• VI BOB . BOLALAR BOG`CHASIDA BOLALARNI VAQT BO`YICHA MO`LJAL OLISHGA O`RGATISH
  • Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet29/33
    Sana16.02.2024
    Hajmi1,04 Mb.
    #157864
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
    Bog'liq
    Bikbayeva kitob matematik tasavvurlar

    Nazorat uchun savollar: 
    1. Fazoda mo’ljal olish tushunchasining mazmuni.  
    2. Ilk bolalikda «Fazoni his etish» xususiyatlari. 
    3. Bog’cha yoshidagi bolalarning o’znning tana a’zolari bo’yicha mo’ljal 
    olishga o’rganishi. Boshqa odamga nnsbatan? Bolalarga iisbatan? 
    4. Bog’cha bolalarining fazovny yo’nalish va chamalash bilimla -rini bilib 
    olishlari: «tana sxemasi bo’yncha», «obyekt sxemasi bo’-yicha», 
    «fazoviy yo’nalish bo’yicha». 
    5. Bog’cha bolalarining tekislik ustida mo’ljal olishga o’rga -nishlari (stol 
    ustida, qog’oz varag’i ustida va h. k.). 
    6. Bog’cha bolalarining narsalar orasidagi fazoviy munosabat -larni bilib 
    olishlari. 
    7. Bog’cha bolalarnda fazoga xos atamalarni egallash xususiyat-lari. 
    VI BOB . BOLALAR BOG`CHASIDA BOLALARNI VAQT
    BO`YICHA MO`LJAL OLISHGA O`RGATISH 
    Ikkinchi kichik guruh 
    Vaqt tushunchalarini shakllantirish ishini kunda-lik turmushda o’tkazish kerak. Aniq 
    kun tartibi (qat’iy o’rnatilgan turish vaqti, tonggi gimnastika, mashg’ulotlar, 
    ovqatlanish, hordiq chiqarish vaqtlari) bolalarda sutka qismlari haqida tasavvurlarni 
    shakllantirish uchun real sharoitdir. Sutka davomida tarbiyachi bolalar e’tiborinn ular 
    faoliyatlari xa-rakterlari bilan bog’liq har xil vaqt oraliqlari o’rtasidagi 
    munosabatlarga qaratadi. Tarbiyachi sutka qismini aytadi va bolalarning shu qismga 
    mos keluvchi faoliyat turlarini sanab o’tadi, masalan: «Hozir er-talab. Siz gimnastika 
    qildingiz, yuvindingiz, nonush-ta qilasiz». yoki «Hozir kunduzi. Kunduzi ota-
    onalarimiz ishlashadi, biz esa shug’ullanamiz». 
    Tarbiyachi bitta bola bilan, kichik-kichik guruhlar bilan suhbatlashib, ulardan 
    kechasi, ertalab (uyg’onganlaridan keyin), kunduzi nima qilganliklarini gapirib 
    berishni so’raydi. 
    Elementar matematik tasavvurlarni rivojlan-tirishga bag’ishlangan mashg’ulotlarda 
    bolaning sutka haqidagi tasavvurlari mustahkamlanadi. Maktabgacha yoshdagi 
    bolalarning har bir vaqt oralig’i uchun xarakterli bo’lgan faoliyat turlari tasvirlangan 
    rasmlar o’zlariga ko’rsatiladi va ulardan so’raladi: «rasmda tasvirlangan bolalar nnma 
    qilnshmoqda? Buni ular qaysn vaqtda qilshnmoqda?» Ushbu savollarga javob berish 
    taklif qilinadi: «Sen qachon dam olasan? Sayr qilasan? Uxlaysan? va h.k. 
    Kichkpntonlarga kunduzi, kechasi, ertalab, kechqurum tasvirlangan rasmlarni 
    sutkaning berilgan qismi uchun xarakterli bo’lgan amaliy faoliyatlari tavsiflangan 
    hikoyalardan, she’rlardan parchalar o’qishdan ham foydalapish mumkin. 
    Tarbiyachi bolalar bilan birgalikda ularnipg sutkaning u yoki bu vaqtiga mos 
    keladigan faoliyatlari va tabiat hodisalari tasvirlangan syujetli rasmlarni qaraydi, 


    illyustrativ materiallardan foydalanib va ularsiz didaktik o’yinlar o’tkazadi, 
    suhbatlashadi, hikoyalar, ertaklar o’qiydi. 
    Tarbiyachn asta-sekin bolalar sutka qnsmlarining xarakterli belgilarinn 
    farqlashlarnga, ularni gapirib berishlariga erishadi. 
    Ishni vaqtning oraliqlarn, ya’ni kunduz-kecha, ergalab-kechqurun, yaqqol 
    tasvirlangan rasmlarni qarashdan boshlagan ma’qul. Bunda tarbiyachi bolalarning 
    vaqtning u yoki bu oralig’idagi faoliyatlari haqidagi xotiralarini faollashtiradi. 
    Masalan, kun tas-virlangan rasmni ko’rsatadi va so’raydi: «Rasmda nima 
    tasvirlangan?» 
    Bolalar. Bolalar o’yiashmoqda. Quyosh yorntmoqda. Qushchalar uchgloqda. 
    Tarbiyachi. Qachon quyosh yorqin nur sochadi? 
    Bolalar. Kunduzi. 
    Tarbiyachi- Bolalar, siz kunduzi nima qilasiz? 
    Bolalar. Uynaymiz, ovqatlanamiz, shug’ullanamiz va boshqa ishlarni qilamiz. 
    Tarbiyachi. Ota-onalarimiz kunduzi nima qilishadi? 
    Bolalar. Ota-onalarimiz kunduzp ishga borishadi. 
    Shundap keyin, kechasi tasvirlangan rasmni qarab, bolalar kechasi qorong’i 
    bo’lishini, osmonda yulduzlar va oy bo’lishini, uylarda elektr lampochkalar 
    yonayotganini, kechasi hamma uxlashini ta’kidlaydilar. 
    Tarbiyachi bolalar bilan birgalikda ertalab va kechqurun tasvirlangan rasmlarni 
    ham xuddi shu usulda qaraydi. Tabiatda va odamlar faoliyatida sutkaning u yoki bu 
    qismi yorqin tasvirlangan (ajratilgan) rasmlarni tanlashadi. 
    Bolalar olgan bilimlarini keyingi mashg’ulotda mustahkamlash zarur. Shu 
    maqsadda sutkaning har bir qismiga oid belgilar yorqin tasvirlangan ertak aytib 
    berish mumkin. Masalan, tarbiyachi quyonchani stolga o’tkazadi va u 
    o’rmondan kelganligini aytadi. Quyoncha bolalar bilan salomlashadi «Hozir, 
    — deydi tarbiyachi, — shu quyoncha haqida ertak aytib beraman». Urmonda 
    bir quyoncha yashar edi. Bir kun ertalab vaqtli uyg’ondi, derazadan qaradi va 
    o’rmon yorug’, quyosh ko’tarilib kelayotganini, qushlar sayrayotgan ini ko’rdi. 
    Quyoncha bo’sag’aga chiqdi — kun issik, badantarbiya qildi. Tishlarini 
    tozaladi, yuvindi. Shundan keyin nonushta qilish uchun stol yoniga o’tirdi... 
    Nonushta qilib bo’lganidan keyin, o’z do’stlari — quyonchalar bilan o’ynash 
    uchun o’rmonga chopib ketdi. 
    Tush payti bo’ldi. Urmon juda islb ketdi. Quyoncha uyiga chopib bordi, 
    panjalarini yuvdi va ovqatlanish uchun stol yoniga o’tirdi. Tushlikdan keyin 
    hordiq olish uchun karavotchaga yotdi, uxlab uyg’onganidan keyin yana 
    o’ykash uchun o’rmonga chopib ketdi. 
    Mana endi quyosh bota boshladi. Qorong’u tushaboshladi. Qushchalar 
    sayrashdan to’xtashdi. Qyech bo’ldi. Quyoncha o’z o’rtoqlari bilan xaprlashib, 
    uynga chopib ketdi. Uyida u ovqatlandi va uxlash uchun yotdi.
    Tym qorong’i kecha boshlandi. Urmonda hamma narsa — quyoncha ham
    qushcha ham, kapalak ham uxlamoqda, quyosh ham uxlamoqda, Faqat 
    yulduzlar bilan oy bedor. Ular tim qorong’u kechada yorqin nur sochib 
    turishibdi. 


    Bolalar, quyoncha o’z fotosuratini o’rmondan keltirdi, u qachon suratga 
    tushganini, ya’ni ertalab, kech-qurun, kunduzi yoki kechasi suratga tushganini 
    bilishni istaydi». 
    Tarbiyachi quyonning sutkaning har vaqtidagi hara -katlari tasvirlangan 
    rasmlarni bolalarga ko’rsatadi-Bolalar qachon nima bo’lishini aniqlaydilar va 
    nega bunday deb o’ylashlarini tushuntirib beradilar. 
    Keyingi mashg’ulotda tarbiyachi har qaysi bolaga ertalab, kechqurun, 
    kunduzi va kechasi tasvirlangan to’rttadan rasm beradi va sutkaning u yoki bu 
    vaqti tasvirlangan rasmni ko’rsatishni so’raydn. Eng yaxshisi bolalarning va
    kattalarning harakatlarn yoki tabiat hodisalari tasvirlangan rasmlarni tanlash 
    maqsadga muvofiq. Bu mashg’ulotda vazifa yanada murakkablashtiriladi. 
    Bolalar mustaqil ravishda sutkaning har-xil qismlari uchun xarakterli bo’lgan 
    belgilarni ajratishlari kerak, bitta emas, balki birdaniga to’rtada rasmni 
    tahlil qilib, ularni tarbiyachi aytgan tartibda joylashlari, ketma -ketligini 
    aniqlashlari kerak. 
    To’rtinchi mashg’ulotda bolalarning sutkaning qism-larn haqidagi bilimlari 
    mustahkamlanadi. Mashg’ulot didaktik o’yin tariqasida o’tkaziladi. Tarbiyachi 
    bolalarga qachon nima bo’lishini topishni taklif qiladi. 
    O’yinda sutkaning har xil qismi uchun xarakterli bo’lgan belgilarni 
    aytishadi, bolalar esa bu qachon bo’lishini aniqlashadi. Masalan, «Quyosh 
    chiqadi. Onalar va otalar ishga ketishadi, bolalar esa bog’chaga borishadi». 
    Quyosh yuqori ko’tariladi. Bolalar sayr vaqtida o’ynashadi. Yoki «Ko’cha 
    qorong’i. Osmonni oy yoritmoqda, uylarning derazalarida esa chiroqlar 
    yorug’i ko’rinib turibdi» va h.k. 
    Kichik guruhda bolalarni sutkaning qismlarini ularning xarakterli belgilari 
    bo’yicha farqlashga taxminan shunday o’rgatish mumkin. 

    Download 1,04 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish

    Download 1,04 Mb.
    Pdf ko'rish