Katta guruh.
Katta guruhga kelguncha bolalarda etarlicha katta sensor tajriba to'plangan
va shakllarni tekshirish ko'nikmasi takomillashgan bo'ladi. Tarbiyachi bolalarning
geometrik figuralarning shakllari haqidagi bilimlarini mustahkamlash uchun o'rta
guruh materialini takrorlagandan keyin, ularga atrofdagi buyumlarda doira,
uchburchaq kvadrat shaklini topishni o'rgatadi. Masalan, u tarelkaning tagi, stol
ustining sirti, fortochka, qog'oz varag'i va boshqalar qanday geometrik figurani
eslatadi, deb so'raydi. Tarbiyachi "Loto" tipidagi o'yin tashkil qilishi mumkin.
Bolalarga rasmlar (har biriga 3-4 tadan) beriladi, ular shu rasmlar orasidan tarbiyachi
ko'rsatayotgan figuraga o'xshash figurani izlashlari kerak. SHundan keyin bola
nima topganini aytadi va gapirib beradi.
Tarbiyachi yordamida bolalar geometrik figuralardan har xil naqshlar,
o'zlariga tanish buyumlar: uchburchaklardan gilam, kvadrat va doiralardan
avtomobil', kvadratlar va uchburchaklardan qayiq va boshqa narsalar tuzadilar.
Katta guruhda bolalar yangi tushuncha - "kvadrat" bilan tanishtiriladi. Bunda
tarbiyachi bolalardа mavjud bo'lgan kvadrat haqidagi tasavvurlardan foydalanadi.
CHunonchi, mashg'ulotda bolalar har xil kattalik va rangdagi 5 ta kvadrat olishadi.
Tarbiyachi bular nimasi bilan farq qilishini so'raydi, ularni kattaliklari chapdan
o'ngga qarab kamayib boradigan tartibda joylashtirishni taklif qiladi. Bu figuralar
nimasi bilan o'xshashligini so'raydi. Bolalar e`tiborini har qaysi kvadratda qancha
tomon va qancha burchak borligiga qaratadi. SHundan keyin tarbiyachi
uchburchakning nechta burchagi borligini eslashni taklif kiladi. Bolalarni bunday
xulosaga keltiradi: 3 ta burchagi bo'lgan figurani uchburchak deyiladi, agar figurada 4
ta burchak bo'lsa, uni to'rtburchak deb atash mumkin. O'zlarida nechta uchburchak
va nechta to'rtburchak borligini so'raydi. Navbatdagi mashg'ulotda bolalar ikki xil
to'rtburchak - kvadrat va to'g'ri to'rtburchak oladilar, ikkala figurani taqqoslaydilar,
ular nimalari bilan o'xshash, nimalari bilan farq qilishini aniqlashadi. Sungra
tarbiyachi bolalarning bilimlarini mustahkamlash uchun ularga qog'ozga har xil
to'rtburchaklar chizishni; qog'ozga hamma tomoni teng to'rtburchak chizishni va ular
nima deb atalishini aytishni; ikkitadan tomoni teng to'rtburchak chizishni; cho'plardan
har xil to'rtburchaklar tuzishni; to'rtburchak shaklidagi buyumlarni topish va aytishni;
2 ta teng uchburchakdan, 4 ta teng kvadratdan to'rtburchak tuzishni taklif qiladi.
Bolalar geometrik figuralarning shakllarini bilganliklari uchun ular bilan
qiyinlik darajasi har xil bo'lgan, masalan, "Tavsifi bo'yicha top", "Kim ko'p ko'radi?",
"Xuddi shunday naqsh top", "Har qaysi figurani o'z joyiga qo'y", "SHakli bo'yicha
tanla" kabi didaktik o'yinlarni o'tkazish mumkin.
Bolalarni geometrik figuralar bilan tanishtirish uchun bir nechta mashg'ulot ajratiladi.
Ularning mavzusi: oval bilan doirani, to'g'ri to'rtburchak bilan kvadratni va nihoyat,
uchburchaklar bilan to'rtburchaklarni taqqoslashga oid bo'ladi.
Mashg'ulotlarni bunday tuzish mumkin. Mashg'ulotning birinchi qismida
geometrik figuralar qaraladi, tekshiriladi va taqqoslanadi. Mashg'ulotning ikkinchi
qismida shakllarning xossalari va belgilari haqidagi bilimlarni taqqoslashga doir har
xil mashqlar o'tkaziladi. Nihoyat, uchinchi qismda bolalarga buyumlarning shaklini
shaklning geometrik etaloni bilan taqqoslash o'rgatiladi.
Mashg'ulotning birinchi qismida tarbiyachi bolalarning geometrik figuralar
bilan bajaradigan tekshirish ishlari sistemasini tashkil qiladi. Tarbiyachi ketma-ket
savollar qo'yadi, bolalarning e`tiborini shakllarning xususiyatlari va xossalariga,
o'xshashlik va farq qilish belgilariga qaratadi, ishlash usullarini aytib, bolalarning
javoblarini aniqlashtiradi. Masalan, bolalarni oval bilan tanishtirishda tarbiyachi
ovaldan barmoqni yuritib chiqishni taklif qiladi, bolalardan u qanday figurani
eslatishini so'raydi. Bunda tarbiyachi doirada va ovalda burchaklar yo'q ekanini, ular
dumaloq uzluksiz chiziqdan hosil bo'lganini ta`kidlaydi, bolalardan figurani stolda
dumalatishni, atrofidan barmoqni yuritib chizishni taklif qiladi. Oval doiradan nimasi
bilan farq qilishini ko'rsatish uchun tarbiyachi ovalni doira ustiga qo'yishni, so'ngra
doirani ovalning ustiga qo'yishni, doira o'rtasini topishni va unga nuqta qo'yishni
hamda doira har xil tomonga - yuqoriga, chapga, o'ngga bir xil kengayishi yoki
kengaimasligini qarashni maslaxat beradv. Oval bilan ham xuddi shunday ish
bajariladi. Bolalar odatda doira bir xil, oval esa uzoqroq, cho'ziqroq kengayishini
ta`kidlab, to'g'ri xulosa chiqarishadi.
Kvadrat bilan to'g'ri to'rtburchakni taqqoslashda tarbiyachi bolalarga ketma-ket
savollar beradi; o'xshashlik va farq qilish alomatlarini topishda bolalarga yordam
beradi. Bu boradagi suhbat quyidagicha o'tkazilishi mumkin:
Tarbiyachi. Bu figuralar nima deb ataladi?
Bolalar. Kvadrat va to'g'ri to'rtburchak.
Tarbiyachi. Biz kvadrat bilan to'g'ri to'rtburchakni taqqoslab, ular nimasi bilan
o'xshash va nimasi bilan farq qilishini bilib olamiz. Kvadrat oling va undan barmoq
yuritib chiqing. Kvadratda nimalar bor? (Bolalar kvadratning tomonlari va
burchaklarini topishadi va ko'rsatishadi.
Tarbiyachi. To'g'ri to'rtburchakda nimalar bor? Kvadratda va to'g'ri to'rtburchakda
nechtadan tomon va nechtadan burchak bor? (Tomon va burchaklarni sanab chiqish
zarurligi aniqdanadi.
- Kvadrat va to'g'ri to'rtburchakda burchaklar soni tengmi?
- Kvadrat va to'g'ri to'rtburchakning burchak va tomonlarining soni haqida nima
deyish mumkin?
- Kvadrat tomonlarining kattaligi haqida nima deyish mumkin? Qanday tekshirish
mumkin?
Hajmli geometrik shakllar bilan tanishtirishda bolalar har xil tekshirish
harakatlari sistemalaridan foydalanishadi: kontur bo'ylab barmoqlarini yuritib
chiqadilar, ularning sirtlarini qo'llari bilan silab chiqadilar, asosni tavsiflaydilar,
yoqlarni sanaydilar, ularning kattaliklarini taqqoslaydilar, bunda bevosita taqqoslash
usulidan foydalanadilar.
Masalan, tarbiyachi bolalar bilan birga shar, tsilindrni tekshiradi. U bolalardan
sharni, tsilindrni dumalatishni so'raydi, so'ngra ularni to'xtatib, tushuntiradi: sharga
ozgina tegishing bilan, u dumalaydi, shar juda turg'un emas, tsilindr esa dumalashi
ham, turishi ham mumkin.
Tarbiyachi qog'oz varag'iga tsilindrni qo'yib, qalam aylantirib chiqishni taklif
qiladi. CHizilgan doirachа bilan tsilindr asosi orasidagi bog'lanish o'rnatiladi. Bolalar
tsilindrning asosi bo'ylab barmoqlarini yuritib chiqadilar. Ular "uning tagi doira"
deyishadi.
Har xil mashqlar bolalarning geometrik shakllar haqidagi bilimlarini
mustahkamlash va aniqlash imkonini beradi. Masalan, bolalarga plastilindan kub,
tsilindr, shar yasashni, qog'ozdan kvadratlar, to'g'ri to'rtburchaklar va uchburchaklar
qirqish, figurani ikki va to'rt qismga bo'lishni, va aksincha, qismlardan butun tuzish,
bir xil figuralardan boshqa figuralar tuzishni (ikkita kvadratdan to'g'ri to'rtburchak
tuzish va b.), cho'plardan u yoki bu figurani yasashni taklif qilish mumkin.
CHunonchiy, tarbiyachi bolalarga cho'plardan uchburchak (to'g'ri to'rtburchak) tuzish
va unga nechta cho'p ketganini gapirib berishni taklif qiladi va uchta, oltita cho'pdan
qanday figura tuzish mumkinligini o'ylab ko'rishni so'raydi va h.k.
Bolalar geometrik figuralarning har xil alomatlariga ko'ra, ya`ni shakli, rangi,
kattaligi bo'yicha guruhlarga ajratadilar, ularni kattaliklariniig kamayib borishi yoki
o'sib borishi tartibida joylashtiradilar.
Bolalarga shakli yoki rangi bo'yicha o'xshash figuralarni tanlashda ularga
nechta guruh hосил bo'lishini o'ylab ko'rishni taklif qilish, so'ngra amaliy ishlarni
bajarish foydalidir. Muhimi, bolalar u yoki bu topshiriqni bajarib, nima qilganliklari
va natijada nima hosil bo'lganini, ya`ni u yoki bu guruhga qancha va qanday
figuralar kirganini gapirib berishlari shart.
Bolalarga u yoki bu figurani tavsifi bo'yicha topishni yoki "Paypaslab bil" kabi
o'yinlarda figurani mustaqil tavsiflashni taklif qilish mumkin.
Mashg'ulotlarda va kundalik turmushda didaktik o'yinlar o'tkaziladi. Masalan, "Har
qaysi figurani o'z o'rniga qo'y" o'yini geometrik figuralarning bir qator alomatlarga
ko'ra o'zgarishini, jumladan, proportsiyalar bo'yicha, kattaliklari bo'yicha o'zgarishini
ko'rsatish imkonini beradi.
Bolalarga buyumlarning shaklini shaklning geometrik etaloni bilan taqqoslash
asosida aniqlashni o'rgatishga katta ahamiyat beriladi. O'yin va mashqlar uchun
o'yinchoq qushcha, matryoshka va boshqa narsalar tanlanadi.
Buyum shaklini baholab, bolalar uning biror geometrik obrazga o'xshashliklarinigina
emas, balki undan farqlarini topishlari ham muhimdir. Tajriba bolalarga bu juda
qiyinlik qilishini ko'rsatmoqda.
Buyumlarning o'zlari bilan bir qatorda bolalar ular tasvirlangan rasmlarni
tanlaydilar. Ular oldin geometrik obraz bo'yicha, keyinroq esa og'zaki ishlaydilar.
- To'g'ri to'rtburchak tomonlarining kattaliklari haqida nima deyish mumkin? Qanday
tekshirish mumkin?
Har xil usullardan foydalanish mumkinligi aniqlanadi: figurani teng ikki
buklab, oldin qarama-qarshi tomonlarni, so'ngra burchaklarni (burchakni burchak
bilan) ustma-ust tushurish mumkin, tomonlarni qog'oz poloska bilan o'lchash ham
mumkin.
Oxirida tarbiyachi so'raydi: "Kvadrat nimasi bilan to'g'ri to'rtburchakdan farq
qiladi? Kvadrat nimasi bilan to'g'ri to'rtburchakka o'xshaydi?"
Bolalarni doira bilan ovalni, kvadrat bilan to'g'ri to'rtburchakni taqqoslashga
o'rgatishda bu figuralar har xil o'lchamda, rangda, har xil fazoviy joylanishda
tasvirlangan jadvallardan foydalaniladi. Bolalar qog'oz, karton, faner, plastilindan
tayyorlangan figuralar bilan ishlaydilar.
Kundalik hayotda, loy va plastilindan narsalar yasash mashg'ulotlarida bolalar,
ular istasalar ham, istamasalar ham, hajmli geometrik figuralar (shar, kub, tsilindr)
bilan uchrashadilar. Tarbiyachi bolalaр bu figuralarni yaxshilab o'zlashtirishlariga
yordam berishi mumkin. Ushbu o'yinlar o'tkaziladi: "Xaltachadagi nima?", "Top va
jim tur", "Xonamizdan sharga o'xshagan predmetlarni top", "Kim dumaloq jismlarni
ko'p aytadi?" Bolalar "Geometrik loto", "Ettitasi qatorasiga" va boshqa stol ustida
o'ynaladigan o'yinlarni o'ynashadi. Bu o'yinlar jarayonida tuzilishi bo'yicha yaqin
figuralarni ham (oval-doira), hajmli va yassi shakldagi figuralarni ham (shar-doira,
kub-kvadrat) farq qila olish malakalari takomillashtiriladi, shakl bo'yicha orientir
olish tezligi hosil qilinadi, atrof-borliqdagi shakllar ko'p xilliligiga nisbatan
bolalarning qiziqishlari rivojlantiriladi.
|