Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/33
Sana16.02.2024
Hajmi1,04 Mb.
#157864
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33
Bog'liq
Bikbayeva kitob matematik tasavvurlar

Maktabga tayyorlov guruhi 
Maktabga tayyorlov 
guruhida 
bolalarning 
shakl haqidagi bilimlari 
mustahkamlanadi va sistemaga solinadi. Bolalar maktabga borgunlariga qadar 
quyidagi geometrik shakllarni farq qilish, nomlarini aytish, asosiy xossalari va 
belgilarini bilishlari kerak: doira, oval, to'g'ri to'rtburchak, kvadrat, uchburchak, 
to'rtburchak, shar, kub va tsilindr. Bu shakllarni bolalar rangi, kattaligi, proportsiyasi, 
u yoki bu figuralarning fazoviy holatlaridan qat`i nazar, bilishlari, hayotiy 
buyumlardan o'zlariga tanish shakllarni topa olishlari kerak. Bu ishga, odatda, 
mashg'ulotlarning bir qismi ajratiladi. 
Mashg'ulotlarda shu maqsadlarda o'yinlar o'tkaziladi, bu o'yinlarning shartiga 
ko'ra, bolalar atrofdagi buyumlardan o'zlariga tanish geometrik shakllarni topishadi. 
Masalan, tarbiyachi kvadrat shaklidaги buyumlarni aytishni taklif qiladi. Buyumni 
to'g'ri topib, uning shakli haqida gapirib bergan har qaysi bola bittadan fishka oladi. 
Ko'p buyum aytgan (ko'p fishka to'plagan) bola yutib chiqadi. Tarbiyachи buyumni 
ko'rsatmasdan, uning tasviri tushirilgan kartochkani ko'rsatishi mumkin. 
Bolalar olgan bilimlarni sistemaga solish, ularga ba`zi buyumlar orasidagi 
munosabatlarni tushunib olishda yordam berish muhim vazifalardan biridir. 
Bolalarni to'g'ri to'rtburchak va kvadrat modellaridan foydalanib, "to'rtburchak" 
tushunchasi bilaн tanishtirilgan. Эndi, ularga to'g'ri to'rtburchak 4 ta burchagi va 4 ta 
tomoni bo'lgan figura ekanini tushuntirish qoladi. Bolalarga bir nechta topshiriq 
berish mumkin, ya`ni ular to'rtburchak shaklidagи qanday buyumlarni bilishlarini, 
rasmda tasvirlangan buyumlar shaklini aytishlarini so'rash va shu kabи topshiriqlarni 
berish mumkin. 
Bolalarga bu figuralarni farq qilishnigina emas, balki ularni tiklay olishni ham 
o'rgatish kerak. Masalan, tarbiyachi bolalarga katakli qog'ozga tomonlari 4 tadan 
katakka teng kvadrat chizishni tavsiya qiladi. So'ngra tomonlari oldingisidan 2 ta 


