Matematika mashg’ulotlarida bolalarning geometrik tafakkurini o’stirishga




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/33
Sana16.02.2024
Hajmi1,04 Mb.
#157864
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33
Bog'liq
Bikbayeva kitob matematik tasavvurlar

4. Matematika mashg’ulotlarida bolalarning geometrik tafakkurini o’stirishga 
yo’naltirilgan texnologiyalar 
Kichik yoshdagi bolalarning fikrlashini rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. 
Katta yoshdagi bog'chа bolalarini fikrlashi rivojlanishning o'tish davrida bo'ladi. Bu 
davrda bolalarning fikrlashi ko'proq ko'rgazmali-obrazli bo'lib, u asta-sekin so'zli 
mantiqiy, tushunchaviy fikrlashga o'ta boshlaydi. Boshqacha aytganda, bolalar 


xaqiqiylik va bevosita kuzatish bilan bog'liq, mantiqiy tamoyillarga buysunadigan 
aniq fikrlashga o'ta boshlaydilar. 
Katta yoshdagi bog'cha bolalarni taqqoslash, muhim va muhim bo'lmagan 
belgilarni ajratish, umumlashtirish, tushunchani aniqlash, xulosalar chiqarish kabi 
asosiy fikriy harakatlarini rivojlantirish zarur. 
O'yinda bola yangi bilim, ko'nikma va malakaga ega bo'ladi. Idrok, diqqat, 
xotira, fikrlashni rivojlanishiga, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga imkoniyat 
beruvchi o'yinlar, umuman, maktabgacha ta`lim muassasasi bolalarining aqliy 
rivojlantirishiga qaratilgan. 
Demak, tarbiyachi va ota-onalarning muhim vazifalaridan biri bolada 
maktabgacha yoshdа matematikaga qiziqishni rivojlantirishdan iborat. 
Aqliy amallarning mantiqiy usullari bo'lgan taqqoslash, umumlashtirish, tahlil, 
sintez, sinflarga ajratish, abstraktlash, seriyalash, analogiya, tizimlashtirishlar 
fikrlashning mantiqiy usullari deb yuritiladi. 
Matematik mazmundagi mantiqiy o'yinlar bolalarda bilishga qiziqish, ijodiy 
izlash qobiliyatini, o'qishга hohish va havasni tarbiyalaydi. 
Qiziqarli mantiqiy vazifalar bolalarda masalani tez qabul qilish va ularga to'g'ri 
echimlar topish ko'nikmasini rivojlantirishga imkoniyat beradi. Bolalar masalalarni 
to'g'ri echish diqqat zarurligini, qiziqarli masala nima, uni echishda nima
ishlar qilish kerakligini anglay boshlaydilar. 
Mantiqiy masalalarga namunalar keltiramiz: 
1-masala. Ikki opa-singillarda bittadan uka bo'lsa, oilada nechta bola bor? 
(Javob: 3 ta bola). 
Ravshanki, bunday masalalarni echish mobaynida bolalardagi faoliyat nafaqat 
matematik qobiliyat va mantiqiy fikrlashini, balki uning diqqati, tasavvurini 
rivojlantiradi, fazoviy tasavvurlarini va aniqlilikni mashk qildiradi. 


Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o'yin - o'qish, o'yin - mexnat, o'yin - 
jiddiy tarbiya shaklidir. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o'yin atrofdagi olamni 
bilish usulidir. Agar bola pedagogik jarayoniga to'liq kirsa, u holda o'yin tarbiya 
vositasidan iborat bo'ladi. O'yinni tashkil etish va boshqarish orqali tarbiyachi bola 
shaxsi rivojlanishining barcha tomonlariga: sezgisia ongiga, erkiga va xulqiga to'la 
ta`sir etadi. 
SHunday kilib, didaktik o'yin - maqsadga yo'naltirilgan ijodiy faoliyat bo'lib, 
unda bola atrofidagi hodisalarni chuqurroq va yorqinroq egallaydi va dunyoni biladi. 
Bog'cha yoshida bolalarga maktabda zarur bo'lgan bilimlar beriladi. Bolalarni 
maktab matematika elementlariga o'rgatish uchun, ularga maktabgacha: o'ngacha 
ortib borish va kamayish tartibida sanash, raqamlarni ketma-ket va ajratilgan holda 
bilish ko'nikmasi, birdan-o'ngacha miqdoriy (bir, ikki, uch...) va tartibli (birinchi, 
ikkinchi, uchinchi,...) sanashlar; o'ngacha oraliqda oldingi va keyingi sonlarni bilish, 
birinchi tartibli sonlarni tuzishni bilish; asosiy geometrik shakl (uchburchak, 
to'rtburchak, doira)larni tasvirlay olish; qismlar, predmetni 2-4 ta teng qismga 
ajratish; o'lchash asoslari: bola uzunlikni, kenglikni va balandlikni arqon yoki 
chuplar yordamida o'lchashni bilish; predmetlarni taqqoslash: katta-kichik, keng-tor, 
baland-past; buyicha bilimlar zarur. 
Agar hisoblash bo'yicha bolada qiyinchilik uyg'onsa, unga eshittirib hisoblagan 
holda ikkita ko'k, to'rtta qizil, uchta yashil doirani ko'rsating. Doimiy ravishda 
predmetlar (kitob, koptok, o'yinchoqlar va hokazo)ni sanang, vaqt-vaqti bilan 
boladan: "Stolda nechta piyola turibdi". "Nechta jurnal bor?", "Maydonda nechta 
bola sayr qilmoqda?" kabi savollarni so'rang va ulardan javoblar oling. 
Og'zaki hisob ko'nikmalarini egallash kichkintoylarga raqamlar yozilgan 
kundalik ro'zg'or buyumlarining vazifasini tushunishiga imkoniyat beradi. Bunday 
predmetlar qatoriga soat, termometr, kalendar, kal'kulyator, telefon va boshqalarni 
kiritish mumkin. 
Bolaga hikoya aytayotgan vaqtingizda, son uchrasa, unga mos cho'p tashlashni 
ayting, masalan, uchta quyon, ayiq, bo'ri, ajdarho va hokazo. Qaysi hayvonlar ko'p, 


qaysilari oz, kim ko'p masofa yurdi, kim kam masofa yurdi. qaysilari teng 
miqdordagi qop bug'doy oldi. O'yinchoqlarni o'lchamlari bo'yichа taqqoslashga oid 
savollar bering. Ranglarni aniqlash masalalarini qo'ying.Uning o'zi sonlar aralashgan 
hikoyalar o'ylab topsin. Unda nechta qahramon qatnashishini aytsin. 
Umumiy va farq tomonlari bo'lgan rasmlarni taqqoslash juda foydali, rasmlarda 
turli sondagi predmetlar bo'lsa yanada yaxshi. Uni o'ziga turli sondagi va turli 
rangdagi hayvonlar, predmetlar, mevalar rasmini chizib berishni taklif eting. 
O'yin shaklida bolalar jon-jon deb, avvalgi va keyingi sonlarni topadilar. 
Masalan, qanday son beshdan katta, lekin ettidan kichik, uchdan kichik, lekin birdan 
katta va xokazo. Bolalar sonlarni o'ylab qo'yishni va o'ylangan sonni topishni juda 
yaxshi ko'radilar. Masalan, o'ngacha bo'lgan biror sonni o'ylang va boladan uni 
topish uchun turli sonlarni aytishini so'rang.Siz o'ylangan son aytilgandan katta yoki 
kichikligini ayting. So'ngra bola bilan rol almashing. 
Kichkintoyni asosiy geometrik shakllar bilan tanishtirish zarur. Unga to'g'ri 
to'rtburchak, uburchak, doira ko'rsating. To'g'ri to'rtburchak qanday bo'lishi
mumkinligini (kvadrat, romb) tushuntiring. Burchak nima, nima uchun 
uchburchakni uchburchak deyilishi (burchaklar soni uchta)ni ayting. Burchaklar soni 
bilan farqlanadigan boshqa geometrik shakllar borligini tushuntiring. 
Bola cho'plardan geometrik shakllar yasasin. CHo'plar soniga qarab siz
shakllarning o'lchamlarini aytishingiz mumkin. 
Qiziqarli masalalar bolalarga masalalarni tez qabul qilish va ularga to'g'ri echim 
topish ko'nikmasini rivojlantirishga imkoniyat beradi. Bunday holda, siz masala 
shartini o'zidan aniq, xulosa qilishga yordam qilishingiz mumkin. Birinchi jumlani 
o'qib bo'lgandan keyin, boladan nimani bilib olganligini so'rang.So'ngra ikkinchisini 
o'qing va yana o'sha savollarni bering va hokazo.SHartning oxiriga kelib bola bu 
erda qanday javob bo'lishini anglab olishi mumkin. 
Biror masalani ovoz chiqarib eching.Har bir jumladan keyin aniq bir xulosalar 
qiling.Kichkintoy sizning fikringiz borishini kuzatsin. Uni o'zi bunga o'xshash 
masalalar qanday echilishini tushunsin. 


 Xalq donoligida yaratilgan topishmoqlar ham bolaning mantiqiy
fikrlashini rivojlantirishga imkoniyat berishi mumkin. Masalan:
- ikkita xalqa, ikkita oxiri, o'rtasida mixcha (javob: kaychi) 
- shipga osilgan nok, lekin eb bo'lmaydi (javob: lampochka) 

qishin-yozin bir xil rangda (javob: archa) 
-o'zi bitta, tuni yuzta; kim uni echishga urinsa, ko'zi yoshlanar albatta (javob:
piez). 
O'yinlar orqali maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarning diqqatini
markazlashtirish mumkin. 
2-mashq.. Beshta doira (ko'k rangli: bitta katta va ikkita kichik, yashil rangli 
katta va kichik) kichkinа qizil kvadrat berilgan. 
Vazifa: "Ushbu tuplamda kdysi shakl ortikchaligini aniklang (javob: kvadrat). 
Nima uchun? kolgan barchasi - doiralar)". 
3-mashq.1-mashqdagi barcha materiallardan faqat kvadrat olib tashlangan.
Vazifa:Barcha doiralarni ikki guruhga.ajrating. Nimaga shunday 
ajratilganligini tushuntiring (javob: rang bo'yicha 3 ta ko'k, ikkita yashil, o'lchovlari 
bo'yicha-ikkita katta va uchta kichik doiralar). 
4-mashq. Yukorida eslatilgan o'sha doiralar va 2 va 3 raqamlar yozilgan 
kartochkalar. 
Vazifa: "Doiralarda 2 nimani anglatadi? (javob: ikkita katta doira, ikkita yashil 
doiralar). 3 raqamichi? (javob: uchta ko'k doira, uchta kichik doiralar)". 


5-mashq. Yukorida eslatilgan o'sha doiralar va didaktik to'plam (plastik
shakllar yig'indisi: kvadratlar, doiralar va uchburchaklar). 
Vazifa: "Olib tashlangan kvadrat qanday rangda ekanligini eslang? (javob:
qizil). "Didaktik to'plam" qutisini och. Qizil kvadratni top. Qutida yana qanday rangli 
kvadratlar bor? Bir xil sondagi kvadrat va doiradan ol (2,3 mashqlarga qara) 
Kvadratlar soni nechta? (javob: beshta) Ulardan foydalanib bitta katta kvadrat yasash 
mumkinmi? (javob: yo'q) Nechta kvadrat zarur bo'lsa, unga qo'shib qo'y. Nechta 
kvadrat qo'shding? (javob: to'rtta). Эndi ularning soni nechta bo'ldi? to'qqizta)". 
6-mashq. Kichkina sariq va katta qizil ikkita olmalar tasviri. Bolada shakllar 
tuplami:ko'k uchburchak, qizil kvadrat, kichkina yashil doira, katta sariq doira, qizil 
uchburchak, sariq kvadrat bor.
Vazifa: "O'zingni shakllar to'plamingdan olmaga o'xshash shakllarni top". 
Tarbiyachi navbat bilan har bir olma tasvirini ko'rib chiqishni tavsiya qiladi. Bola 
o'xshash shakllarни rang va shakli bo'yicha taqqoslab tanlaydi. "Qanday shaklni 
olmaga o'xshash deyish mumkin? (javob: doira. SHakli bo'yicha o'xshash)".
7-mashq. O'sha to'plam va 1 dan 9 gacha raqamlar kartochkalar to'plami. 
Vazifa: "O'ng tomonga barcha sariq shakllarni ajratib qo'y.SHakllarning 
bu.guruhiga kaysi son to'g'ri keladi? Nega 2 ? (javob: ikkita shakl). Bu songa qaysi 
boshqa guruhni tanlash mumkin? (javob:"kuk va qizil uchburchak - ular ikkita; ikkita 
qizil shakllar, ikkita doira; ikkita kvadrat-barcha variantlari ajratiladi)". Bola romb-
trafaret bo'yicha chizadi va bo'yab, guruhlarga ajratadi va keyin guruhlarning har biri 
tagiga 2 raqamini yozib chiqadi. "Barcha ko'k shakllarni ol. Ular nechta? (javob: bitta) 
Bu erda nechta rang bor? (javob: to'rtta) Nechta shakl? (javob: oltita)". 


Keltirilgan mashqlarning har biri mantiqiy fikr usullarini
shakllantirishga qaratilgan bo'lib, maktabgacha yoshdagi bolalarning geometrik 
tafakkurini rivojlantirishga yordam beradi.

Download 1,04 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33




Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Matematika mashg’ulotlarida bolalarning geometrik tafakkurini o’stirishga

Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish