IV BOB.BOLALAR BOG'CHASIDA BOLALARDA GEOMETRIK
FIGURALAR XAKIDAGI TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH
3. Har xil guruhlarda "geometrik figuralar" bo'limi ustida ishlash uslubiyoti.
Ikkinchi kichik guruh
Matematika mashg'ulotlarida bolalar eng sodda geometrik figuralar bilan,
ularning ba`zi xossalari bilan tanishadilar, buyumlarni geometrik etalonlar bilan
taqqoslash asosida ularning(buyumlarning) shaklini tahlil qilish va baholashni
o'rganadilar.
Bolalarda asta-sekin shakl haqidagi umumiy tasavvur shakllanadi, bunday
tasavvur maktabda geometriya, chizmachilik kabi fanlarni o'zlashtirish uchun asos
bo'ladi.
Uch yoshli kichkintoylar dumaloq buyumlarni va burchaklari bor buyumlarni
farq qilishga, ya`nи buyumlarning shakllarini elementar tahlil qilishga o'rgatiladi.
Qarash uchun geometrik shaklga ega bo'lgan, detallari yo'q oddiy shakldagi
buyumlar tanlanadi. Buning uchun dastlab, har xil rangdagi, ammo bir xil shakldagi,
bir xil buyumlardan, masalan: uchburchak, kvadrat, to'g'ri to'rtburchak shaklidagi
bayroqchalardan foydalanish maqsadga muvofiq, bu kichkintoylarga shakl alomatini
ajratishga yordam beradi. SHundan keyin har xil rangli bir xil buyumlarni sodda
shakldagi istalgan buyumlar (koptok, ip koptok g'ildiraklar)ni berish mumkin.
Tarbiyachi bolalarga buyumlarning shakllarini payqash -harakat yo'li bilan,
"shakl" so'ziga urg'u bergan holda tahlil qilishni o'rgatadi. U buyum konturi (tashqi
ko'rinishi) ustidan ko'rsatkichni yuritib chiqadi, oxirida u buyum ustidan qo'lini
o'tkazib "dumaloq" (g'ildirak), - deydi.
Bolalarni birgalikda harakat qilishga jalb qilish muhim ahamiyatga ega.
Kichkintoylar tarbiyachininг qo'l harakatini kuzatib, xuddi shunday harakatni havoda
bajarishga "yordam" berishadi. Buyum konturi ustidan qo'l yoki ko'rsatkich barmoq
aylantirib chiqiladi. Har galgi harakat buyum ustidan qo'lni tekkizib chiqish bilan
tugaydi, shunday qilinmasa, shakl haqidagi tasavvur kontur chizig'i bilan bog'lanib
qolishi mumkin.
Tarbiyachi bolalarda buyumlar konturini o'rab olish, ularni qo'l bilan qamrab
olish, qo'lni sirt bo'yicha siypalab chiqish, buyumlarni dumalatish, ularni har-xil
holatga qo'yish istagini uyg'otadi. Natijada yumaloqlangan va burchakli
buyumlarning xossalarini (turg'un, turg'un emas va h.q) topadilar.
"SHakli bo'yicha o'xshashlarini tanla" kabi o'yin-mashqlardan foydalanish
mumkin. CHaqirilgan bola o'z buyumini tekshirib chiqib, uni shu shakldagi buyumlar
turgan stolga o'tkazib qo'yishi kerak. Keyinroq bolalar buni mustaqil bajaradilar,
masalan, o'z stollari yonida o'tirgan hollarida har xil shakldagi buyumlarni ajratib
qutilarga solishadi: bir qutiga dumaloq(doiraviy), ikkinchi qutiga burchaklи
(burchaklari bo'lgan) buyumlarni solishadi.
Ikkinchi kichik guruhda bolalar doira va kvadrat bilan tanishtiriladi. Buning
uchun tarbiyachi dastlaб har bir bolaga 2 tadan geometrik figura, masalan, qizil doira
va yashil kvadrat beradi (tarbiyachininг o'zida ham shular bo'ladi). Tarbiyachi
bolalarga 2 ta figuradan bittasining nomini aytmagan holda ko'rsatadi va ulardan
xuddi shunday figurani topish va ko'rsatishni so'raydi. So'ngra ikkinchi figurani
ko'rsatib, bolalardan o'z stollaridan xuddi shunday figurani topib ko'rsatishni so'raydi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni geometrik figuralar bilan tanishtirish
metodikasida buyumlarni payqash - harakat yo'li bilan tekshirish usullariga o'rgatish
muhim ahamiyatga ega. Buni qanday bajarishni tarbiyachi ko'rsatadi: u bolalarni
birga ishlashga jalb qilgan holda, buyum konturi ustidan bir necha marta ko'rsatkich
barmog'ini yuritib chiqadi (bola har bir figura konturi ustidan qo'lini yuritib chiqadi).
Bunda u figura nomini aytadi. Ikkinchi mashg'ulotda bolalar tarbiyachining har bir
geometrik figura konturini hosil qilayotgan qo'l harakatini kuzatishadi. SHundan
keyin o'zlari figura konturi bo'yicha barmoqlaripi yuritib chiqib, uning nomini
aytishadi. Bolalarni kontur ustidan barmoq yuritib chiqiш bo'yicha mashq qildirish
uchun 2-3 ta doira, kvadrat tasvirlangan kartochkalardan ham foydalanish mumkin.
O'z tarbiyalanuvchilarini doira va kvadratni ajrata olish bo'yicha bir necha
marta mashq qildirib, tarbiyachi bolalarni figuralar bilan aktiv harakat qilishga
(qo'lga olish, bir-birining ustiga qo'yish, qator qilib qo'yish) chorlaydi. Bu bolaga
geometrik figuralarning nomlari va shakllarini eslab qolishga yordaм beradi.
Keyingi mashg'ulotlarda tarbiyachi o'zidagiga qaraganda kichik o'lchamdagi,
ammo rangi bir xil bo'lgan doira va kvadratlarni beradi, so'ngra esa namunadan
o'lchami ham, rangi ham farq qiladigan doira va kvadratlarni beradi.
Bolalarning doira va kvadrat haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash uchun "Doirani
o'ng qo'lingga ol", "Kvadratni chap qo'lingga ol", "Qo'lingda turgan narsaning nomini
ayt", "Hamma doiralarni yuqori poloskaga, hamma kvadratlarni pastki poloskaga
qo'y" kabi topshiriqlardan, shuningdek "Top-chi, xaltada nima bor", "Juftini top",
"O'z o'yingni top" kabi o'yinlardan foydalanish mumkin.
Bunday topshiriqlarga mashg'ulotning bir qismini ajratish keraq qolgan vaqtda
esa doira va kvadratlardan ko'rsatish uchun xizmat qiladigan va tarqatma material
sifatida foydalanib, buyumlar to'plamini yoki bitta buyumni topish, yoki yoniga
qo'yish yo'li bilan buyumlar guruhlarini taqqoslash kabi mashqlarga bag'ishlash
mumkin. Bolalarni buyumlarni ularning tasvirlari bilan mos keltirish bo'yicha
("Buyum va uning tasviri", "Bizning tomorqa" kabi o'yinlarda) mashq qildirish ham
foydali.
Oxirgi o'yinda bolalar buyumning kontur va yassi tasviri orasidagi moslikni
idrok qilishni mashq qiladilar. Buyumlar shaklini abstrakt geometrik figuralar bilan
taqqoslash kichkintoylar uddalay oladigan ish. Bolalar geometrik figuralarni har
qanday buyumni - koptokni, g'ishtni va boshqa narsalarni qanday idrok qilsalar,
shunday idrok qiladilar.
Binobarin, bolalar qurilish komplektlarida, mozaikalarda har xil geometrik
figuralar bilan doimo uchrashadilar va ular figuralarning to'g'ri nomlarini, bu
nomlarni eslab qolish shart bo'lmasa ham, eshitishlari kerak.
Har xil shakldagi teshiklar ochilgan taxtachalar, teshikli yashiklar (bu teshiklarga
shakli bo'yichа tegishli figuralar qo'yiladi) bilan o'ynar ekanlar, ular aslida geometrik
ob`ektlarning shakli bo'yicha mos keltirish harakatlarini egallaydilar.
To'plangan sensor tajriba, maxsus mashg'ulotlarda yumaloqlangan va
ko'pburchak shaklidagi buyumlar bilan ishlash asosida kichkintoylar doira va kvadrat
bilan tanishadilar.
Birinchi shunday mashg'ulotda bolalar katta va kichik doiralarni, ikkinchi
mashg'ulotda esa, doira va kvadratlarni farq qiladilar.
Har bir bolaga turli ko'rinishdagi va har xil rangli, ikki-uch o'lchamli ikki-uchta
figura beriladi. Figuralar karton, faner, yoki qalin qog'ozdan tayyorlanadi. Doiralar va
kvadratlar tasvirlangan jadvallardan foydalaniladi. Har qaysi jadvalda ikki-uchtadan
figura har xil holat va har xil kombinatsiyalarda beriladi. Bolalar figuralarni tekshirib,
ularning shakllari bo'yicha ajratadilar, masalan, kartochkaning yuqori poloskasiga
doiralarni, pastki poloskasiga kvadratlarni qo'yadilar. Qaysi figuralar ko'p, qaysi
figuralar kam ekanini topadilar, figuralar nomini aytadilar.
Tarbiyachi bolalarga o'yin-topshiriqlarini berib figuralarni tanish va atash
bo'yicha mashq qildiradi: "O'ng qo'lingda kvadrat, chap qo'lingda doirani keltir",
"Qo'limda nima borligini top", "Xuddi shunday figura top" (bolalar tarbiyachidagi
figura shaklidagi figurani topadilar), shuningdek, bunda "SHakllar dominosi", "O'z
o'yingni top" ("uychalar" har xil shakldagi belgilar bilan belgilanadi) kabi o'yinlardan
foydalanadi. Natijada kichkintoylar o'lchami va rangiga bog'liq bo'lmagan doira,
kvadratlarni topishadi, doiraning dumalashini, uning burchaklari yo'qligini, kvadrat
dumalamasligini, uning burchaklari ko'pligini bilib oladilar.
Tarbiyachi to'plamlarning tengligi bilan tanishtirishda tarqatma va
demonstratsion material sifatida doiralar va kvadratlardan foydalanadi, bolalarni
figuralarning aniq nomlarini ishlatishga o'rgatadи.
|