qoidalari haqidagi bilimlarni shakllantirish ishi mazmuniga ham kiritiladi. Katta guruhda fazoda tez
mo’ljal olish tajribasi ham rang –barangdir: “Ko’z bog’lash” o’yinlari juda murakkab topshiriqdir –
nishongacha berk ko’zlar bilan borish talab qilinadi (“Toychaga yem ber”, “Barabanga taq –taq
urish” o’yinlari). Bu vazifa ustida ishlash dasturning bolalarning fazoviy
munosabatlar haqidagi
bilimlarini kengaytirish talabi kabi (“chapdan”, “o’ngdan”, “yuqorida”, “pastda”, “oldida”,
“orqasida”, “orasida” doimo diqqat markazda turmog’i kerak.
Ma’lumki, bolalar buyumlar orasidagi fazoviy munosabatlarni fraqlashning dastlabki
tajribasini kichik va o’rta guruhlarda olganlar. Katta guruhda bu bilimlarni kengaytirish,
sistemalashtirish masalasi, bolalarni o’yin materiallaridagina mo’ldal olishgagina emas,
balki
atrofdagi real sharoitda ham mo’ljal olishga o’rgatish vazifasi qo’yiladi. Mana shuning uchun ham
bu yosh guruhida bunday topshiriqlardan foydalanish ma’qul, u yoki bu buyum qayerda hamda u
boshqa buyumlarga nisbatan qanday joylashgan? Masalan, qurilish materiallari qo’yilgan shkaf
eshikdan chap tomonda turibdi: eshik bilan shkaf orasiga rasm osib qo’yilgan; kitob burchagi shkaf
qarshisida derazalar orasiga joylashtirilgan va h.q Maxsus didaktik o’yinlarda (“Qo’g’irchoqqa
mebellarni joy – joyiga qo’yishga yordam bering”, “Nima qayerda turibdi?” va h.q) real buyum
muhitning bundany fazoviy –og’zaki tavsiflari ham tekislikda mo’ljal olish kabi besh yoshli
bolalarga to’la mos keladi.
Maktabgacha yoshga yetguncha bolalarda tekislikda mo’ljal olishga doir bilim va
malakalarning ma’lum miqdordagi tajribasi to’planadi. Bolalar varaq teksiligida uning o’rtasini,
burchaklarini, chekaalarini yoki tekislikni chegaralovchi tomonlarini
bemalol ajrata oladilar;
varaqning ustki yoki ostki (yuqori va quyi) chap va o’ng qismlarini ajrata oladilar. Bolalar asosiy
fazoviy yo’nalishlarni hisobga olgan holda tekislikda mo’ljal ola biladilar. Bu malkalarni ular hali
kichik va o’rta guruhlardayoq doimo egallashgan. Hozirgi bosqichning assoiy vazifasi bu tajribani
mustahkamlash, chuqurlashtirishdan iborat. Bunday mashqlar foydali: buyumlar tasvirlangan
rasmlar varag’i tekisligida kichki o’yinchoqlarni, geometrik figuralarning modellarini joylashtirish.
Bu topshiriqlarni bajarganlaridan keyin bolalar obyektlarning tekislikda va bir – biriga nisbatan
joylashuvlarini mustaqil ravishda tavsiflab berishlari kerak (masalan, qizil doiracha varaqning
o’rtasida uchburchaklar orasida turibdi, sariq uchbuchak doirachadan chapda, ko’k uchburchak esa,
undan o’ng tomonda turibdi).
Ish mazmunidagi yangi eyelement -oraliq yo’nalishlarni bilishdan iborat. Bola tekislikda
oriyentir (mo’ljal)
olganidan keyin, uning har bir alohida elementini yoki qismini (burchagi,
tomoni, uning biror qismi) yanada aniqroq aytishi mumkin. Endi varaq tekisligining to’rttala
burchagining har bir xususiy tavsif oladi: ustki o’ng burchak, ustki chap burchak, pastki chap
burchak va h.q Varaq sirtida, masalan, markazdan balandda (tepada) yoki markazdan pastda
(quyida) joylashgan yana ikkita qismni o’ng va chap qismni ajratish mumkin; varaq sirtining to’rtta
qismining har biri ikki yoqlama, ya’ni ustki o’ng qism yoki pastki chap qism kabi, fazoviy tavsif
oladi. Fazoda mo’ljal olish malakalarini qiyinlashtirish shart – sharoitlariga besh yoshli bolalarning
bilimlari
bemalol yetadi, ammo bunda bitta shart bajarilishi zarur: elementar matematik
tasavvurlarni shakllantirish mashg’ulotlarida didaktik o’yinlardan, qiziqarli mashqlardan keng
foydalanish kerak. Va, nihoyat, oxirgisi: bolalarga faqat “o’zidan” emas, balki boshqa odamga,
boshqa buyumlarga nisbatan mo’ljal olishga o’rgatish haqida. O’quv – o’yin topshiriqlari –
o’rtog’ining o’n gtomoni yoki chap tomoniga turish, undan oldinda yoki orqada turish, ko’rsatilgan
buyumga nisbatan o’zining fazodagi o’rnini tavsiflab berish; ko’rsatilgan
oriyentirga nisbatan bir
yoki bir necha buyumni joylashtirish – bolalarning bu malakalarni muvaffaiyatli o’zlashtirishlariga
yordam beradi.