katak ortiq bo'lgan kvadrat chizishni, ustki va pastki asoslari 4 tadan katakka, chap va 
o'ng tomonlari 2 tadan katakka teng to'g'ri to'rtburchak chizishni taklif qiladi. 
Topshiriqni bajarishganidan keyin bolalardan qanday figurani tasvirlaganlarini 
so'rash kerak. Tarbiyachi bolalarga bunday topshiriq berishi mumkin: tomonlari teng 
(har biri 4 katakdan) to'rtburchak chizing, uni ikkita figuraga ajrating (ajratishni 
chapdan o'ngga yoki yuqoridan pastga qaratib bajarish mumkin) va qanday figuralar 
hosil bo'lganini ayting. Keyingi mashg'ulotlarda bolalarga rasmi chizilgan kvadratni 
"burchagidan burchagiga" bo'yicha bo'lish va hosil bo'lgan figuralarni aytishni taklif 
qilish maqsadga muvofiq. U holda ham, bu holda ham bolalar figuralardan biri 
(to'rtburchak, uchburchak)ni rangli qalam bilan bo'yashlari mumkin. 
Bu xil mashqlar bolalarni geometrik figuralarning shaklini almashtirishga doir 
manqlarni bajarishga (2-4 ta doira qismidan butun doira yasash (tuzish); oldin 2 ta, 
keyin 4 ta uchburchakdan to'rtburchak tuzish va h.q.) zamin tayyorlaydi. 
Uchburchaklar va to'rtburchaklar haqidagi bilimlar asosida tarbiyachi yangi 
tushuncha - "ko'pburchak" tushunchasini kiritadi. Har xil turdagi uchburchaklar, 
kattaligi va fazodagi o'rni bo'yicha har xil bo'lgan to'rtburchak modellarini ko'rsatadi. 
Figuralarni qarab, ularning nimasi umumiy, degan savolga javob berishga harakat 
qilishni taklif qiladi. Bolalarning diqqatlarini uchburchaklar va to'rtburchaklarning 
tomonlari va burchaklari borligiga qaratish kerak. SHundan keyin bu figuralarning 
har birida qanchadan burchak borligini, bu figuralarni bir so'z bilan qanday atash 
(ko'pburchaklar) mumkinligini so'rash kerak. 
Bolalarni mashq qildirish uchun quyidagidek topshiriqlardan foydalanish 
kerak: "Bir xil o'lchamdagi 10 ta cho'pdan bir nechta ko'pburchak tuzing". "Katakli 
daftarga har xil o'lchamli va rangli ko'pburchaklar chizing". 
SHuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarni buyumlarni shakli bo'yicha 
guruhlashga doir mashq qildirish maqsadga muvofiq. Masalan, oldin bolalar 
buyumlarni 2 ta guruhga, ya`ni yumaloq shakldagi figuralar va ko'pburchaklar 
guruhlariga bo'lishadi. SHundan keyin ko'pburchaklar ichidan to'rtburchaklar va 
uchburchaklarni ajratishadi. Nihoyat, to'rtburchaklar orasidan kvadratlarni topishadi. 


Quyidagidek mashqlar o'tkazish foydali: "Top-chi, qatorda qaysi figura 
ortiqcha"?", "Qaysi figura etmaydi?", "Xuddi shunday shakldagi figurani top" va h.k. 
Tarbiyachi bolalarni sodda masalalar bosh qotirgichlar (cho'plardan har xil 
geometrik figuralar tuzish) bilan tanishtirishi mumkin. Masalan, 7 ta cho'pdan 2 ta 
kvadrat tuz; 6 ta cho'pdan to'g'ri to'rtburchak tuz; 7 ta cho'pdan 3 ta uchburchak tuz; 5 
ta cho'pdan 2 ta uchburchak va 1 ta kvadrat tuzish mumkinmi? Bu mashqlar bolaning 
topqirligini, xotirasini, tafakkurini rivojlantirish imkonini beradi. 
Butun ish ma`lum izchillikda tuzilishi kerakligi tushunarli. 
O'quv yili boshida tarbiyachi bolalarning shakl haqkidagi bilimlari darajasini 
aniqlaydi. 
Katta guruhda foydalanilgan usullarning o'zi bilimlardagi kamchiliklarni 
to'ldirishga yordam beradi. 
Geometrik figuralar haqidagi bilimlarni mustahkamlash va aniqlash, 
shuningdeq bolalarni kataklar bo'yicha o'lchashga mashq qildirish uchun katakli 
qog'ozda kvadratlar, to'g'ri to'rtburchaklar, doiralar, ovallar chizish bo'yicha mashqlar 
o'tkaziladi. 
Geometrik figuralar, shuningdek, sodda shakldagi buyumlar (bayroqchalar, 
olxo'rilar, olmalar, va h.k.)ning rasmini chizishga matematikadan 10-12 ta mashg'ulot 
ajratiladi. 
U yoki bu figura rasmini chizgandan keyin bolalar ularni ikki yoki to'rt qismga 
bo'ladilar, bunda ular figuralarning qarama-qarshi tomonlari yoki burchaklarini to'g'ri 
chiziq bilan birlashtiradilar va nima hosil bo'lganini gapirib beradilar. 
Bolalar tarbiyachining topshirig'iga ko'ra, har xil yo'nalishda ma`lum mikdorda 
kataklarni sanab, nuqta qo'yishlari va bu nuqtalarni o'zaro birlashtirib, u yoki bu 
figurani hosil qilishlari mumkin. 
Tayyorlov guruhida har xil alomatlariga ko'ra, ya`ni rangi, shakli, kattaligi va 
miqdoriga ko'ra buyumlarni guruhlarga ajratishga doir mashqlarga keng o'rin beriladi. 
Bolalarga figuralarning to'rtta-beshtadan har xil ko'rinishlari, uch-to'rt xil rangda 


ikkitadan beshtagacha xil o'lchamlarda beriladi. Ular bu figuralarning rangi va 
o'lchamiga e`tibor bermay, o'lcham alomati bo'yicha guruhlaydilar. 
Tarbiyachi dastlab bolalarga figuralarning belgilarini aniqlashda yordam beradi, 
keyinchalik esa, ularning o'zlari figuralarning qanday belgilari bo'yicha guruhlarga 
bo'lish, nechta guruh hosil bo'lishi, u yoki bu guruhga nechta figura kirishi kabi 
masalalarni mustaqil hal qiladilar, ya`ni oldin ishlarni rejalashtirishadi, keyin esa 
bajarishadi. Bolalar figuralarni guruhlashda bitta belgi bo'yicha mo'ljal olib, boshqa 
belgilarga e`tibor bermaydilar. 
Guruhlashga doir mashqlar o'tkazganda bolalarning figura haqidagi bilimlarini 
sistemalashtirish maqsadga muvofiq. Masalan, oldin figuralarni guruhga ajratish, 
so'ngra yumaloq figuralar orasidan doira va ovallarni, ko'pburchaklar orasidan 
to'rtburchaklar va uchburchaklarni ajratish kerak. Nihoyat, to'rtburchaklar orasidan 
to'g'ri to'rtburchaklar va kvadratlarni topish kerak. 
Bolalar ayrim shakllar orasida bog'lanishlar o'rnatadilar. Figuralar juftini 
tanlashga doir mashqlar shу maqsadga xizmat qiladi: uchburchaklar, to'rtburchaklar 
va h.k. Har xil rang va o'lchamdagi, ammo bir xil proportsiyadagi figuralar, masalan, 
teng yonli uchburchaklar juft tashkil qiladi. Bolalar har xil proportsiyadagi bir jinsli 
figuralarni taqqoslashadi. 
Bolalarga mantiqiy mashqlarni taklif qilish foydali, masalan, "Toping-chi, 
qatorda qaysi figura ortiqcha?", "Figuralarni tanlashda qanday xato qilishgan?" 
(Qator qilib qo'yilgan 6 ta uchburchak orasiga bitta to'rtburchak quyilgan va h.k.), 
"Qanday figura etishmaydi?" (uch-to'rt xil o'lchamdagi uchburchaklar, ovallar, 
to'rtburchaklar qatorlarga joylashtirilgan, har qaysi qatorga buyumlar kattaliklari 
kichiklashib boradigan tartibda joylashtirilgan, bir qatorda bitta figura etmaydi). 
Bir guruhdagi figuralarning ikkinchi guruhdagi figuralardan farq qilish 
alomatlarini topishga doir masalalar uchburchaklar, to'rtburchaklar va boshqa 
figuralar haqidagi tasavvurlarni mustahkamlash imkonini beradi. Doiralar va ovallar, 
uchburchaklar va to'rtburchaklar tasvirlangan juftlashgan jadvallardan foydalanish 
mumkin. Figuralar ikki-uch xil o'lchamda va rangda berilgan. 


Tayyorlov guruhi dasturida geometrik figuralar ko'rinishini o'zgartirish, bir xil 
figuralardan boshqa xil figuralar tuzish nazarda tutilgan. 
Tarbiyachi bolalarga o'z ixtiyorlaridagi figuralarni qarashni, ularni shakl 
bo'yicha taqsimlash, ulaр qanday atalishini va qanday kattalikda ekanini aytishni 
taklif qiladi. So'ngra esa, qandaydir ikki-uchta figura olib, ularni birlashtirish yo'li 
bilan qanday yangi figura tuzish mumkinligini o'ylab ko'rishni taklif qiladi. Bolalar 
figuralarni tuzganlaridan keyin, qanday yangi figuralar hosil bo'lganini va ular 
qanday figuralardan tuzilganligini gapirib berishni taklif qiladi. 
Bolalar qismlardan butun figuralar tuzib, ikkita yarimta, 4 ta yarimta, 
sakkizdan bir qismdan, doiraning to'rtdan biriga teng qismdan va h.k. dan nechta 
doira tuzish mumkinligini fahmlaydilar. 
Maktab yoshidagi katta bolalar bilan ishlashda geometrik mazmunli qiziqarli 
o'yin va manqlar katta foyda keltiradi. Ular matematik bilimlarga qiziqishni 
rivojlantiradi, bolalarning aqliy qobiliyatlarining o'sishiga yordam beradi. 
Bolalar topqirlikka doir masalalar, "boshqotirgichlar", yasashga doir 
masalalarni echadilar, masalan, bir figura yoniga ikkinchi figurani yasash yo'li bilan 
bolalar 7 ta cho'pdan ikkita kvadrat tuzadilar. U yoki bu rasm - applikatsiyani (xo'roz 
va b.) tuzishda nechta doira, uchburchak, to'g'ri to'rtburchakdan foydalanilganini 
aniqlashadi. U yoki bu rasm, yoki naqsh qanday figuralardan tuzilganini topadilar 
(fahmlaydilar), ular nechta ekanini ko'radilar. 
"Tangram" (geometrik konstruktor) o'yinida murakkab figuralar, ya`ni 
"quyoncha", "turnalar", "xo'rozcha" va boshqa narsalarni bolalar ettita sodda 
figuralardan yasaydilar. 
Tarbiyachi bolalarni masalaning echilish yo'llarini ongli izlashga o'rgatadi, 
ularga o'ylab ko'rish, fahmlash, so'zlab berish, so'ngra o'z echimini tekshirishni taklif 
kiladi. Masalan, tarbiyachi bundaй deydi: "Bu figuraga qarang, u bizga nimani 
eslatadi? Ha, bu xuddi xo'rozchadek, bu xo'rozni "Tangram" o'yinining ettita 
figurasidan tuzish kerak. Qarang, u qanday qismlardan iborat, har qaysi qism qanday 
figuralardan tuzilgan, ular qanday kattalikda va qanday joylashgan. Siz "xo'rozcha" 


figurasini qanday tuzishingizni gapirib bering". Agar dastlab tarbiyachi figuralarni 
bolalar bilan birgalikda qarasa, keyiichalik ularga tahlil rejasini beradi, shundan keyin 
esa ularni mustaqil tahlil qilishga o'rgatadi. 
Dastlabki ikkita-uchta figurani (murakkab figurani) bolalar namunaga qarab 
tuzadilar, namunada har qaysi figuraning chegarasi aniq belgilangan, keyinrok esa 
figuraning umumiy konturi tushirilgan namunaga amal qiladilar. 
SHundan keyin bolalar qanday buyumlarni o'yinning ettita figurasidan foydalanib, 
tasvirlash mumkinligini o'zlari o'ylab topadilar. 
SHuni esda saqlash muhimki, bolalarning amaliy harakatlaridan oldin masala 
echimining borishini aqalli oddiygina o'ylab ko'rilsagina, o'yinlar qiziqarli bo'ladi. 
Masalalar echish jarayonida bolalarni noto'g'ri tanlangan echish yo'lidan 
"Bo'lmadi, o'ylab ko'rchi, boshqacha qanday qilish mumkin" deb voz kechishga 
o'rgatib, ular tafakkurini rivojlantiradi. Alohida qiyinchiliklar bo'lgan holda 
echimning bir qismini aytib beradi, to'g'ri topilgan echimni rag'batlantiradi: "Bu 
cho'pni sen to'g'ri olding, o'ylab ko'rchi, yana qaysi cho'pni olish kerak". 
Tarbiyachi bolalarning mustaqilliklarini rivojlantiradi, masalanio'uzing echsang, 
o'shanda qiziqarli bo'ladi, deb ularni ishontiradi. Masalalarni echishga bolalarning 
kuchlari etadigan bo'lishi kerak, bo'lmasa, bolalarda ishtiyoq yo'qoladi. SHu sababli 
qiziqarli masalalar bolalar dasturda nazarda tutilgan shakl haqidagi bilimlarni 
o'zlashtirib olganlaridan keyin, shaklni to'g'ri aytibgina qolmay, balki uni qayta tiklay 
oladigan, shaklini almashtira oladigan, hayotiy buyumlardan o'zlariga tanish 
geometrik figuralarni topa oladigan bo'lganlaridagina beriladi. 

Download 1,04 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish

Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish