo chegaralarida ham (guruh xonasi, yoki xonaning bir 
qismi, stolning usti, qog’oz varag’i va h.k.) mo’ljal olishning asosiy yo’nalishlarini bilishni nazarda 
tutadi. Bu yangi dasturiy vazifa. Bu to’liq o’zlashtirilgandan keyingina, uni butun ish mazmunidagi 
asosiy vazifa deyish mumkin. 
Maktabgacha kichik yoshda bolalar yo’nalishlarning asosiy guruhlarini farqlashga (oldiga – 
orqaga, yuqoriga – pastga, o’ngga –chapga) o’rgatiladi. Bola bu yo’nalishlarni o’z gavdasining 
tomonlarini bilganligi asosida o’zlashtiradi. Bolakaylar bungu kundalik turmush faoliyatida 
o’rgatiladi. Masalan, yuvinish, kiyinish jarayonida tarbiyachi bolalarning gavda qismlarini aytib 
ularni o’ng va chap qo’lni farqlashga o’rgatadi; tushlik vaqtida qoshiqni o’ng qo’lda ushlashni, chap 
qo’lda esa bir burda nonni ushlashni o’rgatadi, bolalarga chap qulog’i, o’ng qulog’i, chap oyog’i, 
o’ng oyog’i qaerdaligini ko’rsatishni taklif qiladi; chap oyoq, chap ko’z, chap quloq, chap qo’l 
joylashgan tomonda, o’ng oyoq, o’ng ko’z, o’ng quloq esa o’ng qo’l tomonda joylashganligini 
tushuntiradi. 
Elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish mashg’ulotlarida bu vazifalar. 
“Qo’g’irchoqni cho’miltirish”, “Qo’g’irchoqni uzlashga yotqizish”, “Qo’g’irchoqni kiyintirish” 
kabi didaktik o’yinlarda aniqlashtiriladi. Masalan, tarbiyachi kichkintoylarga qo’g’irchoqning 
boshini, yuzini (oyoqlarini) yuvishni, so’ngra esa, uning (bolaning) o’zi yuzi, boshi va boshqa 
a’zolari qaerda ekanligini ko’rsatishni so’raydi. 
Bolalarga fazoviy yo’nalishlarni o’z gavdasining aniq qismlariga mos qo’yishni o’rgatish 
kerak, yuqoriga – bosh tomonga, pastda – oyoqlar, oldinda yuz, chapda – chap qo’l, o’ngda – o’ng 
qo’l. 
Mashg’ulotlarda kichkintoylarni pastda – yuqorida, oldinda – orqada, chapda – o’ngda kabi 
juft qarama – qarshi yo’nalishlarni farqlashga o’rgatish kerak. 
Bu malakalarga tayanib, tarbiyachi bolalarni “o’zidan”ga nisbatan oldinga- orqaga, o’ngga –
chapga kabi fazoviy yo’nalishlarni ko’rsatish va aytishga o’rgaish kerak. Masalan, ayiqchaga oldin 
o’ng qo’l, keyin chap qo’l bilan silkashni, qo’g’irchoq qaysi tomonga ketganini (o’ngga, chapga, 
zinadan yuqoriga, pastga), koptok qayoqqa dumalaganini ko’rsatish va aytishni so’raydi; 
bayroqchalarni oldin tepaga ko’tarish, so’ngra pastga tushirishni; qo’llarni oldinga (o’z oldiga, 
to’g’risiga), chapga, o’ngga cho’zish, ularni orqaga yashirishni va h.k.ni so’raydi. Bu xil mashqlar 
vaqtida hg’amma bola va tarbiyachi bir tomonga qarab o’tirishlari yoki turishlari kerak. 
Dastur vazifa (masala) larini amalga oshirish “Bayroqcha qaysi tomonni ko’rsatmoqda?” 
kabi o’yin-mashqlar yordamida bajariladi. Bolalar, masalan, bayroqcha bilan qaysi yo’nalish 
(yuqori yoki past, to’g’ri yoki orqa, chekaa) ko’rsatilayotganini payqab olishlari kerak. Ularning 
o’zlari bayroqchalar, lentalar, pufaklar (sharlar), koptoklar yordamida ko’rsatilgan o’yin – 
topshiriqlarni bajaradilar. Yo’nalishlarni hisobga olgan holda fazoda mo’ljal olishning birinchi 
tajribasi, fazoning o’zini idrok qilishning qayta qurilishi shunday sekin – asta tarkib topadi.
Asosiy yo’nalishlar bo’yicha tashqi dunyoning fazoviy tavsifini o’zlashtirish uzoq davom 
etadigan jarayondir. Maktab yoshidagi o’quvchilarda fazoni bunday idrok qilish va asosiy 
yo’nalishlarni bilganlik asosida mo’ljal olish uchun ba’zi asoslargina yaratiladi. Bu bir tomondan, 
ikkinchi tomondan esa, tekislikda mo’ljal olishning ba’zi malakalari (rasm solish, elementar 
matematik tasavvurlarni rivojlantirish mashg’ulotlarining borishida) egallanadi. Bolalar varaq 
o’rtasini, uning yuqori va pastki qismlarini farqlashni, har xil yo’nalishlarda (chapdan o’ngga, 


yuqoridan pastga qarab) oziqlar o’tkazishni o’rganadilar, sanoq materialini ustki va pastki 
poloskalarga qo’yishni, uni varaqda, kartochkada chapga yoki o’ngga joylashtirishni o’rganadilar. 
To’rt yoshga qadam qo’ygan bolalarning ish mazmunida yana bitta vazifani,ya’ni buyumlar 
orasidagi fazoviy munosabatlarning ba’zi variantlarini (“ustida”, “ostida”, “orqasida”, “ichida”, 
“oldida”, “orqasida”, “yuqorisida”, “pastida”) bilib olish vazifasini ta’kidlash kerak. Bu vazifa 
o’yinlar (“O’yinchoqlar berkinmachoq o’ynaydi”, “Quyoncha qaerga yashirindi?”, “O’yinchoqni 
qaerdan topdingiz?” shaklida qiziqarli hal qilinadi. 
Dastur vazifasini bajarish kontekstida lug’at ustida ishlash ham olib boriladi. Maktabgacha 
yoshdagi kichik bolani dasturda nazarda tutilgan fazoviy belgilashlarni to’g’ri tushunishining o’zi, u 
(hatto ba’zida) yo’naltiruvchi savollar yordamida bu munosabatlardan mustaqil foydalana oladigan 
bo’lishining o’zi mutlaqo kifoya. 
Ikkinchi kichik guruh bolalari uchun o’ng va chapni farqlash juda qiyinlik bilan amalga 
oshadi. “O’ngga –chapga” yo’nalishlarini farqlashga o’rgatishning dastlabki bosqichida qanday 
pedagogik yo’l -yo’riq amalga oshirilishi kerakligi haqida fikr yuritamiz. 
O’z qo’llarini farqlash qobiliyati avval bolaning o’ng va chap qo’llari chun xos bo’lgan 
harakatlarni bajarish jarayonida seziladi. Masalan, ovqatlanish vaqtida u qoshiqni o’ng qo’li bilan, 
nonni esa chap qo’li bilan ushlaydi; rasm cholish mashg’ulotlarida bola chap qo’li bilan rasmni 
tutib turadi, o’ng qo’lida esa qalam, mo’yqalam bo’ladi. Bu ikki vaziyatdan tarbiyachi, bunday 
foydalanadi; mashg’ulot boshlanishida (yoki ovqat eyish oldidan) bolalar e’tiborini qalam (yoki 
qoshiq) ni har doim o’ng qo’lda tutish kerakligini, chap qo’l bilan esa, qog’oz varag’ini (yoki 
taqsimchani) tutib turish (nonni ushlash) kerakligini uqtiradi. Tarbiyachi bunga bolalar e’tiborini 
tortibgina qolmay, balki ko’rsatadi ham. Hatoga yo’l qo’ygan (yanglishgan) bolaga tarbiyachi 
ikkinchi marta ko’rsatadi (“Mana endi hammasi to’g’ri; qalam o’ng qo’lingda, chap qo’ling bilan 
esa qog’ozni tutib turasan”) 
Bolalarning harakatlarini tekshirishda tarbiyachi ular bilan suhbatlashadi, ma’qullaydi. 
