vrach xonasi qayerda joylashganini, ularga qanday borishni biladilar.
Bularning hammasi atrofni
o’rab olgan fazoda katta qiziqish bilan mo’ljal olishdan darak beradi. Pedagogik ishning ushbu
yo’nalishi keyingi yosh guruhlarida asosan bolalar bilan kundalik muloqotlarda, ya’ni o’qishdan
tashqari vaqtda ham keng joriy qilishadi.
O’rta guruhda o’quv faoliyatini tashkil qilish jarayonida tarbiyachi boshqa masalalarni ham
hal qiladi: 1) fazo haqidagi dastlabki bilimlarni mustahkamlaydi, ularni kengaytiradi va
teranlashtiradi, yangi ma’lumotlar beradi; 2) olingan bilimlarni o’yinlarda,
dasturning boshqa
bo’limlariga bag’ishlangan mashg’ulotlarda har xil hayotiy situasiyalarda qo’llashga o’rgatadi.
“Bolalar bog’chasida ta’lim tarbiya dasturi”ning “Fazoda mo’ljal olish” bo’limiga mos ravishda
tarbiyachi bolalarga o’ziga nisbatan yo’nalishni aniqlashni, berilgan yo’nalishda harakat qilishni
(oldiga – orqaga, yuqoriga – pastga, o’ngga -chapga), o’ziga nisbatan buyumlarning holatini so’zlar
bilan tushuntiradi.
Ammo oldin bolaga nsibatan qarama- qarshi yo’nalishda turgan, ya’ni oldida orqasida,
o’ngda – chapda turgan 1-2 ta o’yinchoqni, buyumlar joylashuvini aniqlashga dir topshiriq beriladi.
O’yinchoqlar yoki qandaydir buyumlar soni asta –sekin 4 taga yetkaziladi.
Dastlabki vaqtlarda
buyumlarni boladan uncha uzoqmas masofaga (uning yoniga) joylashtirish ma’qul. Keyinchalik
masofani kattalashtirib borish kerak. Tarbiyachining topshirig’iga binoan, bola xonaning ma’lum
bir joyiga turadi va o’z oldida chapida va o’ngida qanday buyumlar turganini aytadi. shundan keyin
tarbiyachi boladan o’ngga (chapga) turilishini va yana qanday buyumlar undan qaysi yo’nalishda
turganligini aytishni so’raydi.
Fazoda (“Top-chi, bunda nima bor?”, “Biling –chi, nima o’zgaribdi?” tipidagi) mo’ljal
olishga doir mashqlar o’yin xarakteriga ega bo’lishi kerak.
Bolalarda berilgan yo’nalishda harakat qilish malakaisni tarbiyalash maqsadida “Qayerga
borsang, shuni topasan2, “Buyumni top”, “Bayroqchani top” kabi didaktik o’yinlardan foydalanish
mumkin. Bolalar o’yin topshiriqlarni bajarishda asosiy fazoviy yo’nalishlarni farqlashni va ularni
belgilashni, mashq qiladilar. Masalan, tarbiyachi bolalar yo’qligida o’yinchoqlarni xonaning har xil
joyiga (rasm orqasiga, gilam ostiga, shkafga va h.qga) berkitadi. O’yin
boshlanishidan oldin, u
bolalarga berkitilgan o’yinchoqlarni qidirishlarini aytadi. shundan keyin, u bolalarni navbati bilan
stol yoniga chaqiradi, o’yinchoqni qaysi yo’nalishda qidirish kerakligini aytadi. Izlanishni
boshlashdan oldin bola qanday o’yinchoq va qaysi yo’nalishni takrorlashi kerakligiga alohida
e’tibor beriladi.
Ishning mazmuni aniq va ixcham ifodalangan. Uni sharhlaymiz.
Besh yoshga qadam
qo’ygan bolalar fazoviy yo’nalishlarni farqlashlarigina emas, balki unga amal qilishlari ham kerak.
“Dastur...ja” bolalarni berilgan yo’nalishda harakat qilishga o’rgatish kerakligi ta’kidlanadi.
Shunday qilib, bilimlar bolalar tajribasida akslanishi, asosiy yo’nalishlarni hisobga olgan olda
mo’ljal olish malkalarida sezilishi kerak. Bu yangi masala. Mana shuning uchun ham o’quv –o’yin
topshiriqlarining bajarilish sur’ati dastlab sustroq bo’ladi. Axir bola berilgan yo’nalishni
aniqlashdan oldin, ikki taklifdan birini tanlab olishi uchun (“Qayerga borasan? nima topasan?” deb
ataluvchi mashhur o’yin namunasida) oldin o’ylab olishi kerakda.
Dasturga muvofiq o’rta guruhda bolalar ko’proq fazoda o’zlaridan mo’ljal olishlari kerak,
fazoda buyumlarning “o’ziga nisbatan” joylashganligini elementar tasavvur qilishlari kerak. Bu
mazmun elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishga bag’ishlangan mashg’ulotlarda
didaktik vositalar – didaktik o’yinlar, qiziqarli mashqlar, “Nima o’zgardi?” tipidagi o’yin –
mashqloar yordamida ro’yobga chiqadi. O’yinchi oldida turgan vazifa o’yinchoqlarning
joylari
o’zgartirilmasdan va o’zgartirilgandan keyingi joylashuvlarini topishdan iborat. Buyumlar oldin bir
– biridan uncha uzoq bo’lmagan masofada joylashtiriladi. Ushbularni aniqlash kerak, uy qanday
rangda, u qayerga joylashgan, boladan boshlangan yo’lning oxiridami,
boladan oldindami,
orqadami, undan o’ngdami yoki chapdami, uyga borishda yo’lda qanday o’yinchoqlar uchraydi,
ulardan qasilari bolaga yoki uyga yaqin (uzoq) joylashgan va h.q atrofdagi buyumlarning fazoviy
xarakteristikalarini tushunishlari, uning fazodagi xususiy joylashuviga bog’liqligi asta –sekin mana
shunday oydinlashtiriladi.
Bu xil o’yin – mashqlar real buyumli atrofni alohida buyumlar joylashuvining fazoviy
xarakteristikasi bilan birgalikda idrok qilishga tayyorlaydi.