Pedagogik baho his –tuyg’uga to’la bo’lishi, to’la qanoatlanganlikni ifodalashi, o’z 
tarbiyalanuvchilarining topqirliklaridan hayratlanishi”ni ifodalashi muhimdir. 
Bunday baholash o’ziga xos pedagogik usul bo’lib, bolaning harakatlari to’g’riligini 
ifodalabgina qolmay, balki his – hayajonli kayfiyat hosil qilida, ularning bunday mashqlarga 
bo’lgan qiziqishlarini oshiradi, o’z qo’llarining fraqlashni tezroq o’rganib olishga istak uyg’otadi. 
1. 
Tarbiyachi dastlab bolalarga qo’llarini nomlari bo’yicha farqlashni o’rgatadi. 
Tarbiyachi bolalarning qo’llarini belgilaydi, bolalar ularni fraqlashadi. Shu maqsadda bu 
bolaga murojaat qilib so’raydi: 
- Sening o’ng qo’ling qani? 
- Mana (ko’rsatadi) 
- Sening o’ng qo’lingdagi nima? 
- Qoshiq. 
- Sening chap qo’lingdagi nima? 
- Non 
- Balli, sen qaysi qo’ling o’ng, qaysi qo’ling chap ekanini juda yaxshi bilar ekansan. 
Bir necha mashg’ulotdan keyin, bunday deb so’rash mumkin: “Hozir, men sizlardan o’z 
o’ng va chap qo’lingizni bilish bilmasligingizni so’rab, tekshiraman. “Odatda, bolalar 
tarbiyachining savollariga faollik ko’rsatib, mamnuniyat bilan javob beradilar (“Mendan hali 


so’ramandingiz”, “Men g’am bilaman”, “Qoshiq qaysi qo’limda ekanini mendan so’rang”, 
“Toping-chi, qalam qaysi qo’limda”). Bunda tarbiyachining vazifasi bu faollikni quvvatlab 
turishdan iborat. U so’raganda, bolalar ba’zida xato qiladilar (bunday xatolardan bolakaylarning 
hayajonli ta’sirlanishini ko’ra bilish kerak). Xato o’ziga xos pedagogik usuldir. Unda bola qaysi 
qo’li o’ng, qaysi qo’li chap qo’l ekaini pedagogga mamnuniyat bilan tushuntiradi. 
Bunday kichik mashqlar nihoyatda zarurdir. Bu xid mashqlarning davomiyligi bir yarim – 
ikki minutdir. Mashqlar bolalar e’tiborini asosni faoliyatdan chetga tortadi, deb aslo xavotir 
olmaslik kerak. Aksincha, bunday mashqlar bolalarning hayotiy faoliyatiga to’liq ravishda ijobiy 
ta’sir etib, ularni faollashtiradi. Mashqlar o’ziga xos “ma’naviy – his – tuyg’uga to’la 
tetiklashtirishning o’rnini bosadi, e’tiborning yo’nalishini o’zgartirish mexanizsomini mashq 
qildiradi. Ularning ta’limiy samarasi ravshan, bu samara mashqlarning kollektiv shakllarini 
o’tkazish rejimida (“haftasiga 3-4 marta individual ish bilan qo’shib olib borilganda) atigig bir – bir 
yarim oy o’tganidan keyin so’zila boshlaydi. 
Shunga qaramay, bunday savol paydo bo’lishi mumkin: “Aniq maqsadga yo’naltirilgan 
ta’limning boshlanishida nega ilk bor bunday mashqlar, albatta, faqat ma’lum pedagogik 
vaziyatlarga jiddiy “Bog’langan” bo’lishi zarur? Gap shundaki, rasm solish mashg’ulotlarida, 
noneshta, tashki ovqat, kechki ovqat vaqtida bolalar har qaysi qo’l uchun “arakterli bo’lgan 
harakatlarni bevosita bajarishadi. Boshqa sharoitda bolalar bu harakatlar haqidagi tasavvurlar bilan 
ish ko’rishlariga to’g’ri keladi. Shu sababli noto’g’ri beriladigan javoblar miqdori ortib ketadi. Ana 
shuning uchun ham mashqlar samaradorligini orttirishning muhim sharti – oldinggi tajribani 
aktuallashtirib borishdan iborat. Qiyinchilik paydo bo’lgan hollarda farqlashning asosiy mezonini 
eslatib qo’yish zarur (“O’ng qo’lingda har doim qoshiqni ushlaysan” va h.q) Harakaterli tmooni 
shundaki, tarbiyachining yordami bolalarda faol harakat reaksiyasini uyg’otadi: ular tasavvurdagi 
qoshiqni (qalamni) qaysi qo’lda ushlash qulay ekanini qandaydlir darajada sinab ko’rishadi. Shu 
bilan ilgari shakllangan sensomator bog’lanishlar kompleks ravishda jonlantiriladi, shundan keyin 
bolalar taklif qilingan topshiriqlarni ko’proq ishonch bilan bajaradilar. 
Mashqlardan bog’cha tartibotining har xil momentlari (yuvinish, kiyinish, sayrga chiqishga 
yig’ilish)da foydalanish mumkin. O’z qo’llarini fraqlash malakasi uchun konkret pedagogik 
vaziyatda, musiqa, matematika, konstruksiyalash mashg’ulotlarida, harakatli o’yinlar vaqtida va 
jismoniy tarbiya mashqlarida bir necha daqiqa ajratish mumkin. 
Masalan, ikkinchi kichik guruhda o’tkaziladigan matematika mashg’ulotlarida tarbiyachi 
dastur vazifalarining butun bir kompleksini amalga oshirishi mumkin. Buning uchun galdagi vazifa 
xuddi oldingidek, o’z qo’llarini farqlash ko’nikmasini takomillashtirishdan iborat. Shu asosda 
keyingi yosh guruhlarda tarbiyachi o’z tarbiyalanuvchilarini o’ng va chap oyoqlarini, ko’zlarini bir 
– biridan farqlashga o’rgatadi. Dasturning bu vazifasi bolalarni umumlashtirilgan idrokka, juft 
qarama- qarshi tomonlarni aniqlashga olib keladi. 
Mashg’ulotni guruh bilan yoki bitta bola bilan o’tkazish ham mumkin. Mashqlarning o’yin 
shakllarining samaradorligi, pedagogik jarayonda ulardan keng foydalanishning mumkinligi mazkur 
didaktik vositaning alohida ommaviyligidadir. Mana shu o’yin – mashqlarning varaintlari bo’lib, 
ularning maqsadi – qo’llarni o’z nomlari bo’yicha amalda fraqlashdan iborat. Bu mashqlarning 
davomiyligi 4-5 minutdan ortmaydi. 
“Qo’llaring qayerda?” Topshiriq: qo’llarni orqaga yashirish. Tarbiyachi oldin bolaning o’ng 
qo’li qayerda, chap qo’li qayerda ekanini topadi, so’ngra bitta (yoki bir nechta) bolaga o’z qo’llarini 
ko’rsatish va ularning nomini aytishni taklif qiladi. 


“Zoldir qani?” Topshiriq: zoldirni kaftga berkitish. Tarbiyachining vazifasi zoldir qaysi 
qo’lda – o’ng qo’ldami yoki chap qo’lda ekanini topish. Shundan keyin tarbiyachi bolalarga navbati 
bilan o’zlarining chap va o’ng qo’llarini ko’rsatishni, ularni atashni, zoldir qaysi qo’lga 
yashirilganini aytishni taklif qiladi. 
“Bayroqchani ol”. Tarbiyachi bolalar qaysi qo’l o’ng (chap) qo’l ekanini eslashlarini, shu 
qo’l bilan bayroqchani olishni; bayroqchani boshqa qo’lga o’tkazishni, qo’lni yuqori ko’tarishni, 
bayroqlani silkitishni va yana boshqa (chap) qo’lga o’tkazishni taklif qiladi. Yoki ko’k bayroqcha 
(chap) qo’lga o’tkazishni taklif qiladi. Yoki ko’k bayroqcha (lentacha) o’ng qo’lda, sariq bayroqcha 
chap qo’lda. Topshiriq: bayrochalar o’rinlarini almashtirish. Shunday keyin tarbiyachi so’raydi: 
“Bayroqning rangi qanday? U qaysi qo’lda?”. 
“O’yinchoq qaysi qo’lda?” Tarbiyachi oldin bolalardan biriga o’yinchoqni o’ng (chap) qo’l 
bilan olishni aytadi. keyin esa, bola o’yinchoqni qaysi qo’liga olishni xohlasa, o’sha qo’liga olishini 
va o’yinchoq qaysi qo’lida ekanini aytishni taklif qilishi va u o’ng qo’lida qanday o’yinchoq, chap 
qo’lida qanday o’yinchoq borligini aytishi kerak. 
“Toshlarni boshqa qo’lingga o’tkaz”. Bir nechta (5-6 ta) toshni bir qo’ldan ikkinchi qo’lga 
o’tkazish kerak. Topshiriqni bajarish jarayonida bola o’z qo’llarini farqlaydi, ularni belgilaydi. Shu 
bilan bir vaqtda bola “bitta” va “ko’p” atamalarini farqlashni o’rganadi. 
O’z qo’llarini farqlashga oid bundan keyingi mashqlar qiyinroq harakatlar bilan bajariladi. 
“Nima og’ir?” Topshiriq: ikki buyumdan qaysinisi og’ir )yengil) ekanini aniqlang: qaysi 
qo’ldagi (o’ng yoki chap qo’ldagi) buyum og’ir, qaysi qo’ldagisi yengil ekanini aniqlash. Bolalar 
kichik guruhda olingan bilimlar asosida “o’ngga chapga” “fazoviy yo’nalishlar) bilan tanishadilar. 
Bu yosh guruhlarida bolalar bu yo’nalishlarni farqlashgagina o’rgatiladi. (bilib olish, mustaqil 
aytish va ko’rsatish). 
Dasturning navbatdagi muhim vazifasi chegaralangan gorizontal tekislikda (qog’oz varag’i, 
sanoq mateirallini qo’yish uchun kartochka) “O’ngga chapga) yo’nalishlari bo’yicha mo’ljal 
olishning dastlabki malakalarini rivojlantirishdan iborat. Bolalar o’ng qo’llari bilan sanoq 
materialini tanlab olib, ularni kartochkaga chapdan o’ngga yo’nalish bo’yicha qo’yishni 
o’rganadilar. Topshiriq; tekislikning uzunligini boshqa poloska yoki lentacha bilan taqqoslash 
uchun teksilik ush, nihoyat, uchinchidan tekislikda mo’ljal olish. Endi umumlashtiruvchi 
xulosalarni (tavsiyalarni) bayon qilish (ifodalash0 bilan cheklanamiz: 
1. Bolalar o’ng va chap qo’l bilan harakat qilish (ishlash)ning starlicha va rang barang amaliy 
tajribasini to’plashlari kerak. Oldin bu harakatlarning differensial harakterini (o’ng qo’lda qoshiqni, 
qalamni, mo’yqalamni ushlash, chap qo’lda taqsimcha, qog’oz varag’i va hokazolarni tutib turish) 
mustahkamlash, so’ngra bolalarni qo’llarining nomlari bo’yicha farqlashsh, nihoyat, uchinchidan 
tekislikda mo’ljal olish. Endi umumlashtiruvchi xulosalarni (tavsiyalarni) bayon qilish (ifodalash0 
bilan cheklanamiz: 
1. Bolalar o’ng va chap qo’l bilan harakat qilish (ishlash)ning starlicha va rang barang 
amaliy tajribasini to’plashlari kerak. Oldin bu harakatlarning differensial harakterini (o’ng qo’lda 
qoshiqni, qalamni, mo’yqalamni ushlash, chap qo’lda taqsimcha, qog’oz varag’i va hokazolarni 
tutib turish) mustahkamlash, so’ngra bolalarni qo’llarining nomlari bo’yicha farqlash va mustaqil 
nomlashga undash zarur. 


2. Qo’llarning nomi bilan har qaysi qo’l uchun xos bo’lgan harakatlar xarakteri (bola o’ng 
va chap qo’li bilan nima qiladi) orasidagi aloqani mustahkamlash. 
3. O’rgatuvchi mashqlarda ikkala qo’lning nomi va harakat xarakteri bo’yicha qiyoslash 
kerak. Taqqoslash differensiallash jarayonini jadvallashtiradi. 
4. Mashqlar va differensiallash tobora murakkablashtira borilishi kerak. 
a) o’ng va chap qo’l uchun xarakterli bo’lgan tabiiy harakatlarni bajarish jarayonini 
aniqlashdan bu harakatlar haqidagi tasavvurlar asosidagina farqlashgacha; 
b) berilgan masala yagona va mustaqil bo’lgan (“Sening qo’llaring qayerda?”, “Bayroqchani 
ol”, “Zoldir qani?”) vaiyatda aniqlashdan, natijada uni bajarish jarayonidan (“Qaysi qo’l bilan 
uzoqqa?)”, “Qaysi qo’l bilan aniqroq?”) farqlashgacha murakkablashib borishi kerak. 
Pedagogik tajribani tahlil qilish ko’pincha bolalar bilan ishlash natijalari kutilganidan 
anchagina past ekanini ko’rsatmoqda. Buning sababi uslubiy harakterlagi xatolarga yashirinib 
yotibdi. Ularni harakterlab o’tamiz. 
Ko’pincha tarbiyachilar qo’llarning aniq nomlari (“chap, “o’ng”) o’rniga bu qo’l” yoki 
“yo’q, bu qo’l emas, boshqasi”, deyishadi. Boshqa bir xato. Tarbiyachi qo’llarni o’z vaqtida va 
to’g’ri belgilaydi, bolalarni ularni mustaqil nomlashga undaydi. Ammo og’zaki bilimlarda asosiy 
mezon – har qaysi qo’l uchun haarkterli bo’lgan haarkat faoliyatini tushunib yetishdan uzilgan 
holda shakllantiriladi. Sensor komponentdan uzilgan holda og’zaki farqlash jiddiy uslubiy xatodir. 
Navbatdagi xato. Tarbiyachi ko’pincha xatoni mustaqil tuzatish muhimligini yetarlicha 
baholamaydi. U yerdan berishga shoshiladi, bayroqchani chap qo’ldan o’ng qo’lga o’tkazadi. Natija 
ravshan: kichkintoy endi bayroqchani o’ng qo’lida ushlab turibdi, yo’l qo’yilgan xatoga tushunib 
yetilmagan. Yana bitta xato. Bilish jarayonini jadallashtirish maqsadida tarbiyachi mezon sifatida 
mo’ljallangan buyumlarni aytadi, masalan, “derazaga yaqin turgan qo’l o’ng qo’l, chap qo’l esa 
devorga yaqin turgan qo’ldir”. Aniq shart – sharoitda, tushunarliki, hammasi xatosiz aniqlanadi. 
Ammo shuni hisobga olish kerakki, bu holda bolalar eng oldin buyum oriyentirlarni farqlaydilar. 
Bizning hozirgi “o’ng – chap” dunyomiz keng va turli tumandir. Uni hatto katta yoshdagi 
bolaning ham mustaqil ravishda tushunib olishi oson emas, unda, masalan, fazoviy 
xarakteristikaning nisbiyligi, uning hisob boshlanadigan nuqtaga nisbatan bog’liqnligi aralashib 
ketishi mumkin. Bunday holda nima absolyut va o’zgarmas? Bolaning o’z fazoviy sxemasi 
(koordinatlari) o’zgarmas. Har qaysi odamning sxemasi va buyum olmi obyektlarining fazoviy 
sxemasi o’zgarmas. Maktabgacha yoshdagi bolalarning maktabgacha muassasalar dasturining 
“Fazoda mo’ljal olish” bo’limi bo’yicha elementar “fazoviy ta’limi” mana shu haqiqatlarni 
o’zlashtirib olishdan boshlanadi. 

Download 1,04 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish

Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish